130
ko‗chib o‗tadi va ularni idrok etishda xatolikka olib keladi.
Ketma-ketli obrazning
ikki
turi farqlanadi, - IJOBIY OBRAZLAR va SALBIY OBRAZLAR.
Ijobiy
obrazlar kuzatilayotgan ko‗rinish rangiga ega bo‗ladi, salbiy obrazlar esa –
qo‗shimcha rangga ega bo‗ladi.
Ijobiy ketma-ketli obrazlar ayniqsa yorqin yoritilgan
yuzalar kuzatilganda
sezilarli namoyon bo‗ladi. Masalan, yorqin yorug‗lik manbasiga qaralgandan so‗ng
ko‗zda ma‘lum bir vaqt uning obrazi shunday rangda saqlanadiki, u keyingi ko‗rish
hislariga ta‘sir qilib, kuzatilayotgan buyumlarning rangini o‗zgartiradi.
Salbiy ketma-ketli obrazlar xromatik ranglarni ko‗proq
yoki qisqaroq davom
etadigan kuzatishdan keyin hosil bo‗ladi. Masalan, qirmizi rang kuzatilgandan keyin
ko‗zda yashil rangning obrazi qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: