4.3. Suyuqlik bosimini o’rganish uslubi
Suyuqlikdagi ixtiyoriy nuqtasidagi gidrostatik bosim gidrostatikaning asosiy tenglamasi yordamida aniqlanadigan bosim P shu nuqtaning absolyut bosimi deb ataladi. Usti yopilmagan idishlarda, suv sig‘imlaridagi suyuqliklarning erkin sirtiga ta’sir qiluvchi bosim atmosfera bosimi deb ataladi va u Pa = P0 harfi bilan belgilanadi.
Bu holda absolyut bosim idishning tubiga ta’sir etuvchi gidrostatik bosimning qiymati gidrostatikaning asosiy tenglamasi(qonuni)ga binoan quydagicha aniqlanadi:
P = P 0 + γ∙H
Gidrostatik bosim quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Atmosfеra yoki baromеtrik bosim P0 = Pbar – bu atmosfеra havosining bosimidir;
2. Ortiqcha yoki manomеtrik bosim Port (Pman) – atmosfеra bosimidan yuqori bosimdir;
3. Vakuum (siyraklanish) Pvak – bu atmosfеra bosimidan kichik bosimdir;
4. Mutloq bosim Pmut – bu jismga ta'sir etayotgan to’liq bosimdir;
Bulardan faqat mutloq bosim suyuqlikning paramеtri bo’la oladi. Agar biror idishdagi bosim atmosfеra bosimidan yuqori bo’lsa, unda mutloq bosim quyidagicha aniqlanadi:
Pmut =P bar + P ort (4.3)
Agar aksincha, idishdagi bosim atmosfеra bosimidan kichik bo’lsa, unda mutloq bosim quyidagicha aniqlanadi:
Pmut = P bar – Pvak (4.4)
Agar suyuqlik nuqtasidagi bosim atmosfera bosimidan katta (P>Pa) bo‘lsa, dI manometrik bosim deb ataladi va quyidagicha aniqlanadi:
Pman = Pmut – P0 (4.5)
Manometrik bosim absolyut bosim bilan atmosfera bosimining ayirmasiga teng bo‘lgani uchun uni ortiqcha bosim deb ham atashadi.
Bosimni o‘lchash uchun texnikada ishlatiladigan biriliklar:
1 N/m2 – bu birlik Paskal (1 Pa) dеyiladi;
1 Pa unchalik katta bo’lmagani uchun tеxnikada kPa va MPa ishlatiladi.
1 kPa (kilopaskal) = 103 Pa
1 MPa (mеgapaskal) = 106 Pa.
Bu birliklardan tashqari 1 bar = 105 Pa – bu bosim atmosfеra bosimiga yaqin bo’lgan bosimdir.
Bosim o‘lchov birliklaridan yana biri 1 kg kuch/sm2 (kg k/sm2) yoki boshqa ko’rinishda quyidagicha yoziladi: kgk/sm2, bu 1 kgk/sm 2 = 1 at. va u tеxnik atmosfеra dеyiladi.
Bosim o’lchov birliklari orasida quyidagicha bog’lanish bor:
1 MPa = 10 bar = 10,2 at = 106 Pa
1 atm =101,325 kPa = 760 mm sim.ust. =10333 mm suv ust.
Fizik atmosfеra (1 atm) 0 oC haroratda 760 mm sim.ust.ga tеng.
Bosimni o‘lchash asboblari va usullari
Bosim o‘lchash asboblarini quyidagi turlarga bo’lib o’rganish qabl qilingan:
1. Suyuqlik hisobiga ishlaydigan asboblar;
2. Mexanik asboblar.
Suyuqlik asboblari:
a) p’ezometrlar-idishdagi bosim unga ulangan shisha naychada tekshirilayotgan suyuqlikning ko‘tarilishiga qarab aniqlanadi.
4.5- rasm. P’ezometrning chizmasi.
Idishdagi bosimning katta yoki kichikligiga qarab p’ezometr (shisha naycha) da suvning sathi h balandlikka ko‘tariladi.
A nuqtadagi bosim Pa (4.5- rasm) idishning erkin sathidagi bosim bilan undagi suv ustunining bosimlar yig‘indisiga teng. Gidrostatik bosim p’ezometr orqali aniqlanganda u gidrostatikaning asosiy tenglamasiga binoan quyidagicha aniqlanadi:
Pa = Po + ρgh.
U holda peozometrda suyuqlik erkin sathining balandligi bosim orqali quyidagicha ifodalanadi: h = Pa - P0 /ρg va idishdagi chegirma bosimga to‘g‘ri keladigan suyuqlik ustunining balandiligini ko‘rsatadi. Bunday asboblar 0,5 atm dan yuqori bo‘lmagan kichik chegirma bosimlarni o‘lchashda ishlatiladi.
b) Vakuummet. Tuzilishi xuddi suyuqlik U- simon manometrlarga o‘xshash bo‘lib, idishdagi gidrostatik bosimning siyraklanish darajasini aniqlaydi (4.6- rasm). Gidrostatik bosim tenglamasiga asosan simob ustunining pasayishi idishdagi bosim va P0 orqali quyidagicha ifodalanadi:
. (4.6)
4.6- rasm. Vakuummetrning chizmasi.
Mexanik asboblar (katta bosimlarni o‘lchash uchun ishlatiladi va buning uchun turli mexanik tizimlardan foydalaniladi).
Prujinali manometr ichi bo‘sh yupqa egik latun 1 naychadan iborat bo‘lib, uning bir uchi kavsharlangan. SHu uchi zanjir 2 bilan tishli uzatma 3
ga ilashtirilgan bo‘ladi.
Manometrning ikkinchi uchi esa bosimi o‘lchanishi zarur bo‘lgan idishga bo‘yin 4 orqali tutashtiriladi. Egik latun naycha havo bosimi ta’sirida to‘g‘rilanishga harakat qilib, tishli uzatma yordamida strelkaning burilishiga sabab bo‘ladi. Bunday manometrlarda bosimni ko‘rsatuvchi shkala bor.Suyuqlik bosimi idish bilan tutashtiruvchi bo‘yicha orqali o‘tib, membranani egadi. Bu egilish natijasida richaglar tizimi orqali strelka harakatga keladi va shkala bo‘yicha surilib, bosimni ko‘rsatadi.
Nazorat savollari:
1. Suyuqlik sarfi va o‘rtacha tezlikka doir chizmanu keltiring.
2. Tirik kesim yuzasiga doir chizmani tasvirlang.
3. Oqim naychasi va elementar oqimchalarning chizmasini tasvirlang.
4. Oqim naychasi va elementar oqimchalarning ta’rifini bering.
5. Suyuqlik sarfi va o‘rtacha tezliklarning ta’rifini keltiring.
6. Oqimning asosiy gidravlik elementlariga nimalar kiradi?.
7. Tekis va notekis harakatlar deb nimaga aytiladi?
8. Ho`llangan perimeter va gidravlikaviy radiuslar qanday topiladi?
9. P’ezomet deb nimaga aytiladi va uning ishlash jarayonini gapiribering.
`0.Prujinali manometrning tuzilishi va ishlash prinsipini gapirib beri ng.
Do'stlaringiz bilan baham: |