Назорат savollari:
Karyer avtomobil yo‘llariнинг qanday turlari farqlanadi;
Karyer avtomobil yo‘llari тузилишини tushuntiring;
Karyer avtomobil yo‘llari тизимлари;
Avtoyo‘llarni ta’mirlash va ish holatida saqlash учун qanday ishlar amalga oshiriladi.
13,14-ma’ruza
Kar’yer avtomobil transporti tasnifi. Karyerda ishlatiladigan avtomobil transportini turlari va tuzilishi
Ma’ruza rejasi:
Avtomobil transporti;
Karyerda ishlatiladigan avtomobil transportini turlari;
Kar’yer avtosamosvallarining tuzilishi va ishlash prinsipi;
Karyer yuk avtomashinalari konstruktiv tuzilishi bo‘yicha ikkita asosiy guruhga ajratiladi: avtosamosvallar va avtopoyezdlar - yarimpritsepli tyagachlar va pritsepli tyagachlar (4.8-rasm).
Avtosamosval – ramasiga o‘rnatilgan mustahkam konstruksiyali kuzovga ega bo‘lgan avtomobil bo‘lib, orqaga yoki yonga yuk tushiradi.
c
4.8-rasm.
Avtomobil transporti turlari: a) orqaga yuk to‘kuvchi samosval; b) tagidan
yuk to‘kuvchi pritsepli tyagach; v) orqadan yuk tushiruvchi yarimpritsepli tyagach.
Avtopoyezd – bir yoki bir necha pritsepli yoki yarimpritsepli avtomobil-tyagachdir. Avtopoyezdning ishga belgilanishiga qarab yarimpritsep kuzovi tagidan, orqadan yoki yonidan yuk tushiradi.
Ochiq kon ishlarida ishlatishning maxsus sharoitlari karyer avtosamosvallari konstruksiyasiga quyidagi talablarni qo‘yadi: ekskavatorda yuklanayotganda zarb kuchlariga chidamli bo‘lishligi uchun mexanik qismlarning yuqori mustahkamligi; yuklash va yuk tushirish ishlari texnologik jarayonlari davomiyligini qisqartirish uchun kuzovning sodda va qulay bo‘lishi; qisqa kon zaboylari sharoitida samarali ishlashi uchun yuqori manevrli bo‘lishi; joyning og‘ir relyefli sharoitlarida va sifatsiz yo‘llarda harakatlanishga yuqori chidamlilik va harakatchanlik; karyer sharoitiga mos bo‘lgan uzoq davomli qiyaliklarda ish davrini qisqartirish uchun avtosamosval yetarli tezligini saqlay olishi yoki yetarli tormozlash kuchiga ega bo‘lishi kerak.
Yuqorida sanab o‘tilgan talablar karyer avtomobillarining ishga belgilanishiga qarab ularning komponovka sxemalarini va asosiy parametrlarini aniqlaydi.
Konstruktiv nuqtayi nazardan qaralsa, ruxsat etilgan yuklanishlarda orqadan yuk tushiruvchi ikki o‘qli avtosamosvallarni yaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunda konstruksiya soddalashadi, ishonchlilikni, tortish-dinamikasi sifatini va manevrni oshiradi. Yengil yuklarni (ko‘mir, slanes) tashishda kuzov hajmining katta bo‘lishi talab etiladi, bu esa avtopoyezdlar yoki tagidan yuk tushiruvchi avtosamosvallarni yaratishni taqozo etadi.
Karyer avtomobillarini komponovka qilishda (4.9-rasm) dvigatel va kabinaning o‘zaro joylashishi hamda shassining konstruktiv sxemasi tanlanadi.
Kabina va dvigatelning joylashishi bo‘yicha shunday komponovka sxemasi qo‘llaniladiki, bunda kabina dvigatel yoniga joylashadi.
d
g
v
b
a
4.9-rasm. Karyer avtomobillari komponovka sxemalari
Bir joyli kabinali bunday sxema eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, dvigatelning haydovchiga juda yaqin bo‘lishiga qaramasdan avtomobilning yuqori jipsligini ta’minlaydi.
Shassining konstruktiv sxemasi avtomobilning massasini aniqlaydi va birinchi navbatda uning menevrliligini ta’minlaydi. Ko‘pchilik hollarda o‘q formulasi 4x2 bo‘lgan oldingi g‘ildiraklari boshqariluvchi sxema ishlatiladi (4.9-rasm, a).
Xorijiy mamlakatlar amaliyotidan ma’lumki, ikkita birlashgan sharnirli qismdan tashkil topgan ramali Shassi konstruksiyali avtomobilning manevrliligi yuqoriligini ko‘rsatdi (4.9-rasm, b). Har ikkala o‘qning yetaklovchi sifatida qo‘llanilishi avtomobilni boshqarishda gidrosilindrlar yordamida ikkala o‘qning bir yo‘la burilishini ta’minlaydi (4.9-rasm, v). Bu avtomobil massasining kamayishiga, manevrning oshishiga va yuk ko‘tarish (8 g‘ildirakli bo‘lganligi hisobiga) qobiliyatining oshishiga imkoniyat beradi.
O‘qlar sonining 3 tagacha oshishi (4.9-rasm, g) yuk ko‘tarish va o‘tish qoibiliyatini oshiradi, lekin uning massasi ko‘payishiga, manevrning qiyinlashishiga va konstruksiyaning murakkablashishiga olib keladi. Yarimpritsepli avtopoyezdlar 10 ta g‘ildirakli bo‘lib (4.9-rasm, g), ularning yuk ko‘tarishi sezilarli darajada yuqori, lekin uzunligi oshadi va manevr qiyinlashadi.
Karyer avtomobillari 3 ta asosiy qismdan tashkil topadi: dvigatel, shassi va kuzov (yuk platformasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |