O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan mantiqiy bog‘liqligi va ishlab chiqarishdagi o‘rni



Download 15,99 Mb.
bet5/74
Sana22.02.2022
Hajmi15,99 Mb.
#87648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Транс.маш.УМК 1-2-семестр — копия

O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan mantiqiy bog‘liqligi va ishlab chiqarishdagi o‘rni
Trаnspоrt mashinalari fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 7 - va 8 - semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rеjаsidа rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (mashina detallari; mashina va mexanizmlar nazariyasi; metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash; gidravlika va gidromashinalar; kon ishlari asoslari; Elektr yuritma, elektr mashinalar; elektr apparatlar va avtomatlashtirish vositalari va h.,k.) va ixtisoslik (kon mashinalari; kon korxonalari yuklari va yuk оqimlаri va h.,k.) fаnlаridаn yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.


Transport mashinalari. Bu turkumga foydali qazilmalarni yer osti va usti sharoitlarida tashuvchi, xar xil yordamchi materialllar va yuklarni tashuvchi mashinalar o‘rganiladi. Bunday mashinalar turkumiga: Uzluksiz va Uzlukli (davriy) transport vositalari kiradi.
Uzluksiz transport (yukni uzluksiz tashuvchi) vositalariga: konveyer transporti (lentali, kurakli va boshqa maxsus konstruksiyali), o‘z og‘irligi bilan, pnevmo va gidroenergiyasi bilan yuk tashuvchi vositalar.
Uzlukli transport (yukni bo‘lak-bo‘lak yoki davriy ravishda tashuvchi) vositalariga: barcha g‘ildirakli yuk tashish vositalari, Temir yo‘l transporti, alohida bo‘laklar bilan uzlukli yuk tashuvchi sidirgichlar va boshqalar.

Karyer transporti – bu kavjoydan qazib olingan kon massasini qabul qilish (boyitish fabrikasi qoplama jins ag‘darmasi va X.z) punktlargacha tashib beradigan vositalar majmuidir. Bu vositalar Karyerlardagi texnologik jarayonlarni bir-biriga bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib, ko‘p mehnat va xarajatlar sarfini talab qiladi. Foydali qazilmani qazib olish uchun sarflangan xarajatlarning 45-50 %, ayrim xollarda 65-70% transport xarajatlarini tashkil qiladi. Karyer transportida «yuk aylanmasi» va «yuk potogi» degan iboralar ishlatiladi.
Temir yo‘l transportini Yillik yuk aylanmasi katta (25 mln t. va undan ko‘p) va tashish masofasi 4 km dan ko‘p bo‘lgan karyerlarda qo‘llash tavsiya etiladi. Temir yo‘l transportini qo‘llanganda pog‘onalar ish frontining uzunligi katta (300-500 m va undan ortiq), poyezdning burilish radiusi kamida 100-120 m va Yo‘lning ko‘tarilishi qiyaligi 20-30% gacha bo‘lishi talab qilinadi. Agar karyerlarda yangi, takomillashtirilgan yuk tortish agregatlar qo‘llansa, yo‘lning qiyaligini 40-60% gacha yetkazish mumkin. Bunda karyerlarda temir yo‘l transportini samarali qo‘llash chuqurligini 300-350 m.gacha yetkazishga imkon yaratiladi.
Yuk tashish sostavlari (Lokomotiv va vagonlar) va relsli yo‘llar temir yo‘l transportining asosiy vositalari hisoblanadi. Karyerlardagi temir yo‘llar Statsioner (turg‘un) yoki Vaqtincha xizmat qiluvchi turlarga bo‘linadi. Statsioner temir yo‘llar, asosan karyerning ishlamaydigan yonbag‘rida qoldirilgan transport bermalariga (supalariga) joylashtiriladi va uzoq muddat davomida xizmat qiladi. Vaqtincha xizmat qiluvchi temir yo‘l esa karyer ishchi yonbag‘ridagi pog‘onalar ishchi maydoniga qurilgan bo‘lib, pog‘ona ish fronti chizig‘i surilishi bilan, davriy ravishda yangi (pog‘ona ish fronti chizig‘iga yaqin) o‘zanga (joyga) surib boriladi.
Lokomotiv sifatida Elektrovoz, Teplovoz va tortuvchi agregatlardan foydalaniladi. D-94, D-100 m, YEL-1, 13Е-1 rusumli kontaktli elektrovozlar kuchlanishi 1500-3000 voltga teng o‘zgarmas tok yordamida ishlaydi.
Teplovozlar uchun elektr toki va trolley simlar kerak emas. Shu sababli ularning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) yuqori 24-26 % ni tashkil qiladi. OPE-1, OPE-2 rusumli tortish agregatlari avtonom elektr energiyasi manbasiga (dizel seksiyasiga) ega bo‘lganligi va har bir Vagon motor bilan ta’minlanganligi sababli kontakt elektr liniyalarsiz ishlaydi.
Avtomobil transporti asosan yuk aylanmasi kichik (15-20 mln.t) va tashish masofasi 4-5 km.gacha bo‘lgan karyerlarda qo‘llanadi. Yuk ko‘tarish quvvati katta (75-180 tonna) bo‘lgan avtoag‘dargichlar barpo etilishi natijasida avtomobil transportini yillik yuk aylanmasi 50-60 mln.t. va undan ortiq bo‘lgan karyerlarda xam qo‘llash samarali bo‘lishi ta’minlangan. Hozirgi vaqtda avtomobil transporti temir va rangli metall karyerlarida keng qo‘llaniladi. Avtomobil transporti qo‘llaniladigan karyerlarda kontakt liniyalari, temir yo‘llar bo‘lmasligi va yo‘llarning qiyaligi katta (80-100%), burilish radiusi kichikligi (15-25м) tufayli kon-kapital ishlar hajmi nisbatan kam, karyerni qurish muddati qisqa xamda arzon bo‘lishi ta’minlanadi.
Konveyer transporti (lentali konveyerlar) yumshoq va yaxshi maydalanadigan (bo‘laklar o‘lchami 400мм gacha bo‘lgan) kon jinslarini tashishda qo‘llanadi. Karyerlarda ishlaydigan qazish uskunalari unumdorligining diopazoni keng (15000 м3/soatgacha) bo‘lishi konveyerlardan har qanday yillik yuk aylanmalarida ham foydalanish imkonini beradi. Yuk tashish jarayonining uzluksizligi va 180гача qiyalikda amalga oshirilishi konveyer transportining asosiy afzalligidir. Yillik yuk aylanmasi 20-30 mln.t., chuqurligi 150 m dan ko‘p va tashish masofasi 10-20 km bo‘lgan karyerlarda konveyer transportini qo‘llash yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
Agar konveyer transporti avtomobil va temir yo‘l transporti bilan birgalikda (Aralash) qo‘llanilsa, uning samaradorligi yanada yuqori bo‘ladi. Xozirgi vaqtda qoyasimon, bo‘laklarining o‘lchami 1000 mm.gacha bo‘lgan kon jinslarini tashishga mo‘ljallangan maxsus konveyerlar ishlab chiqarilmoqda. Bu konveyerlar lentali konveyer transportini qo‘llanish doirasini yanada kengaytirishga imkon yaratadi.
Aralash transport - qazish joyidan qazib olingan kon massasini birin-ketin turli transport vositalariga qayta yuklab tushirish joyigacha tashish jarayonlari tizimidir. Bunda har bir turdagi transport ishlashi qulay bo‘lgan sharoitlarda qo‘llanadi. Masalan, konveyer transporti karyerning eng chuqur joyida, avtotransport yuqoriroqda, temir yo‘l transporti esa yer yuziga yaqin gorizontlarda qo‘llanishi texnik-iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi (5.8-rasm).
Yer osti kon transportining sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladigan transportdan maxsus xususiyatlari shundan iboratki, birinchidan, kon laximlarining kesim yuzasi kichik bo‘lganligi uchun transport qurilmalarini ishlatish tor sharoitda amalga oshiriladi va ikkinchidan zaboy qazish joyining jilishiga qarab u yerda o‘rnatilgan transport qurilmalarini ham surib turish va shu bilan birgalikda zaboyga bevosita yaqin joylashgan lahimda o‘rnatilgan transport vositalari va jihozlarini vaqti-vaqti bilan uzaytirib yoki qisqartirib turish lozim bo‘ladi. Bularning xammasi kon transport mashinalari va qurilmalarining konstruksiyasiga maxsus talablar qo‘yadi va ularni ishlatishni ancha murakkablashtiradi.
Transport mashinalarining asosiy vazifalari:1) foydali qazilma va boshqa nokerak tog‘jinslarini qazib olinayotgan joydan olib uzluksiz ravishda belgilangan joyga tashish; 2) yuklarni tashishda ish jarayonlarini to‘la mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; 3) yuk tashishda eng xarajat qilish; 4) foydali qazilmani tashishda, uning sifati o‘zgarmasligi, Chang ko‘tarilmasligi, shovqin va texnik xavfsizlikni ta’minlashi; 5) transport vositasining unumdorligi qazib olinayotgan yukning miqdoriga mos kelishi; 6) transport qurilmasi soddaligi, ishlatishda kam ishchi kuchi talab etishi, oson bo‘laklarga bo‘linib, oson yig‘uvchanligi va h.k. lar.
Bundan tashqari bu kursda yordamchi mashinalar, yuk ortgichlar, yukni joylashtirgichlar, yukni bir joyga to‘plovchi bunkerlar, itargich va tortgichlar, Yukli vagonchalarni ag‘dargichlar, to‘xtatgichlar va x.k. lar o‘rganiladi.



Download 15,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish