O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «biologiyа» kafedrasi



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/105
Sana20.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#678597
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Embriologiya va gistologiya

Muhokama uchun savollar: 
1.Fiziologik regeneratsiya reprativ regeneratsiyadan qanday farqlanadi? 
2.Regeneratsiyadan siz qanday maqsadlardan foydalangan bular edingiz? 
3. Regeneratsiya‘ning borishiga tashqi muhit omillari ta‘sir qiladimi? 
 
4-mavzu: Organizmlarning jinsiy ko’payishi. 
Asosiy savollar: 
1.Urug‘lanish. 
2.Bo‘linish. 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
Urug‘lanish, gameta, koitus, 
xemotaksis, gialuronidaza, mutsinaza, prono‘qleus, monospermiya, polispermiya, mikropile. 
1-savol bayoni: 
Jinsiy yo‘l bilan ko‘payish hayvon va o‘simliklar dunyosining tiplarida 
tarqalgandir. Uning muhim xususiyati sho‘qi, nasl ikki individ — ota va onaning ishtirokida 
vujudga keladi va shu sababdan ikki yoqlama irsiyatga ega bo‘ladi. 
Jinsiy yo‘l bilan ko‘payish uchun jinsiy hujayralar yoki gametalar hosil qilish 
harakterlidir. Ko‘p hujayrali hayvon va o‘simliklarda ular maxsus organlar — gonadalarda -
(grekcha gone— urug‘) hosil bo‘ladi. Urg‘ochi gonadalarda — tuxumdonlarda — 
harakatlanmaydigan yirik-yirik urg‘ochi gametalar yoki tuxum hujayralar, erkak gonadalarda 
— u r u g ‘ d o n larda harakatchan mayda-mayda spermatozoidlar hosil bo‘ladi. 
Urug‘lanish (otalanish) deb, ikkita gameta — spermatozoid bilan tuxumning qo‘shilib, 
bitta hujayra — urug‘langan tuxum yoki zigota hosil qilish protsessiga aytiladi. Gametalar 
ota-onalar tanasining hujayralari bo‘lsa, zigotalar nasl tanasining bosh hujayralaridir. 
Suvda yashaydigan ko‘pchilik hayvonlarda gametalar tashariga chiqadi va urug‘lanish 
ona tanasidan tashqarida bo‘lib o‘tadi. Bu holda tashqi u r u g ‘ l a n i s h deyiladi. Erda hayot 
kechiradigan hayvonlarda erkagining urug‘ suyuqliri jinsiy aloqa yoki k o i t u s vaqtida 
urg‘ochisining
organizmiga yuboriladi, urug‘lanish urg‘ochisining organizmida bo‘lib o‘tadi ( i c h k i
u r u g ‘ l a n i s h ) .
Urug‘lanishdan oldin spermatozoidning tuxumga to‘qnash kelishini ta'minlab beradigan 
bir qancha murakkab protsesslar sodir bo‘ladi. Suvda yashaydigan hayvonlarning erkaklari 


21 
odatda urug‘ suyuqlikini urg‘ochisi tashlab ketgan tuxum ustiga to‘kadi. Spermatozoidlar 
tuxum hujayrasining yaqinida bo‘lganidan tuxumlardan atrofdagi muhitga ajralib chiqadigan 
moddalar ta‘siriga uchraydi. Mana shu moddalar, ya‘ni tuxumlar metabolizmining 
mahsulotlari, birinchidan, spermatozoidlarning agglyutinatsiyalanishiga (bir-biriga yopishib 
qolishiga) sabab bo‘ladi, spermatozoidlar shuning natijasida tuxum yonida ushlanib qoladi. 
Ikkinchidan, o‘sha moddalar spermatozoidlarni aktivlashtirib, ularning zo‘r berib harakat 
qilishiga sabab bo‘ladi va, nihoyat, ular jalb etuvchi ta‘sir ko‘rsatadi (xemotaksis), shu tufayli 
spermatozoidlar tuxumga zich taqalguncha yaqin keladi va uning ichiga kiradi. 
Oliy darajadagi hayvonlar bilan odamda urug‘ suyuqligi urg‘ochi organizmning jinsiy 
yo‘llariga kiritilganidan keyin spermatozoidlar agglyutinatsiyalanadi, shuning natijasida ular 
o‘zining arzimas energiya zapasini saqlab, harakatsiz qoladi. Ular urg‘ochi organizmning 
jinsiy yo‘llaridan bachadon va tuxum yo‘llari muskullarining qisqarishi hisobiga suriladi. 
Tuxum yo‘lining yuqoridagi uchdan bir qismida spermatozoid tuxum bilan to‘qnashadi. Bu 
joyga keladigan tuxum go‘yo bir to‘siq hosil qiladigan bir necha qavat follikulyar hujayralar 
bilan, ya‘ni shu‘lasimon toj bilan o‘ralgan bo‘ladi. Shu to‘siq buzilmay turar ekan
spermatozoidlar tuxumga kira olmaydi. Spermatozoidlar ajratib chiqaradigan fermyontlar 
g i a l u r o n i d a za va m u t s i n a z a yordamida shu‘lasimon toj emiriladi. Bu fermyontlarning 
birinchisi gialuron kislotani, ya‘ni follikulyar hujayralarni bir-biriga yopishtirib qo‘yadigan
moddani parchalaydi. Ikkinchi fermyont — mutsinaza — tuxumni o‘rab turadigan shilimshiq 
moddani suyultiradi. Odamda tuxum hujayra 3—24 soat mobaynida «to‘siqdan» halos bo‘ladi 
shundan keyin spermatozoidlar tuxumga yaqin kelishi mumkin. Odam spermatozoidlari soat 
strelkasining yo‘nalishi bo‘ylab 15 minutda bir aylana tezlik bilan aylanib, aktiv harakat qiladi. 
Ular tuxumga etib kelgach, uning ichiga kiradi. Mana shu paytda tuxum hujayra birinchi 
tartibdagi ovotsit stadiyasida bo‘ladi. Tuxumning bo‘linish, etilish stadiyalari urug‘lanishdan 
keyin yuzaga chiqadi. Birinchi yo‘naltiruvchi tanacha 10 soatdan keyin, ikkinchisi esa, 24 
soatdan keyin ajraladi. Embrionning rivojlanishi shundan keyin darhol boshlanadi va 6 
soatdan keyin tuxumning birinchi, bor bo‘linishi vujudga keladi. 
Urug‘lanish, ya‘ni spermatozoidning tuxum bilan ko‘shilish protsessi hujayraning ichida 
yuzaga keladigan murakkab hodisalar bilan birga davom etadi. Ba‘zi turlarda spermatozoid 
butunlay tuxum ichiga kiradi, ko‘pincha boshchasi bilan buyinchasi tuxum ichiga kiradiyu, 
dumi tuxumdan tashqarida qoladi. Avvaliga zich va kichkina bo‘ladigan spermatozoid yadrosi 
kattalashadi va tuxum hujayraning yadrosi — urg‘ochi prono‘qleusi bilan qo‘shilib keta 
oladigan erkak prono‘qleusi-ni hosil qiladi. So‘ngra prono‘qleuslarda mitozning profazasiga 
o‘xshab ketadigan protsesslar sodir bo‘ladi, shu protsesslar vaqtida yadrolarda xromosomalar 
topiladi, lekin har bir prono‘qleus gaploid xromosomalar to‘plamini hosil qiladi (chunki etilish 
vaqtidagi bo‘linishlarda xromosomalar soni ikki baravar kamaygan bo‘ladi). Ikkala 
yadroning pardalari erib ketganidan keyin tsitoplazmada xromosomalarning qo‘sh (diploid) 
to‘plami paydo bo‘ladi, shundan zigota yadrosi yuzaga keladi. Tuxum, odatda, 
uruglanganidan keyin darhol, ahyon ahyonda esa bir oz muddat utganidan keyin rivojlana 
boshlaydi. 
Monospermiya va polispermiya. Urug‘lanishda tuxumga bir yoki bir nechta 
spermatozoid kirishi mumkin. Birinchi hol monospermiya, ikkinchisi polispermiya deb ataladi. 
Monospermiyada tuxumga bir nechta spermatozoidning kirib qolishiga tusqinlik qiladigan har 
xil moslamalar bo‘ladi. Talaygina hasharotlarning tuxumlari faqat bitta teshigi (mikropile) 
bo‘ladigan parda bilan o‘ralgandir, Shu teshikdan bitta spermatozoid kiradi. Askaridalarda 
tuxumga spermatozoid kirganidan keyin tuxum yuzasida darhol urug‘lanish pardasi yuzaga 
keladi, bu boshqa spermatozoidlarning tuxumga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. 


22 
Polispermiyada (tuxumlarida bir necha mikropile bo‘ladigan hasharotlar, akulalar, 
ba‘zi qushlar va sut emizuvchi hayvonlar), odatda, tuxumga bir talay spermatozoid kiradi. 
Sinchiklab o‘tkazilgan tekshirishlar tuxumga kirgan spermatozoidlar taqdirining har xil 
bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Ularning ba‘zilari erkak prono‘qleusini hosil qilib, tuxum hujayra 
yadrosi bilan qo‘shilib ketadi. Boshqalari tuxum tsitoplazmasida qoladi va bir oz vaqtdan 
keyin bilinmay ketadi. 
Tuxumga kirgan spermatozoidlar hisobiga ba‘zan ikkita va hatto uchta erkak 
prono‘qleusi hosil bo‘ladi. Monospermiya harakterli bo‘lgan hayvonlarda ham tuxumlarga 
narkotik moddalar bilan qisqa muddat ta‘sir ko‘rsatish yo‘li bilan bunday hodisani vujudga 
keltirsa bo‘ladi. Bunday hollarda urug‘langan tuxum bo‘linar ekan, uch qutbli yoki ko‘p 
qutbli mitozlar yuzaga chiqadi va embrionning rivojlanishi buziladi. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish