Qo‘rg‘oshin birikmalar
organizmda to‘planib, moddalar almashinuvi va qon
hosil bo‘lish jarayonlarining buzilishiga olib keladi. Uglerod gazi va boshqa zaharli
moddalar ta’siridan zaharlanishning oldini olish uchun ish joylarida va
avtomobillarni saqlash maydonlaridagi havo tarkibidagi zaharli moddalar
miqdorini vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turish va shamollatishni (ventilatsiya)
yo‘lga qo‘yish lozim. Avtomobil kabinalariga va salonlariga ishlatilgan gazlar
kirishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Gazdan zaharlangan kishilarga yordam ko‘rsatish
benzin bug‘idan zaharlangan kishilarga yordam ko‘rsatish kabi amalga oshiriladi.
Mineral surkov moylari
(motor, transmission, sanoat va boshqalar) va
gidravlik suyuqliklar ham zaharli hisoblanadi. Tarkibida turli xil qo‘shilmalar
bo‘lgan moylar bilan ishlashda, qo‘shilmasiz moylarga nisbatan, ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo‘lish lozim. Chunki tarkibida oltingugurt, xlor, fosfor, rux,
qo‘rg‘oshin va boshqa elementlar bo‘lgan bir qator qo‘shilmalarning zaharlilik
darajasi yetarlicha o‘rganilmagan. Moylarni ishlatish qoidalarining buzilishi va
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etmaslik natijasida terining ekzema kasalligi
(xronik, yuqimsiz, tez-tez qo‘zg‘alib turadigan teri kasalligi), modda almashinuvi,
asab tizimi va ichki sekretsiya bezlari funksiyasining buzilishi kabi holatlar
kuzatila
di.
Bunda teri qichishadi va xilma-xil toshmalar (dog‘, tuguncha, pufakcha
va boshqalar) toshadi, follikular shikastlanish, dermatitlar, terining pigmentlanishi
va hatto nisbatan og‘ir kasalliklar kelib chiqishi ham mumkin.
Etilenglikol va uning suvdagi eritmasi – antifriz
ham kuchli ta’sir etuvchi
zaharli suyuqlik hisoblanadi. Organizmga tushganida markaziy asab tizimi va
buyrakni shikastlaydi. Glikol asosidagi tormoz suyuqliklari (ГТЖ–22, – 2M,
«Нева», «Томь», «Роса»va boshqalar) ning zaharli ta’siri antifrizning ta’siriga
o‘xshash bo‘ladi. Etilenglikolning 50 g (100 g atrofidagi antifriz) dozasi odamni
o‘ldiradi. Antifriz va tormoz suyuqligi suyuqlanadigan yoki tashiladigan hamma
idishlarda «Zahar» degan yozuv yaqqol ko‘rinib turishi (bu so‘z yuvilib
ketmaydigan bo‘yoq bilan yoziladi), idishda antifriz yoki tormoz suyuqligi bor-
yo‘qligidan qat’i nazar, uning tiqinlari va bo‘g‘zi tamg‘alanishi zarur.
Antifriz va tormoz suyuqliklarini shlang orqali og‘iz bilan so‘rib tortish
mumkin emas, chunki etilenglikol oshqozonga tushsa, uni zaharlaydi.
Shikastlangan kishiga tezlik bilan yordam ko‘rsatish lozim. Bunda oshqozon toza
suv bilan yoki 2 foizli ichimlik sodasining suvdagi eritmasi bilan chayiladi,
majburiy ravishda qayt qildiriladi, shikastlangan kishi o‘rab isitiladi va zudlik bilan
vrach chaqiriladi.
Antifriz va tormoz suyuqliklari bilan ish bajarilganidan keyin qo‘lni, albatta,
sovunlab yuvish kerak. ATKlarda ishlatiladigan erituvchilar va suyultiruvchilar
zaharli bo‘lishi bilan birga yuqori bug‘lanuvchanlikka egadir. Ular bilan,
shuningdek, lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlanganida benzin bilan ishlanganidagi
kabi chora-tadbirlar qo‘llanadi. Metil spirti yoki dixloretan bilan zaharlangan
kishilarga ham antifriz yoki tormoz suyuqligi bilan zaharlangan kishilarga yordam
ko‘rsatish kabi yordam ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |