25
hasharotlarda yuzaki bo‘linishda uchratish mumkin. Bo‘linishga muhitning ta‘sir etishi. Har bir
organizm o‘zoq davom etgan filogenez davomida shakllanib, atrof muhit sharoitiga
chambarchas bog‘liq ^holda rivojlanadi. Tashqi muhitning ozgina o‘zgarishiga organizm o‘zi
uchun xos bo‘lgan rivojlanishdan chetga chiqib moslashadi, keskin o‘zgarishlarda
esa nobud
bo‘ladi.
Rivojlanishning asosiy sharoitlariga: 1) rivojlanish sodir bo‘ladigan suyuqlikning xossasi
(ximiyaviy tarkibi, osmotik bosim), 2) tevaraq-atrof muhit temperaturasi va 3) undagi kislorod
mikdori kiradi.
Muhit sharoitining odatdagidan bir oz o‘zgarishi bo‘linishning sur‘ati va harakteriga ta‘sir
qiladi, anchagina o‘zgarishida esa bo‘linish buziladi yoki, hatto, butunlay tuxtab qoladi.
Rivojlanishning dastlabki bosqichlarida to‘zli eritmalar odatda, bo‘linish formasiga ta‘sir
etadi. Masalan, gipertonik eritmada tsitoplazma suvni yo‘qotadi, bu uning elimshakligining
ortishiga olib keladi. Bu holda bo‘linish egatchalari kuchli qarshilikka uchrashi sababli,
blastomerlarning ajralishi kechikib qoladi. Shunga o‘xshash muhitda tuxumlarning to‘la bo‘linish
formasi to‘la bo‘lmagan bo‘linishga yaqinlashib qoladi.
Temperatura ko‘tarilishi bilan bo‘linish
tezlashadi, u pasayganda esa bo‘linish va butun
rivojlanish sekinlatadi. Temperatura ham ma‘lum joyga ta‘sir ko‘rsatadi: embrionning ancha yuqori
temperato‘rali sharoitga tushib qolgan qismlari har doim, tez rivojlanadi, shu yo‘l bilan
embrionning, masalan, boshini, yoki, aksincha, dum qismini sun‘iy kattalashtirish mumkin.
Bo‘linayotgan tuxumlar muhitda kislorod mavjudligiga juda sezgirdir; kislorod yo‘qligida
bo‘linish sodir bo‘lmaydi. Turli amfibiy va forel (xon baliq) larning tuxumlari anaerob sharoitda
ham bo‘lina oladi, biroq, ular faqat blasto‘la bosqichigacha etib boradi. Bunday muhitda kelgusi
rivojlanish mumkin bo‘lmay qoladi. Odatda, bunda mayib-majruhliklar kuzatiladi, bular, pirovardida
embrionning nobud bo‘lishiga olib keladi. Odatdagi rivojlanishning
bunday buzilishi amfibiy
tuxumlari sun‘iy sharoitda bo‘linganida (masalan, akvariumlarda ular ancha guj bo‘lganida) tez-tez
kuzatiladi. Baliqlarning nafas olishi uchun kerakli kislorod oqimi etarli darajada bo‘lmaganida
(masalan, suv havzalari muzlab qolgan vaqtda) barcha tuxumlar nobud bo‘ladi.
O‘ziga hos bo‘lmagan muhit sharoitida rivojlanishda kuzatiladigan chetga chiqishlar
(o‘zgarishlar) bu sharoitning harakteriga, embrionning tur xususiyatlariga va, nihoyat, u qaysi
bosqichda ta‘sirlanganiga bog‘liq bo‘ladi.
Bo‘linish vaqtida embrion muhit o‘zgarishlariga kam sezgir bular ekan. Huddi o‘sha omillar
kechroq, embrionning morfologik differensiallanishi boshlangan vaqtda ta‘sir etsa,
rivojlanishda
ancha keskin buzilishlar bo‘ladi. Rivojlanishning ancha keyingi bosqichlarida, masalan, kislorod
miqdoriga va nafas olishda zaharlarga nisbatan sezgirlikning ortishi, rivojlanish protsessida nafas
olishning asta-sekin kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
Bo‘linishning bir oz tezlashishi yoki sekinlashishi bilan embrion rivojlanishida
qandaydir buzilishlar kelib chiqmaydi, Shuning uchun bu protsess suratini o‘zgartiruvchi
omillardan kishilar tomonidan foydalanilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: