8-MA’RUZA
ELEKTRON TEXNIKA ELEMENTLARING ISHONCHLILIGI.
REZISTORLAR ISHONCHLILIGI.
Reja:
1.Statistik ma’lumotlar.
2.Elektrolitik jarayonlar.
Tayanch so‘z va iboralar: tok o‘tkazuvchi qatlamni uzilishi, rezistor kontaktini buzilishi, tok o‘tkazuvchi qatlamni kuyishi, rezistor qarshiligi, material sifati, ishlab chiqarish texnologiyasi, foydalanish sharoitlari, elektr yuklama koeffisiyenti, buzilishlar intensivligi, namlik, harorat, dielektrikni teshilishi, chiqishlardagi uzilishlar.
1. Statistik ma’lumotlar.
Qarshilik va sig‘imlar ishonchliligi buzilish ntensivligi λ va birinchi buzilishgacha ishlashning o‘rtacha vaqti To‘r bilan tavsiflanadi.
Qarshiliklar elektron qurilmalarda juda ko‘p ishlatiladigan elementlar turiga kiradi. Ular ishonchliligiga nisbatan ancha yuqori. Lekin qurilmalarda qarshilik va sig‘imlarni ishdan chiqish ko‘plab kuzatiladi, chunki qurilmalarda ular boshqa elementlarga nisbatan bir necha barobar ko‘p ishlatiladigan (ba’zi xolllarda elementlar soni 50% ni tashkil etadi) [9].
Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, tok o‘tkazuvchi qatlamini uzilishi va tutashish joylarini buzilishi qarshiliklarda uchraydigan bzilish turlarini 50% dan ortig‘ini tashkil etadi. 35-40% buzilishlar tok o‘tkazuvchi qatlam quyishi oqibatida sodir bo‘ladi. 5% buzilishlar qarshilikni to‘satdan o‘sib ketishi oqibatida sodir bo‘ladi. (10-100 barobar oshib ketishi). Qarshiliklarni buzilishi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. U asosan qo‘llanish shartlari, ishlab chiqarish texnologiyasi va foydalanilgan materiallar sifatiga bog‘liq.
4-rasm. Me’yoriy yuklanishga ega bo‘lgan qarshiliklarning atrof muhit xarorati ta’siridagi buzilishlar intensivligi grafigi.
1 – plyonkali qarshiliklar
2 – sig‘imli qarshiliklar
3 – uglerodli qarshiliklar
Qarshilikda ishlash jarayonida qarshilik qatlamini kuchlanish hisobiga qizishini tarqalishi va tashqi muhit haroratini to‘satdan o‘zgarishi, qarshilikda bartaraf etib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar ko‘p hollarda buzilishlarni keltirib chiqaradi.
Qarshiliklarda elektr yuklagnishlarni kamaytirish, xaroratni to‘satdan o‘zgarmasligi ta’mirlovchi ish sharoitini yaratib beradi va uning ishonchliligini oshiradi.
Doimiy qarshilikka ega bo‘lgan, simli va simsiz qarshiliklar elektr yuklanishi, qarshilik yuklanish koeffisenti bilan tavsiflash qulay. Buni qarshilikda tarqaluvchi haqiqiy kuchlanishni Rx me’yoriy kuchlanishga Rme nisbati deb qarash mumkin.
Kyu=Rx1Kme
Bu nisbat qanchali yuqori bo‘lsa qarshilik og‘ir sharoitda ishlaydi va xizmat muddati qisqaradi hamda buzilish sodir bo‘ladi.
5–rasm. Xajmli qarshiliklarni buzilish intensivligini bog‘liqlik grafigi
Nominal kuchlanish I vt bo‘lgan xajmli qarshilik buzilish intensivligini bog‘liqlik grafigi 5– rasmda keltirilgan (λ%1000 soat)
Keltirilgan qiyshiq chiziqlar shuni ko‘rsatadiki λ=f(t1Kyu), qarshiliklardan yengillashtirilgan ishlash rejmida foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qarshiliklarni me’yoriy yuklanishda ishlatish uchun ma’lum haroratlar (VS turdagi qarshiliklar uchun 40% S va MLT turdagi qarshiliklar uchun 700S) kerak bo‘ladi.
Qarshiliqlar ishonchliligi namlik teskari ta’sir etadi. Namlik qarshililarning chiqish ulanishlarini (kotakt) zanglashiga hamda uzilishiga ximoya emal sirtini sinishiga olib keladi. Emalning singan yerlaridan kirgan namlik qarshilik qatlami va qarshilik simlarini buzilishiga sabab bo‘ladi.
Uzoq muddatli mexanik ta’sirlar qarshilik konstruksiyasida ishlatilgan materiallarni eskirib o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida qarshilik xususiyatlarini o‘zgarishga yoki to‘satdan buzilishiga sabab bo‘ladi.
Konstruktiv nuqtai nazaridan qarshiliklar ishonchliligi o‘tkazuvchan qatlam sifatidn va uning geometrik o‘lchamlariga bog‘liq. Geometrik o‘lcham qanchalik uzun bo‘lsa ishonchlilik shunchalik past bo‘ladi. Shuning uchun nominal qiymati 0,5 Mom dan yuqori qarshiliklar va yuzasi spiralsimon yuklanishli qarshiliklar ishonchliligi boshqalariga nisbatan past bo‘ladi.
Kompozison turdagi qarshiliklar ishonchliligi yuqori hisoblanadi, ular faqat mexanik jarohatlar olganda ishdan chiqishi mumkin. Qarshiliklarning lahzada buzilishlari ularning tutuashgan (kontakt) tugunlari buzilsagina sodir bo‘ladi. B turdagi buzilishlar yuqori qarshliklarda, mexanik ta’sirlar oqibatida kelib chiqadi. Hajmli qarshiliklarda bunday buzilishlar bo‘lmaydi, chunki ularning tutashish chiqishlari siqilish holatida ishlaydi.
Ba’zi hollarda qarshiliklarni ishlashida aktiv qarshilik kattaligi qaytarib bo‘lmaydigan darajada o‘zgaradi, bu o‘z navbatida maxsulot ko‘rsatkichlarini ruxsat etiladigan darajadagi pasayib ketishiga olib keladi (xajmli qarshiliklarda ko‘proq, yuzakilarida karoq).
Do'stlaringiz bilan baham: |