13-rasm. Qishloq xo`jaligida mayda tovar ishlab chiqaruvchilarining kooperatsiya potentsiali SWOT-tahlili
Ichki omillar
|
Tashqi omillar
|
Kuchli tomonlari
|
Imkoniyatlari
|
Iste`molchi va hamkorlarning hududiy yaqinlashuvi
Yuqori moslashuvchanlik va tezkor o`zlashtirish qobiliyati
Yuqori bo`lmagan xarajatlar
Kichik mexanizatsiyadan foydalanish imkoniyati
Kuchlarni birlashtirish (kooperatsiya) imkoniyati
|
Imtiyozli kreditlash imkoniyati
Qishloq hududlarida barqaror rivojlanishni ta`minlash
Qishloq aholisini bandligini oshirish
Kooperatsiya va dvertsifikatsiya natijasida daromadlarning oshishi
|
Kuchsiz tomonlari
|
Xavf-xatarlar
|
Moliyaviy resurslar va davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash mexanizmini
etishmasligi
Mahsulot sotish, material-texnik bazasi va axborot va maslahat xizmatlarining zaifligi
Past mexanizatsiyalashganligi (qo`l mehnatining yuqoriligi)
Ijtimoiy himoyaning kuchsizligi
|
Davlat organlarining nazorat tartiblari
Sifatli va o`z vaqtida resurslar ta`minotining etishmasligi
Narxlardagi noaniqliklar
Qishloq xo`jaligi texnikalari va asbob uskunalarining (mashin va asobob uskunalarning buzilishi, ta`mirlash zaruriyati). etishmasligi
|
Qishloq xo`jaligi kooperativlarida boshqaruv barcha qatnashchilarning ichki xatti-harakatlarini tartibga soluvchi me`yoriy hujjatlar bilan belgilanadi. Ustavda kooperativning qatnashchilar soni, uyushmaga kirish shartlari, boshqaruv tuzilishi, badallarning miqdori va muddati, ishlab chiqarish faoliyatining umumiy qoidalari kabi kooperativ qoidalari tartibga solinadi.
Bizning fikrimizcha qishloq joylarda mayda tovar ishlab chiqaruvchilar kichik biznes shakllari sifatida kooperatsiyasini uzoq muddatli rivojlantirishda o`z ichiga quyidagi tashkiliy va iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
a) kichik biznes shakllarining qishloq kooperatsiyasini, shu jumladan mintaqaviy dasturlarning maqsadli rivojlanishini qo`llab-quvvatlash sohasida huquqiy bazani shakllantirish;
b) kichik korxonalar va qishloq xo`jaligi kooperativlari faoliyatini qo`llab-quvvatlash mexanizmlarini shakllantirish va mintaqaviy kooperatsiyani rivojlantirish nuqtai nazaridan tizimli monitoringni yaratish;
v) qishloq xo`jaligi kooperativlari ishlab chiqarish bazasini tashkil etish, modernizatsiya qilish va hududiy tartibni shakllantirishda xususiy davlat sherikchiligi tizimini rivojlantirish;
d) milliy va xalqaro miqyosda sheriklik munosabatlarini rivojlantirish maqsadida mahalliy va xorijiy investorlarning mablag`larini jalb qilish
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib quyidagi xulosa va tavsiyalarga kelindi:
Mamlakatimizda qishloq xo`jaligi kooperativlari manfaatlarini ifoda etuvchi vakolatli tashkilot sifatida O`zbekiston femer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining ustuvor vazifasiga aylantirish zarur;
Rivojlangan mamlakatlar tajribalariga ko`ra, kelgusida Qishloq xo`jaligi vazirligi soha korxonalariga ko`rsatma berish, resurslarni taqsimlash, reja belgilash kabi eski ish usullaridan mutlaqo voz kechib vazirlik servis tashkilotiga aylanishi, xususiy agrosanoat tashkilotlariga er holatini aniqlash, ekin turlari va urug`ni to`g`ri tanlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, moliyaviy ko`maklashish, mahsulot bozorini topish bo`yicha xizmat ko`rsatishni yo`lga qo`yishimiz zarur.
Qishloq xo`jaligi kooperativlarini rivojlantirishni ustuvor yo`nalish sifatida yondoshish orqali imtiyozli kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ta`minlash zarur;
Kelgusida qishloq xo`jaligi kooperativlarini rivojlanishi natijasida qishloq xo`jalik korxonalarining eng katta guruhini tashkil qiladi. Shunga ko`ra, qishloq xo`jaligi kooperativlarining roli o`z manfaatlarini himoya qilish sifatida belgilanishi kerak;
Yangi tashkil etilayotgan qishloq xo`jalik kooperativlarini dastlabki 3 yilda iqtisodiy faoliyat bilan bog`liq barcha soliqlardan ozod qilish hamda o`z faoliyati uchun chetdan import qilinayotgan jihozlar va asbob usukunalardan bojxona to`lovlarini bekor qilish orqali samarali motiv yaratish mumkin.
Qishloq xo`jaligi kooperativlari manfaatlarini huquqiy himoya qilish bilan ijobiy iqtisodiy natijalarga erishish mumkin. Natijada kooperativlar faoliyatida olinadigan iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Bir qator vazifalarni bajarishda birlashtirishning samarasi mayda tovar ishlab chiqaruvchilarning o`zlarining ishlab chiqarish muammolarini hal qilish va ularning moddiy holatini yaxshilash imkonini beradi.