Dvigatel - mexanik energiya manbayi bo‘lib, avtomobilni harakatga keltiradi. Avtomobillar uchun dvigatel sifatida siqilgan yoqilg‘i issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beruvchi ichki yonuv dvigatellari ishlatiladi.
Karyer yuk avtomobillarida dizel yoqilg‘isida ishlovchi yoqilg‘ini siqish hisobiga o‘t oluvchi dvigatellardan foydalaniladi.
Siqilish hisobiga o‘t oluvchi dvigatellarda issiq aralashma silindr ichida yoqilg‘i va havodan tayyorlanadi. Issiq aralashmaning silindr ichida yuqori darajada siqilishi natijasida harorati keskin oshadi va o‘t olishga sabab bo‘ladi. Dizel dvigatellarida yoqilg‘ini yuqori darajada siqish (1:16; 1:17) katta iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi va quvvat birligiga to‘g‘ri keladigan yoqilg‘i sarfi karburatorlarga nisbatan 35-40% kamdir. Qo‘llanilayotgan dizel yoqilg‘isi benzinga nisbatan arzondir, shuning uchun dizelda ishlovchi dvigatellar konchilik mashinalarida asosiy o‘rin tutadi.
Hozirgi kunlarda karyer avtosamosvallarida yuqori aylanish chastotali to‘rt taktli 6, 8 va 12 silindrli V – shaklli dvigatellar ishlatilmoqda. Ularning aylanish chastotasi 1500-2000 ayl/min, quvvati 250 dan 1700 kVT gachani tashkil etadi.
Ichki yonuv dvigatellarining asosiy elementlari karter, silindrlar bloki, krivoship-shatunli mexanizm(tirsakli val, shatunlar, porshenlar), gaz taqsimlash mexanizmi (klapanlar, taqsimlash vallari). Dvigatel ishlashi uchun quyidagi tizimlar bilan ta’minlanadi: yoqilg‘i tarmog‘i (yoqilg‘i baklari, nasoslar, filtrlar, forsunkalar); havo bilan ta’minlash tarmog‘i; dvigatelni moylash tarmog‘i (moy baklari, nasoslar, filtrlar, radiator); dvigatelni sovutish (suv nasosi, radiator, ventilyatorlar); dvigatelni ishga tushirish tarmog‘i (elektrostarter, dvigatelni ishga tushirish uchun siqilgan havo yetkazuvchi uskunalar).
Yuk ko‘tarish qobiliyati va avtosamosvallar quvvati oshishi bilan gazoturbinali dvigatellarga o‘tish g‘oyasi mavjuddir. Gazoturbinali dvigatellarning asosiy afzalliklari sodda konstruksiyali, kichik massa va o‘lchamlar, past haroratlarda ham ishga tushirish oson, zararli gazlarning kamligidir. Kamchiliklari: yoqilg‘i sarfining keskin oshishi (2-2,5 marotaba), narxi qimmat va changlangan havoga juda sezgir.
Hozirgi kunlarda vatanimiz va xorijiy mamlakatlarda yuk avtosamosvallarining birdan-bir kuch beruvchi qismi sifatida ichki yonuv dvigatellari ishlatilib kelinmoqda.
Shassi – dvigateldan yetaklovchi g‘ildiraklarga aylanish momentini uzatishga xizmat qiladigan barcha qism va mexanizmlar (Transmissiya), yuruvchi qismlar va boshqarish mexanizmlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |