23
chunki butun tuxum hujayra boshdan-oyoq blastomeralarga bo‘linadi va bu blastomeralarning
katta-kichikligi bir xilda bo‘ladi.
Teloletsital tuxumlarning bo‘linishi boshqacha bo‘lib o‘tadi. Bu xildagi tuxumlarda
o‘rtacha mikdorda sariqlik bo‘lgani holda tuxumning to‘la notekis bo‘linish ko‘riladi. Baqa
tuxumining bo‘linishi bunga misol bo‘la oladi, Huddi oldingi bo‘linish singari,
birinchi va
ikkinchi bo‘linish jiyaklari meridianlar bo‘ylab animal qutbdan vegetativ kugbga o‘tadi va
tuxumni katta-kichikligi, bir xil bo‘ladigan to‘rtta blastomeraga bo‘ladi. Modomiki shunday.
ekan, bu urinda ham to‘la yoki goloblastik bo‘linish yuzaga chiqadi. Uchinchi, ekvatorial
jiyak animal qutb tomoniga qarab surilgan bo‘ladi, shunga ko‘ra
vujudga keladigan
blastomeralar katta-kichik bo‘lib qoladi: animal qutbda ular vegetativ qutbdagiga
(makromeralarga)
q
araganda kichikroq bo‘ladi (mikromeralar).
Makromeralarda ko‘p mikdor
sarilik bo‘ladi, bu sariqlik bo‘linishni tuxtatadigan inert oziq materialidir.
Shu munosabat
bilan makromeralarning bo‘linishi sekinroq boradi, bu hol ular bilan mikromeralar o‘rtasidagi
farqni yanada kattalashtiradi. Notekis bo‘linishda hujayralar sonining ortib borishini huddi shu
sababga ko‘ra geometrik progressiya bilan ifodalab bo‘lmaydi. Bo‘linish davrining oxirida
ko‘p qatlamli blastodermasi bor blasto‘la hosil bo‘ladi.
Ba‘zi mollyuskalar, baliq va qushlarning teloletsital tuxumlarida sariq shuncha ko‘p
bo‘ladiki, yadrosi bilan sariqdan holi tsitoplazmasi tuxumning animal qutbida kichkina joyni
egallab turadi, holos. Uruglanmagan tovuq tuxumining (ma‘lumki,
tovuq tuxumi tuxum
hujayradir) sarigi ko‘zdan kechirilar ekan, uning yuzasida kichkina embrion dog‘ini ko‘rsa
bo‘ladi; u atrofdagi sariqlikdan ochroq bo‘ladi; mana shu erda sariqlik donalaridan holi
bo‘ladigan tsitoplazma turadi. Shu xildagi tuxumlar uchun to‘liqsiz, meroblastik
bo‘linish
harakterlidir (grekcha meros — qism, blastos —embrion).
Tovuq tuxumi bo‘linganida birinchi va ikkinchi jiyaklar, huddi oldingi hollardagidek,
meridian bo‘ylab va biri-biriga tik bo‘lib o‘tadi. Jiyaklar animal
qutbda yuzaga keladi va
zigotaning faqat kichkina bir qismini bo‘ladi, vaholanki sariqlik bilan juda band bo‘lib turgan
katta qismi bo‘linmasdan qoladi. Shunday qilib, bo‘linish tuxumning boshdan-oyog‘ini o‘z
ichiga olmay, balki faqat animal qismini o‘z ichiga oladi (bo‘linish to‘liqsiz, qisman bo‘ladi).
Uchinchi jiyak, kenglik jiyagi izoletsital tuxumlarning
ekvatorial jiyagiga mos keladi, lekin
animal qutbga ancha surilgan bo‘ladi. Keyinchalik tuxumning animal qismi tobora ko‘proq
sonli blastomeralarga bo‘linadi va shu erda embrion diski vujudga keladi (diskodial bo‘linish)
Bo‘linish davrining oxirida blasto‘la paydo bo‘ladi, uning blastomeralari faqat animal
kugbdan
joy oladi, shu bilan bir vatstda vegetativ qutbi bo‘linmagan sariqlik massasidan
iborat bo‘ladi. Blastoderma qavati ostida blastotsel tirqish shaklida joy oladi.
Bo‘g‘imoyoqlilar tsentroletsital tuxumlarining yuzaki to‘liqsiz bo‘linish bo‘linishning aloxida
tipidir. Bunday tuxumlarning rivojlanishi tuxum markazidagi sariqlik massasi orasida joylashgan
yadroning qayta-qayta bo‘linishidan boshlanadi. Ayni hosil bo‘ladigan yadrolar sarig‘i kam
bo‘lgan tsitoplazma joylashgan periferiyaga qarab suriladi. Tsitoplazma blastomeralarga
bo‘linadi, bular o‘zining asosi bilan bo‘linmagan markaziy sariqlik massasiga o‘tadi. Keyingi
bo‘linish yuzasida bir qavat blastomeralari va ichida sarig‘i bo‘ladigan blasto‘la hosil bo‘lishiga
olib keladi. yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, ko‘p hujayrali har-
xil hayvonlar embrionlari
rivojlanishining ilk stadiyalarida mohiyat e‘tibori bilan hamisha bir xil protsess bo‘lib o‘tadi:
Urug‘langan tuxum(embrion rivojlanishining bir hujayrali bosqichi) bo‘linish natijasida ko‘p
hujayrali blasto‘laga aylanadi. Bu blasto‘la tipik holda shaklan sharga o‘xshaydi va bir qavat
blastoderma hujayralaridan iborat bo‘ladi.
Bo‘linish harakteriga har doim sariqlik miedori va uning tarqalishigina emas, balki
blastomerlarning o‘zaro joylanishi^ham juda katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Bu belgisiga qarab ham