O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 15,99 Mb.
bet37/74
Sana22.02.2022
Hajmi15,99 Mb.
#87648
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
Bog'liq
Транс.маш.УМК 1-2-семестр — копия

Yo‘l qoplamalari
Avtoyo‘llarning asosi bo‘lib konni ochish ishlarida qazib olingan ohaktoshlar, qumlar va boshqa tog‘ jinslari xizmat qiladi. Ohaktoshli, qattiq tog‘ jinsli zaminlarda avtoyo‘larning asosi tabiiy holatdan foydalaniladi. Yo‘l qoplamalari tuzilishi yo‘lning yuk o‘tkazishi, xizmat qilish muddati, ob-havo sharoitlari, mahalliy materiallar mavjudligi va h.k. lar orqali belgilanadi.
Yo‘l qoplamalari takomillashtirilgan, oraliq va eski bo‘lishi mumkin. Takomillashtirilgan yo‘l qoplamalariga sement-betonli, temir-betonli, Asfalt-betonli va qora shebenkali (issiq holatda quyilgan va jipslashtirlgan) yo‘l qoplamalari bo‘lib, ular beton shebenka, graviy, graviy-shebenka, tuproq-graviy kabi materiallar bilan biriktiruvchi aralashmalar orqali hosil qilinadi.
Oraliq yo‘l qoplamalariga shebenkali, graviy, shlakli, tuproq- shebenkali qoplamalar bo‘lib, tuproqli biriktiruvchi materiallardan hosil qilinadi. Eski yo‘l qoplamalariga graviy va shebenning tuproq bilan biriktirilishi orqali hosil qilinadi.
Yo‘lning ishlatilish sifati birinchi navbatda mustahkam, mashinaning harakat tezligining ta’minlanishi bilan va yo‘l qoplamasining o‘tkazuvchanligi bilan baholanadi.
Yo‘l qoplamasining mustahkamlik zaxira koeffitsienti quydagicha aniqlanadi.
, (4.4)
bu yerda: Ex - yo‘l qoplamasi ezilishi (deformatsiya)ning amaliy moduli, kg/sm2.
Et - haraktlanish sharti bo‘yicha talab qilingan ezilish (deformatsiya) moduli, kg/sm2.


Avtoyo‘llarni ta’mirlash va ish holatida saqlash
Avtoyo‘llar doimiy suv, shamol, qor, ob-havo o‘zgarishlari va avtosamosvallar yuklamasi ta’sirida bo‘lib, bularning barchasi yo‘l qoplamasi mustahkamligining yo‘qolishiga, yo‘l tekisligining buzilishiga va yo‘lning ketma-ket buzilishlariga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, yer osti va yer usti suvlarining ta’siri yo‘l tuzilishining buzilishiga ko‘proq zarar yetkazadi. Suv ta’sirida grunt yo‘llari yumshaydi, natijada avtosamosvallar harakatlanishi qiyinlashadi, yo‘l qoplamasining ezilishi natijasida yo‘llarda avtosamosvallar chuqur izlari hosil bo‘ladi.
Yilning issiq davrlarida asfalt-betonli, qorashebenkali va qoragraviyli yo‘l qoplamalari yuqori harorat ta’sirida yumshaydi. Qish vaqtlarida haroratning pasayib ketishi natijasida asfalt-betonli va sement-betonli yo‘l qoplamalarida yoriqlar hosil bo‘ladi.
Avtoyo‘llarga tabiiy omillardan tashqari, avtosamosvallarning yuklamasi ham ta’sir etadi. Yo‘lga tushadigan vertikal yuklama Avtosamosvalning og‘irligiga bog‘liq. Kichik radiusli burilishlarda vertikal yuklama qiymati oshadi, natijada yo‘l chetlarida to‘lqinlar yoki yo‘l qoplamalarining surilishi (ayniqsa tormozlash holatlarida) kuzatiladi.
Yo‘l qoplamalarining eng ko‘p buzilish holatlari yorilish, surilish, ezilish, to‘lqinlar, izlar hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bularning barchasi yo‘l qoplamasining buzilishiga sabab bo‘ladi.
Avtosamosvallarning o‘rnatilgan tezliklarda va yuklamalarda uzluksiz va xavfsiz harakatini ta’minlash maqsadida karyerlarda yo‘llarni doimiy ta’mirlash va tuzatish uchun yo‘l xizmati tashkil etiladi.
Yo‘l-ta’mirlash ishlari yo‘lni ishchi holatda saqlash: Joriy, o‘rta va kapital ta’mirlashga bo‘linadi.
Yo‘lni ishchi holatda saqlash ishlariga yo‘l va yo‘l qurilmalarini ishchi holatda saqlash hamda tozaligini saqlash ishlari kiradi.
Bunda bahor-kuz davrida yo‘llarni loylardan tozalash, yozgi davrda yo‘l qoplamasini changdan tozalash, sug‘orish, mashinalardan tushgan tog‘ jinslaridan tozalash ishlari bajariladi. Qish davrida asosiy e’tibor yo‘llarni qordan tozalash va muzlashga qarshi ishga qaratiladi.
Ochiq kon ishlarida avtoyo‘llarda chang ko‘tarilishiga qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, chang ko‘tarilishi haydovchilarning ish sharoitlarini qiyinlashtiradi, avtomobillarning yedirilishini oshiradi. Chang ko‘tarilishiga qarshi kurashning bir necha xil usullari bo‘lib, ulardan asosiylari yo‘l harakatlanish qismiga suv, xlor-kalsiy aralashmalari va hatto neft mahsulotlari aralashmalari sepiladi.
Joriy ta’mirlash ishlariga yo‘l va yo‘l qurilmalaridagi kichik buzilishlarni zudlik bilan to‘g‘rilash ishlari kiradi. Bular asosan yo‘l yoriqlari va cho‘kishlarni to‘ldirish va to‘g‘rilash, yo‘l profillarni to‘g‘rilash, yo‘l zaminining kichik buzilishlarini tuzatish ishlaridir.
O‘rta ta’mirlashga 1-2 yilda bir marotaba yo‘llardagi buzilishlarni tuzatish ishlari kiradi. Bular asosan asfalt-betonli, qorashebenkali va graviyli yo‘l qoplamalari yuza qismlarini qayta ishlash, to‘g‘rilash ishlaridir. Yo‘l yuza qismini qayta ishlashga yo‘l himoya qobig‘ini qora shebenka bilan to‘ldirib, yo‘lning g‘adir-budirligini oshiradi.
Kapital ta’mirlash 10-12 yilda bir marotaba bajariladigan ta’mirlash ishlari bo‘lib, bunda yo‘lning barcha elementlari va qurilmalari buzilishlarini to‘g‘rilash, yo‘l qoplamasi mustahkamligini oshirish, yo‘l o‘lchamlarini aniq yo‘l kategoriyasiga mos keluvchi me’yoriy talablar darajasiga keltirish ishlari bajariladi.
Yo‘l qurilishida va ta’mirlashda karyerlarda asosiy ishlarni bajaruvchi mashinalar (ekskavatorlar, buldozerlar, skreperlar) ishlatiladi. Ular asosan avtoyo‘llarning trassasini qurishda va katta hajmdagi ta’mirlash ishlarini bajarishda ishlatiladi. Bundan tashqari, yo‘l qurilishida, ta’mirlashda va ishlatishda bir qancha maxsus mashinalar: greyderlar, avtokranlar, o‘ziyurar va pritsepli grunt tekislovchi va jipslashtiruvchi katoklar, tog‘ jinslarini yumshatuvchi mashinalar, suv sepuvchi, qor tozalovchi mashinalar ishlatiladi.
Karyerlarda avtoyo‘llarga xizmat qiluvchi yo‘l ta’mirlash brigadalari yo‘lning kategoriyasi va yuk o‘tkazish qobiliyatidan kelib chiqqan holda zarur sondagi va turdagi yo‘l mashinalari va mexanizmlari bilan ta’minlanadi. Karyerlarda avtoyo‘llarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida 25 km yo‘lga bir kompleks mexanizatsiyalashgan biriktirilishi ko‘zda tutiladi.



Download 15,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish