Avtotransport korxonalarida qo‘llaniladigan yonilg‘i, mоу, maxsus suyuqliklar va boshqa moddalarning zaharliligi va ularni qo‘llashda texnika xavfsizligi


Yonilg‘i moylash materiallarining yong‘in va portlash jihatdan xavfliligi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana12.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#778328
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza 14

Yonilg‘i moylash materiallarining yong‘in va portlash jihatdan xavfliligi 
va elektrlanishi. 
Barcha neft mahsulotlari yong‘in va portlash jihatidan xavfli bo‘lib, ularning 
bug‘i zaharlidir. Ular ma’lum miqdorda havo bilan aralashib, portlovchi aralashma 
hosil qiladi. Havoda benzinlar, kerosinlar, dizel yonilg‘isining bug‘lari hajm 
bo‘yicha 1,1 dan 6,0 foizgacha bo‘lganida ular portlash jihatidan xavfli 
hisoblanadi. Bu chegaralar ob-havo sharoitiga (harorat, bosim, havo namligi), neft 
mahsulotlari turi va aralashma hosil bo‘lish sharoitiga qarab o‘zgaradi. O‘t olish 
haroratiga ko‘ra neft mahsulotlari ikki guruhga: oson alangalanadigan (o‘t olish 
harorati 45°C dan past bo‘lgan: benzin, kerosin, yengil fraksion tarkibli dizel 
yonilg‘ilari) va yonuvchi (45°С dan yuqori: dizel yonilg‘isi, mazutlar, pechka va 
qozon yonilg‘ilari, yengil moylar) turlarga bo‘linadi. Oson alangalanadigan 
yonilg‘ini tashish, saqlash, undan foydalanishning barcha bosqichlarida juda 
ehtiyot bo‘lish shart.
Ko‘pgina neft mahsulotlarining, ayniqsa, yonilg‘ining dielektrik xossalari 
yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ular quvurlardan oqizilganida, avtosisternada 
tashilganida uning devoriga ishqalanishi natijasida statik elektr zaryadlari paydo 
bo‘ladi. Ular razryadlanganida elektr uchquni paydo bo‘lib, neft mahsulotlarining 
portlashi va alangalanishiga sabab bo‘lishi, xizmat ko‘rsatayotgan kishilarni 
shikastlashi mumkin. Buning oldini olish uchun barcha sig‘imlar, avtosisternalar, 
qabul qilish-tarqatish uskunalari, o‘tkazgichlar mexanizatsiyalangan yonilg‘i 
quyish vositalari yerga ulanishi zarur; shunda hosil bo‘lgan elektr zaryadi yerga 
o‘tib ketadi.
Neft mahsulotlari bug‘lari ajralib chiqadigan joylarda uchqun chiqishi, 
portlash yoki yong‘in chiqishiga sabab bo‘luvchi asboblardan foydalanish qat’iyan 
man etiladi.
To‘ldirilgan yoki bo‘sh bochkalarni maxsus ko‘targichlar yoki ko‘tarish-
tashish mexanizmlari yordamida ko‘tarish va tashish kerak. Agar 
mexanizatsiyalashtirilgan yonilg‘i quyish vositalari bo‘lmasa, neft mahsulotlari 
quyilgan bochkalarni dumalatishga ruxsat etiladi. Massasidan qat’i nazar, 
bochkalarni orqalab tashish, shuningdek, chetidan itarib dumalatish mumkin emas. 
To‘ldirilgan bochkalarni tashish va saqlashda ularning buraladigan qopqoqlari 
(tiqinlari) yuqoriga qaratib bir qator qilib joylashtiriladi va dumalab bir-biriga 
urilib ketishining oldini olish maqsadida mahkamlab qo‘yiladi. Benzindan 
bo‘shatilgan idishlar xavfli hisoblanadi. Benzindan bo‘shatilgan 200 litrli idishida 
10–50 g miqdorda qoldiq benzin bug‘larining havo bilan aralashmasi bo‘ladi. Bu 


aralashmaning uchqun ta’sirida portlash xavfi bo‘lganligi tufayli idishlar tiqinlarini 
bolg‘a yoki boshqa asboblar bilan urib ochish taqiqlanadi, chunki bunda uchqun 
chiqish ehtimoli bor. Idishlarni ta’mirlashda alangadan foydalanilganida benzin va 
boshqa bug‘larning havo bilan aralashmasining portlash xavfining oldini olish 
uchun zarur choralar ko‘rish lozim. Bunda bochkalar, shuningdek, 
avtomobillarning yonilg‘i baklariga suv quyib ta’mirlanadi yoki ular issiq suv bilan 
bug‘latiladi, shundan so‘ng karbon gazi to‘ldirilgan holda ta’mirlanadi.
Neft mahsulotlarini olov, uchqun, mashina va uskunalarning qattiq qizigan 
qismlari tegib ketishidan saqlash lozim. Neft mahsulotlarini ochiq idishda saqlash 
qat’iyan man etiladi. Neft mahsulotlari saqlanadigan joylarda doimo o‘t o‘chirish 
asboblari to‘plami bo‘lishi lozim.
Neft mahsulotlari omborlarida, shuningdek, mashinalarga neft mahsulotlari 
quyiladigan, neft mahsulotlari qabul qilib olinadigan va tarqatiladigan joylar 
yaqinida chekish hamda alangadan foydalanish taqiqlanadi.
Neft mahsulotlari bilan ishlaydigan shaxslar o‘z vaqtida yong‘in xavfsizligiga 
oid dastlabki (ishga qabul qilinayotganda) va davriy (yiliga kamida ikki marta) 
yo‘riqnoma olishlari lozim.
Neft ombori va yonilg‘i-moylash materiallarini tarqatish shoxobchalarida, 
yong‘inga qarshi belgilangan ajratish masofalarining o‘lchamlariga rioya qilinishi, 
ozodalikni saqlash zarur, shuningdek, yaxshi ko‘rinadigan joylarga «Yong‘in xavfi 
bor!», «Chekilmasin!» degan yozuvlar osib qo‘yilishi lozim. 
Statik elektrlanish natijasida uchqun paydo bo‘lishining oldini olish uchun 
hamma o‘tkazgich va sig‘imlar yerga ulanadi. Yonilg‘i quyish shoxobchalari va 
moylash postlarining to‘ldirish kolonkalari va agregatlari yashin qaytargichlar 
bilan jihozlanadi. Neft omborlari kerakli birlamchi o‘t o‘chirish qurollari, shitlar, 
belkuraklar, ilmoqlar va boshqa asboblar, qumli idishlar, o‘t o‘chirgichlar, 
namatlar bilan jihozlanadi.
Statik elektrlanish natijasida yong‘in va portlash kelib chiqishining oldini 
olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
– yonilg‘ini haydashda ishlatiladigan barcha vositalar, o‘tkazgich quvurlar, 
sisternalar, yonilg‘i quygichlar va sig‘imlar yaxshilab yerga ulanishi lozim;
– yonilg‘ini quyish ochiq oqim ko‘rinishida bo‘lmasligi va yonilg‘i 
sachratilmasligi lozim;
– yonilg‘ining suv va havo bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– idishga neft mahsulotlari quyilayotganida shlangning uchi har doim neft 
mahsuloti ichida bo‘lishi, bo‘sh idishga yonilg‘i quyishda shlang uchi yonilg‘iga 
botib turadigan bo‘lgunicha yonilg‘ini juda sekin oqizish lozim;
– yonilg‘i tashiydigan avtosisternalarning yerga ulanadigan (tegib turadigan) 
zanjirlarini mustahkamlash kerak. Yong‘in chiqqanida, yonayotgan neft 


mahsulotlarini o‘chirish uchun kimyoviy ko‘pik, karbon kislota gazi, qum va 
tuproq ishlatilishi lozim. O‘t o‘chirishda toza suvdan foydalanish taqiqlanadi, 
chunki suvning zichligi yonayotgan neft mahsulotining zichligidan yuqori 
bo‘lganligi tufayli neft mahsuloti suv yuziga qalqib chiqadi va yonishda davom 
etadi, yonish kuchayadi va atrof muhitga tez tarqaladi.
Idishlardagi neft mahsulotlarining yonishini to‘xtatish uchun o‘t o‘chirgichlar 
oqimini idishlarning yonayotgan devorlari chekkasiga shunday yo‘naltirish 
kerakki, bunda yonayotgan neft mahsuloti sachramasligi kerak.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish