14-mavzu:
Avtotransport korxonalarida qo‘llaniladigan yonilg‘i, mоу, maxsus
suyuqliklar va boshqa moddalarning zaharliligi va ularni qo‘llashda texnika
xavfsizligi.
Reja
1.
Yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning zaharliligi.
2.
Yonilg‘i moylash materiallarining yong‘in va portlash jihatdan xavfliligi va
elektrlanishi
3.
Atrof muhitni muhofaza qilish.
Tayanch iboralar:
O‘tkir zotiljam kasalligi, etillangan benzinlari, azot
oksidlari markaziy asab va mushak tizimi
Yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning zaharliligi.
Yonilg‘i-moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning barcha turlari
birorbir darajada zaharli va yong‘in jihatidan xavflidir. Shu bilan birga, yonilg‘i va
organik erituvchilar portlash jihatidan ham xavfli hisoblanadi. Shuning uchun
avtotransport korxonalari (ATK) ishchi xodimlari avtomobillarda ishlatiladigan
ashyolarning ekologik xususiyatlarini yaxshi bilishlari lozim. Yonilg‘i-moylash
materiallari va maxsus suyuqliklarning ekologik xususiyatlari deganda, ularni
tashish, saqlash, quyish yoki almashtirish jarayonlarida odam va atrof muhitga
ta’siri tushuniladi. Muhim ekologik xususiyatlarga zaharlilik, yong‘in jihatdan va
portlash jihatidan xavflilik hamda elektrlanish xususiyatlari kiradi.
Avtomobil benzinlari
zaharli suyuq yonilg’i bo‘lib, inson organizmiga nafas
olish yo‘llari, teri va ovqat hazm qilish yo‘llari orqali tushishi mumkin. Benzin
bug‘larining havodagi konsetratsiyasi 0,3 mg/
m
3
dan oshmasligi lozim. Odam
tarkibida 5–10 mg/
m
3
benzin bug‘lari bo‘lgan havodan qisqa muddat nafas
olganida kuchli zaharlanishi mumkin, buning xarakterli belgilari quyidagilardir:
bosh og‘rig‘i, tomoq tirnalgandek bo‘lishi, yo‘tal tutishi, ko‘z va burun achishishi,
yurganida qalqib ketish, bosh aylanishi, hushdan ketish.
Zaharlangan kishi toza havoga olib chiqilganidan keyin ma’lum vaqt
o‘tganidan so‘ng bu belgilarning ko‘pchiligi barham topadi. Bundan tashqari,
benzin bug‘laridan kuchli zaharlanishning dastlabki belgilari tana haroratining
pasayishi, yurak urishining sekinlashishi, arteriya qon bosimining (yuqorigi va
quyi ko‘rsatkichlarining) pasayishi va odam organizmidagi boshqa fiziologik
o‘zgarishlar. Benzin bug‘larining konsentratsiyasi 35–40 mg/
m
3
bo‘lgan havoda 5–
10 minut nafas olish odam sog‘lig‘i uchun xavflidir.
Benzin bug‘lari konsentratsiyasi bu chegaradan yuqori bo‘lganida odam tezda
hushdan ketishi va hatto o‘lishi mumkin.
Kuchli zaharlanishga shamollatilmaydigan xona va sexlardagi ochiq sig‘im va
taralarda benzin qoldiqlari bo’lish sabab bo‘ladi. Bunday xonalar yetarli darajada
shamollatilmasligi oqibatida xona havosi benzin bug‘lariga tezda to‘yinadi va
xavfli konsentratsiya hosil qiladi. Shuning uchun sig‘im va taralarni benzin
qoldiqlaridan tozalash ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy
amal qilish lozim. Kuchli zaharlanish benzin shlang yordamida og‘izda
so‘rilganida yoki yonilg‘i apparaturalari og‘izda purkalganida ham kelib chiqishi
mumkin. Buning natijasida og‘ir kasallik – zotiljam kasalligi kelib chiqishi
mumkin. Bunda o‘pkaning oraliq to‘qimasi va bronxlarning juda mayda tarmoqlari
yallig‘lanadi. O‘tkir zotiljam kasalligi 2 ko‘rinishda bo‘ladi: krupoz zotiljam
(bunda o‘pkaning bir bo‘lagi zararlanadi, et uyishib, tana harorati ko‘tariladi, nafas
olganida ko‘krak qafasi og‘riydi), o‘choqli yoki interstitsial zotiljam (yo‘tal tutib,
bemor shilliq yiring aralash balg‘am tashlaydi, tana harorati 37–39°C bo‘ladi).
Yuqorida aytib o‘tilganidek (2-mavzu), etillangan benzinlar tarkibida
antidetonator sifatida kuchli zaharli modda tetraetilqo‘rg‘oshin ishlatiladi. Etil
suyuqligi toza tetraetilqo‘rg‘oshin kabi organizmga kuchli ta’sir etuvchi zahardir.
Etil suyuqligi bilan bajariladigan barcha ishlar, asosan, uni benzinga aralashtirish
(etillash) zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun bu ishlarni
bajarishda profilaktika qoidalariga qat’iy amal qilish lozim. Shu maqsadda
benzinlarni etillash zavod sharoitida maxsus aralashtirish qurilmalarida bajariladi.
Benzinlarni maxsus aralashtirish qurilmalari bo‘lmaganida etillash qat’iy
taqiqlanadi.
Etillangan
avtomobil
benzinlarida
tetraetilqo‘rg‘oshin
miqdori
etil
suyuqligiga nisbatan juda kam va benzinning zaharliligi bir necha barobar past
bo‘lishiga qaramay, ulardan ehtiyot bo‘lib foydalanish lozim.
Etillangan avtomobil benzinlarini ishlatishda tetraetilqo‘rg‘oshin ta’sirida
zaharlanishning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish lozim.
Etillangan avtomobil benzinlarini faqat dvigatel uchun yonilg‘i sifatida ishlatish
lozim.
Etillangan benzinlarni yoritish shamdonlarida, primuslarda, kavsharlash
lampalarida (koviya), zajigalkalarda, benzin yonilg‘isida ishlaydigan arralarda,
shuningdek, texnik maqsadlarda erituvchi sifatida, mashina detallarini va qo‘l
yuvishda ishlatish taqiqlanadi.
Etillangan benzindan tasodifan zaharlanishning oldini olish va uning faqat
belgilangan maqsadlarda ishlatilishini ta’minlash uchun etillangan benzin
saqlanadigan sig‘imlarga «Etillangan benzin. Zaharli!» degan yozuv (yuvilib
ketmaydigan bo‘yoqda) yozib qo‘yilishi lozim.
Etillangan benzinlarning organizmga ovqat hazm qilish yo‘llari orqali tushishi
natijasida odam kuchli zaharlanishi mumkin. Shuning uchun etillangan benzinni
og‘iz bilan so‘rish va ta’minlash tizimiga haydash (puflash) taqiqlanadi. Benzinni
so‘rish va haydash uchun maxsus moslamalar (nasoslar, noksimon rezinalar) dan
foydalanish kerak.
Etillanmagan benzinni har qanday holatda oziq-ovqat mahsulotlari, turli xil
yuklar, odamlar bilan birga, shuningdek, avtobuslar, yengil avtomobillar va yuk
avtomobillarining kabinalarida tashish taqiqlanadi. Go‘sht, non, un, yog‘lar
tetraetilqo‘rg‘oshinni osongina yutish xususiyatiga ega. Benzinning bexosdan
to‘kilishi oziqovqat mahsulotlarida zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin.
Zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari qaynatilganida ham uning zaharliligi
kamaymaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashishda etillangan benzindan
bo‘shatilgan idishilarni ishlatish maqsadga muvofiq emas, chunki bunday
idishlarda doimo ma’lum miqdorda tetraetilqo‘rg‘oshin bo‘ladi. Ovqat hazm qilish
yo‘llari orqali zaharlanishning oldini olish uchun haydovchilarning shaxsiy
gigiyenasiga e’tibor qaratish lozim.
Etillangan
benzin
kiyim-kechakka
yoki
badanga
tekkanida
uni
zararsizlantirish uchun terini yoki kiyim-kechakning o‘sha joyini issiq suvda
sovunlab yuvish kerak. Etillangan benzinni ishlatadigan xodimlar maxsus kiyim
kiyib olishlari va shaxsiy himoya vositalarini (ko‘zoynak, qo‘lqop, niqob va
boshqalar) olib yurishlari lozim.
Etillangan benzin ta’sirida zararlangan buyumlarni zararsizlantirishda xlorli
ohakdan foydalaniladi. Xlorli ohak bo‘tqa ko‘rinishida ishlatiladi, bunda 1 qism
ohakka 3–5 qism suv qo‘shiladi. Etillangan benzin to‘kilgan joyga qum sepib,
supuriladi, so‘ngra xlorli ohak bo‘tqasi (1 m2 ga 1,5
l
hisobida) bir tekis surtiladi
va 4–5 soatdan keyin yuvib tashlanadi. Etillangan benzin to‘kilgan joylarni quruq
xlorli ohak bilan zararsizlantirish taqiqlanadi, aks holda, yong‘in chiqishi mumkin.
Benzin teriga tushsa, uni kerosinda ho‘llangan latta bilan artish, keyin iliq
suvda sovunlab yuvish lozim. Etillangan benzin ko‘zga tushganida, ko‘zni 2 foizli
soda eritmasi yoki toza iliq suv bilan yuvish, so‘ngra davolash muassasasiga
murojaat qilish lozim. Etillangan benzin tasodifan oshqozonga tushganida,
oshqozonni ichimlik sodasi eritmasi bilan chayish va majburan qayt qilish lozim.
ATKning etillangan benzin ishlatiladigan hamma joylarida iliq suv, kerosinli
idish, sovun, toza latta va sochiq turishi kerak. Etillangan benzin bug‘lari ham
benzinning o‘zidek zaharli ekanligini yodda tutish zarur. Neft mahsulotlari
ta’sirida zaharlangan kishini, avvalo, toza havoga olib chiqish lozim. Agar u
kuchsiz zaharlangan bo‘lsa, shifokor kelguniga qadar uni tinch qo‘yish va unga
valerianka ichirish kerak. Og‘ir hollarda (nafas olish keskin kamayganda, hushdan
ketganda) unga novshadil spirti hidlatish va toza kisloroddan nafas oldirish zarur.
Nafas olish keskin susayib ketganida yoki to‘xtaganida sun’iy nafas oldirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |