O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti


Qishloq xo‘jaligida raqamli iqtisodiyot tizimi shartlari, sharoitlari



Download 1,14 Mb.
bet53/63
Sana08.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#645259
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63
Bog'liq
Монография 2222 — лотинча печатга

Qishloq xo‘jaligida raqamli iqtisodiyot tizimi shartlari, sharoitlari


Agro oziq – ovqat sektorini raqamlashtirish potensial naflarni qishloq va shahar hududlari, gender guruhlari orasida, raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lganlar va yoshlar orasida notekis taqsimlanishi xavfini keltirib chiqaradi. Shahar hududlari “Raqamli ekosistemasi» (resurs, ko‘nikmalar, tarmoq) qishloqlarga nisbatan yaxshiroq rivojlangan. Urbanizatsiya – global tendensiyasi, o‘rta va ta’minlangan aholi vakillarining shaharlarga ko‘chib ketishi – raqamlashtirish qishloq va shahar tengsizligini, gender guruhlari, raqamli ko‘nikmalarga ega va yoshlar orasida notekislik potensialini chuqurlashtirishi mumkin (UN DESA, 2018). Buning natijasida qishloq aholisi raqamlashtirish jarayonlariga qo‘shilib keta olishmaydi. FAO davlatlar va hamkorlariga shunday masalalarda yangi raqamlashtirish jamiyati ustunliklarini ommaboplashtirish uchun yordam berishga kirishgan.
Kelib chiqqan kontekstlardan, qishloq xo‘jaligida raqamli o‘zgarishlar formatini aniqlab beruvchi qator shartlar mavjud:

  • texnologiyalardan foydalanishga imkon beruvchi, minimal sharoitlar to‘plami bazis sharoitlari: bu raqamli strategiyalarni qo‘llab quvvatlashga ulanganlik, moliyaviy ommabop, kompyuter savodxonligi, AKT sohasida malakasi, shuningdek siyosiy chora va dasturlari (elektron hukukmat);

  • texnologiyalarni o‘zlshtirishga imkon beradigan omillar: internetdan, mobil telefonlardan va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, raqamli texnologiyalarda foydalanish ko‘nikmalari, agro oziq – ovqat sektorida innovatsiya va tadbirkorlik madaniyatini qo‘llab quvvatlash (iste’dodlarni rivojlantirish, xekatonlar – o‘rganishni tezlashtirish dasturlari, biznes inkubatorlar, jadallashtiruvchi dasturlar va h.k).

Oziq – ovqat sektorida raqamli o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun shu qatorda raqamli texnologiyalardan foydalanish uchun zarur bir qator bazis sharoitlar mavjud. Bu infratuzilma va ulanish mavjudligi (mobil a’loqa abonenti, tarmoqli qamrov, internetga imkoniyat va energo ta’minot), moliyaviy imkoniyat, ta’lim darajasi (savodxonlik, AKT sohasida ta’lim) va instititsional qo‘llab quvvatlash.
Raqamli texnologiyalarga yo‘l ochilishi kichik fermer xo‘jaliklariga va boshqa qishloq korxonalariga yetkazib beruvchilar bilan a’loqa, axborotlarga imkoniyat, iste’dodli ishchilarni yollash, strategik hamkorlik mehanizmlarini shakllantirish, bozorga va iste’molchilarga, yuridik, moliyaviy va ta’lim hizmatlariga yo‘l ochib berish borasida ahamiyatli ustunlik berishi mumkin.
Shu borada, qishloq hududlarini raqamlashtirishni joriy etish ba’zi bir muammolar bilan kechishi mumkin. Butun dunyoda qishloq aholisi ulushi kamayib bormoqda, ularning ishga joylashuvi va ta’lim olish sohasida imkoniyatlari chegaralangan. Tub aholi ulushi katta bo‘lgan jamoalar va uzoq qishloq jamoalari uchun xos bo‘lgan infratuzilma, shuningdek, bazis IT infratuzilma mavjud emasligi. IT infratuzilmani yaratish bilan bog‘liq xarajatlar qishloq hududlarida asosiy to‘siqlarni keltirib chiqaradi, odatda juda kambag‘al, asosan rivojlanayotgan davlatlar haqida gap ketganda yoki sust rivojlangan davlatlarda (LDK).
AKT raqamlashtirish asrida, shu qatorda mobil telefonlar va kompyuterlar, bilimlar va axborotlarga imkoniyati usullarini inqiloblashtirishdi, tadbirkorlik faoliyati va hizmatlardan foydalanishda tub o‘zgarishlarga erishildi. Shunga qaramasdan mamlakatlar ichki iqtisodiyotida va ular orasida sezilarli raqamli uzulishlar mavjud38.
Butun jahonda tarmoqli mobil telefoniya abonentlari soni oxirgi yillarda o‘sib bordi. 2013 yildan 2018 yilgacha ular soni milliardga oshdi, hozirda mobil a’loqa abonentlari soni jahon aholisini 67 % ni tashkil etadi (GSMA, 2018c; 2019). Bu o‘sishni katta qismi Afrika va Osiyo – Tinch okeani hududlariga to‘g‘ri keldi. Shunga qaramasdan, 3,8 mlrd kishi hozirgacha a’loqa tarmoqlari hizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega emaslar, ularni katta qismi qishloq va chekka hududlarda joylashgan (GSMA, 2018c).
Muammolardan biri shundaki, qishloq hududlarini tarmoq bilan qamrash hamon chegaralanganicha qolmoqda. Bugungi kunda jahonda 4g texnologiyasi keng tarqalgan bo‘lishiga qaramasdan va 90 % abonentlar 3g texnologiyalardan past bo‘lmagan tarmoqlarga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lib, rivojlanishi past davlatlarda 3g – tarmoq bilan qamrab olinishi qishloq aholisini uchdan birini tashkil etadi (GSMA, 2019a).
Iste’molchilar smartfonlar internetga ulanish uchun asosiy vosita bo‘ldi. Apparatlar va innovatsiyalar narxini tushirish, masalan, oldindan to‘lovli tarif rejalari, mobil a’loqani moliyaviy va amaliy jihatdan yanada ommaboplashtirdi, bu esa qishloq jamaolari uchun ham adolatlidir (Hahn and Kibora, 2008). Jahonda mobil telefonlardan eng kambag‘allarga kiritilgan o‘nta uy xo‘jaligidan yettisi foydalanishadi.. Ammo, ularning hamma telefonlari ham internetga chiqish imkonini ta’minlamaydi.
So‘ngi yillarda rivojlanayotgan davlatlarda smartfon egalari va keng polosali mobil texnologiyalar tarmoqqa ulanish imkoniyati foydalanuvchilari soni rivojlangan davlatlarnikiga nisbatan ancha tez o‘sishiga qaramasdan, rivojlangan davlatlarda keng polosali internet imkoniyatidan foydalanuvchi abonentlar soni rivojlanayotgan davlatlardan ikki barovar ko‘proq (1- rasm). LDK da smartfonlarni olish uchun asosiy to‘siq moliyaviy yetishmoqchilikda bo‘lib qolmoqda: keng polosali imkoniyat beruvchi bazis tarif, aholi jon boshiga YAIM ning 60% dan ko‘prog‘iga mos keladi (ITU 2017).
Raqamli texnologiyalarni qo‘llash savodxonlikni bazis darajasini, hisoblashni bilish, shuningdek, ba’zi texnik bilim va ko‘nikmalar bo‘lishini nazarda tutadi. Raqamlashtirish eng mustahkam harakatga keltiruvchi kuchga aylanayotgan jamiyatlarda, bunday ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan odamlar hayotdan chetda qolib ketish xavfida qoladi.
Buni oqibatida qishloq hududlarida ta’lim darajasi shaharlardagiga nisbatan pastroq. Ma’lumotlar uchun imkoniyati bo‘lgan 60 % davlatlar to‘liq yoki deyarli to‘liq yoshlar orasida savodsizlikni bartaraf etishganiga qaramasdan, ko‘p qishloq hududlarida savodxonlik darajasi, asosan ayollar orasida hamon past (UNESCO, 2017). Aholini o‘qishni va hisoblashni bilmasligi sezilarli darajada raqamli texnologiyalardan foydalanishga to‘sqinliq qiladi.
Bundan tashqari, kompyuter texnologiyalarini qo‘llash uchun, kompyuter savadxonligiga ega bo‘lishi lozim. Ta’lim jarayonlarida va turmush tarzida ham ilg‘or raqamli texnologiyalardan foydalanadigan va shunga mos ko‘nikmalarga ega ko‘p rivojlangan davlatlarga nisbatan AKT bilish va raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalari sohasida rivojlanayotgan mamlakatlar ortda qolmoqda. Ko‘plab rivojlanishi past va rivojlanayotgan davlatlarda boshlang‘ich va o‘rta maktablar dasturiga kompyuter bilan ishlash bazis kurslari kiritilmagan. Chunki, hukumat ham, xususiy sektor ham raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun, allaqachon bunday ko‘nikmalarga ega ishchilarni yollash mumkin bo‘lib turganda, resurs qo‘yilishiga manfaatdor emaslar.
Informatikani o‘qitishda asosiy to‘siq sifatida maktablarda raqamli vositalar, shuningdek, planshetli va qo‘l kompyuterlari yo‘qligi o‘qituvchilar tomonidan e’tirof etildi (European Commission, 2019). Bundan tashqari o‘qituvchilarda kerakli ko‘nikmalar yetishmovchiligi mavjud. Bu birinchi navbatda qishloq hududlariga tegishli. Shaharlarda maktablarda internetga va online ta’lim resurslariga imkoniyatlari mavjud. Shu bilan birga, chekka qishloqlarda maktablar internet imkoniyatlaridan foydalana olishmaydi. Bunday holat rivojlangan davlatlarda ham kuzatiladi, ammo ko‘proq bu muammo rivojlanayotgan va LDK davlatlarda turadi.
Yaqin 15 yilda 1,6 mlrd rivojlanayotgan va rivojlanishi past davlatlar aholisi mehnatga layoqatli yoshga yetadilar. Mavjud bandlikni saqlagan holda ularni mehnat qilishini ta’minlash juda qiyin bo‘ladi, asosan agro oziq – ovqat sektori haqida gap borganda (World Bank, 2017). Qishloq hududlarida ishsizlik darajasi noproportsional yuqori, uni asosan qurbonlari – bu ayollar va yoshlar bo‘lib qolmoqda.
Qishloq hududlarida agrar sektor mavjudlik uchun resusrlar manbai bo‘lgan va hozir ham bo‘lib qolmoqda. Sektorni raqamlashtirish ishchilarga va ularning ko‘nikmalariga talabni va ish xarakterini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Agro oziq – ovqat sektori ishchilari kompyuter savodxonligiga talab dolzarbligi ortib boradi, bu esa tashkilotlarni bunday o‘qish va tayyorlashni tashkil etishini taqoza etadi.




Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish