O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


-Mavzu. Sidirgichli transport vositalari va uskunalari. Qo’llash sharoitlari. 37-Mavzu



Download 15,99 Mb.
bet3/74
Sana22.02.2022
Hajmi15,99 Mb.
#87648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Транс.маш.УМК 1-2-семестр — копия

36-Mavzu. Sidirgichli transport vositalari va uskunalari. Qo’llash sharoitlari.
37-Mavzu. Sidirgichli transport vositalarini hisoblash asoslari
38-Mavzu. Gidro-pnevmotransport uskunalari va sxemalari va ularni qo’llash sharoitlari.
39-Mavzu. Osma kanatli transport va ularni qo’llash sharoitlari. Osma kanatli transport vositalari va uskunalari.
40-Mavzu. Osma kanatli transportni hisoblash asoslari
41-Mavzu. Kombinasiyalashgan transport. Ularning turlari va qo’llanish sharoitlari.
42-Mavzu. Kombinasiyalashgan transport vositalarini loyihalash usullari



    1. МАЪРУЗАЛАР МАТНИ



1-Ma’ruza:
Kirish. Konchilik korxonalari transport mashinalari turlari. Transport mashinalarning umumiy tasnifi. Transport mashinalari tarixi va rivojlanish tendensiyalari. Fanning vazifalari.


Ma’ruza rejasi:

  1. Konchilik korxonalarida transport mashinalarining bajaradigan vazifalari;

  2. Fanning maqsad va vazifalari

  3. Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar.

  4. Transport mashinalarining umumiy guruhlari.

  5. Kar’yer transportining vazifalari.

O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish sur’atini Har tomonlama jadallashtirishda konchilik sanoatining xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni alohida ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Shu Bilan Bir qatorda uning zaminida hali sanoat ishlab chiqarishiga jalb etilmagan juda Katta va qimmatbaho mineral-xomashyo resurslari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlashicha «O‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega davlatlar jahon xaritasida ko‘P emas. Bu boyliklarning ko‘pchiligi hali ishga solinmagan.
…O‘zbekiston o‘z Yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi, bu yerda Mendeleyev davriy sistemasining deyarli Barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli Foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarini o‘z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900dan ortiq Kon qidirib topilgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi… Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar qazib olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zaxiralar qo‘shilmoqda.
Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDHdagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o‘rinni egallaydi. Masalan, oltin zaxiralari bo‘yicha respublika dunyoda 4-o‘rinda, uni qazib olish bo‘yicha 7-o‘rinda, mis zaxiralari bo‘yicha 10-11-o‘rinda, uran zaxirasi bo‘yicha 7-8-o‘rinda turadi» [1]. O‘zbekiston hududidagi ko‘mir zaxiralari 3 milliard tonnani tashkil qiladi. Undan 1 milliard tonnasi yuqori sifatli toshko‘mirdir.
Foydali qazilmalarni qazib olish va Ularni xalq xo‘jaligiga jalb etish mamlakatimizda islohotlar tobora yuqori ko‘tarilishi uchun salmoqli asos bo‘ladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida 400ga yaqin foydali qazilma konlari ishlatilmoqda. Bu konchilik korxonalari jumlasiga O‘zbekistondagi Eng yirik korxonalardan biri bo‘lgan Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga qarashli noyob Qalmoqqir koni, Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiruvchi Muruntov koni, «O‘zbekko‘mir» aksionerlik jamiyatiga qarashli respublika ko‘mir konlari orasida eng noyob kon hisoblanadigan Angren ko‘mir koni va ko‘mirni yer osti usulida qazib olish boshqarmasi hamda ko‘plab neft va tabiiy gaz qazib chiqaruvchi korxonalar kiradi.
Respublikamizning indisturial rivojlanishi konchilik sanoatini o‘sishi bilan uzviy bog‘liq. O‘z navbatida, konchilik sanoatini rivoji va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ko‘payishi, yangi shaxta va karyerlarni ishga tushirish, eskilarini rekonstruksiya qilish, yangi Zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash, ilm-fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish bilan amalga oshiriladi. Bu borada ishlab chiqarish jarayoni kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan texnologiyalarga suyanadi.
Zamonaviy shaxta va Karyerlar qudratli Elektromexanik xo‘jalikka ega. Ular qatoriga kon transporti ham kiradi. Kon transporti shaxta, rudnik va karyerlarning sanoat transporti sifatida foydali qazilmani qazib olish texnologik jarayonining eng asosiy bo‘G‘inlaridan biridir.
Yer osti kon transporti sanoatning Boshqa sohalarida ishlatiladigan transportdan farqli xususiyatlari shundan iboratki, birinchidan, kon lahimlarining kesim yuzasi kichik bo‘lganligi uchun transport qurilmalarini ishlatish tor sharoitda amalga oshiriladi va ikkinchidan zaboy qazish joyining jilishiga qarab U yerda o‘rnatilgan transport qurilmalarini ham surib turish va shu bilan birgalikda zaboyga bevosita yaqin joylashgan lahimda o‘rnatilgan transport vositalari va jihozlarini vaqti-vaqti bilan uzaytirib yoki qisqartirib turish lozim bo‘ladi. Bularning hammasi kon transport mashinalari va qurilmalarining konstruksiyasiga maxsus talablar qo‘yadi va ularni ishlatishni ancha murakkablashtiradi.
Karyerlar tashkil qilishda foydali qazilmalarni tashish uchun geotexnologik sharoitdan kelib chiqib Bitta transport vositasini qo‘llash bilan loyihalanadi. Konlarda ishlab chiqarish ish unumdorligi oshishi bilan rudalarni tashish masofasi uzoqlashadi, ya’ni karyerlar chuqurligi oshadi va loyihalangan transport vositasining ish unumdorligi pasayib ketadi. Shunda rudalarni tashish masofasi va Karyer chuqurligidan kelib chiqib quyi qismida avtomobil va yuqori qismida Konveyer yoki Temiryo‘l transportidan foydalaniladi. Bunday holat Kombinatsiyalashgan deb nomlanadi. Kombinatsiyalashgan transportning keng tarqalgan Uch turi mavjud bo‘lib, Bular avtomobil-temiryo‘l, avtomobil-konveyer va avtomobil-skipli transportidir.
Ushbu O‘quv qo‘llanma talabalarga kon korxonalarida tashiladigan To‘kma Yuklar va Yuk oqimlari hamda kon transportining asosiy turlari bo‘lmish konveyerlar, temiryo‘l va avtomobil transporti To‘g‘risida umumiy tushunchalar, ularning asosiy va Yordamchi uskunalarining Konstruktiv tuzilishlari va ishlatilish sohalari va samaradorligi hamda ekspluatatsiya qilish masalalari bo‘yicha bilim berishga mo‘ljallangan.
Shu vaqtgacha mazkur fandan Davlat tilida chop etilgan adabiyotlar deyarli yo‘qligi va shu sababli mualliflarda yetarli darajada tajriba bo‘lmaganligi, texnik atamalarni qabul qilishdagi qiyinchiliklar tufayli o‘quv qo‘llanma Ayrim kamchiliklardan xoli emas. Bu kamchiliklar ko‘rsatilsa, mualliflar ularni mamnuniyat bilan qabul qilgan bo‘lur edilar.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko‘Ra “Muxandislik ishi“ soxasida o‘qitiladigan “Transport mashinalari” fani dasturi nazariy mehanika, amaliy mehanika, girravlika va gidroyiritmalar, isiqlik texnikasi, kon ishlari va ishlab chiqarish tehnologiyalari, kon mashinalari fanlaridan olgan bilimlariga tayangan holda konchilik korhonalarida ishlatiladigan masinalarning ishlash nazariyasi, ularning turlari, konstruktiv tuzilishlari va ularni ishlatishga bag’ishlangan bo‘limlardan tashkil topgan.

Download 15,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish