O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 1,14 Mb.
bet52/63
Sana08.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#645259
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63
Bog'liq
Монография 2222 — лотинча печатга

Belgilari:

  • yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;

  • elektron hujjat almashinuvi;

  • buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi;

  • ma’lumotlar elektron bazalari;

  • CRM (mijozlar bilan o‘zaro munosabat tizimi) mavjudligi;

  • korporativ tarmoqlar.

Qulayliklari:
1. To‘lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo‘lkira va boshqa resurslar tejaladi).
2. Tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumot olinadi.
3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta.
4. Fidbek (iste’molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi.
5. Tezroq, sifatliroq, qulayroq.
Raqamli iqtisodiyot korruptsiya va “qora iqtisodiyot»ning asosiy kushandasidir. Chunki, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma’lumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji yo‘q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo‘yadi.
Ma’lumotlar ko‘pligi va tizimliligi yolg‘on va qing‘ir ishlarga yo‘l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada “iflos pullarni» yuvish, mablag‘larni o‘g‘irlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yo yashirib ko‘rsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablag‘lar oqimini oshiradi, soliqlar o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanadi, byudjet taqsimoti ochiq bo‘ladi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar o‘g‘irlanmaydi, maktablar, kasalxonalar, yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq etib boradi va hokazo.
Davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo‘nalishlar ochib beradi. “Raqamli texnologiyalar» tomon burilishga butun jahon internet tarmog‘i va sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi bo‘ldi.
Endi bevosita, qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tamiz. Xususan, agro oziq – ovqat sektori qarshisida ko‘plab muammolar yotadi. Agar 2018 yilda dunyo aholisi soni 7,6 mlr kishi bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2050 yilga borib taxminiy baholarga ko‘ra 9,6 mlrd dan oshadi, bu esa oziq – ovqatga talabni salmoqli oshiradi (UN DESA, 2017). Ayni shu vaqtda tabiiy resurslar, shuningdek ichimlik suvi va hosildor haydaladigan yerlar esa kamayib bormoqda.
Ishlab chiqarish – bu havotir uyg‘otadigan yagona omil emas, hozirda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari butun dunyoni to‘ydirish uchun yetarli, shunga qaramasdan, 821 mln yer aholisi hamon ochlikdan aziyat chekmoqda (FAO 2018). Boshqa jarayonlar, masalan, jadallik bilan borayotgan urbanizatsiya jarayoni, ozuqa mahsulotlarini iste’mol qilish va ishlab chiqarish modellariga kuchli ta’sir etmoqda.
Qo‘yilgan vazifalarga qisman yechimni raqamli innovatsialar va texnologiyalar ta’minlashi mumkin. “To‘rtinchi oziq – ovqat inqilobi» deb ataluvchi (Industriya 4.0)33, mavjudlik effekti bilan reallikni va sun’iy intelekt, internet buyumlari, “o‘pirilgan» raqamli innovatsiyalar ta’siri ostida qator sektorlar tezkor transformatsiyasi bilan boradi.
Hozirgi globallashuv va fan-texnika taraqqiyoti sharoitida dunyoning etakchi mamlakatlari iqtisodiyoti raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, ushbu texnologiyalarni joriy etish, ulardan foydalanish darajasi bilan tavsiflanadi.
Agrar oziq – ovqat sektorida mobil texnologiyalar tarqalishi, masofaviy zondlash va ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash hizmati, hozirdanoq kichik fermerlarga moliya va ta’lim olish, bozor, ishlab chiqarish resurslari axborotlariga yo‘l ochib bermoqda. Raqamli texnologiyalar kichik fermer xo‘jaliklarini raqamli agro oziq – ovqat tizimlariga integratsiyasiga yangi imkoniyatlar ochib beradi (USAID, 2018).
O‘tmishda qishloq xo‘jaligi bir necha inqiloblarni boshdan kechirgan, ularning har biri samaradorlikni, hosildorlik va daromadlikni avval erishish mumkin bo‘lmagan darajaga olib chiqqan. Yaqin o‘n yillik uchun bozor prognozlari shunga olib kelyabdiki, “qishloq xo‘jaligida raqamli inqilob» agrar sektorga Yer aholisi kelajakdagi talablarini qondirish imkonini beradi.
Raqamlashtirish agro oziq – ovqat barcha bo‘g‘inlarini o‘zgartiradi. Tizim har qanday element resurslarini optimallash, individual yondashuv, ongli va avvaldan eytib berish mumkinlik tamoyillarida qurish mumkin bo‘ladi. Ma’lumotlarga tayanib giper ulanish hisobiga tizim real vaqtda ishlashi ta’minlanadi. Ishlab chiqarish – sotish zanjirlarida qishloq xo‘jaligi hayvonlar, madaniyatlar va yerlarini boshqarishni optimal modellarini yaratish va koordinatsiyasini, kuzatuvchanligini to‘liq ta’minlash imkoni bo‘ladi. Raqamli qishloq xo‘jaligi yuqori hosildorlik, bashorat qilish mumkin bo‘lgan va o‘zgaruvchan iqlim sharoitlari keltirib chiqaradigan o‘zgarishlarga moslashuvchanlik qobilyatli tizimlar yaratishga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida oziq – ovqat xavfsizligini, daromadliligini va mustahkamligi darajasini oshirishiga olib kelishi mumkin.
Raqamli qishloq xo‘jaligini, bozor imkoniyatlaridan foydalanish, vositalardan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish hisobiga, iqtisodiy naf keltirishni ta’minlash, ijtimoiy va madaniy naf – kommunikatsiya va ko‘proq inklyuziflikni kengaytirish hisobiga, ekologik naf – resurslardan foydalanishni optimallashtirish va iqlim o‘zgarishlariga moslashish hisobiga barqaror rivojlantirish maqsadlariga erishish mumkin.
Oziq – ovqat tarmog‘ini raqamlashtirish sabab bo‘luvchi potensial ustunliklar bir qadar ishonchli tuyulsada, ammo ularni amalga oshirish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tizimida, qishloq iqtisodiyotida, jamiyat hayotida va tabiy resurslarni boshqarishda jiddiy o‘zgarishlarni talab qiladi. Yuqoridagilarni inobatga olsak, potensial nafni to‘liq hajmda olish bir butun, tizimli yondashuvni talab qiladi.
Ko‘plab davlatlarda raqamlashtirishni asosiy harakatga keltiruvchi kuchi bu hukumat siyosiy choralari va mehanizmlari bo‘ldi. Ular raqamli bozor va elektron hizmatlar rivojlanishi uchun qulay muhit yaratib bermoqda. Bundan tashqari, shunday tendensiya ham mavjudki, uni doirasida hukumat mustaqil ravishda elektron hizmatlarni (elektron hukumat) ko‘rsatish mehanizmlarini tarqatmoqda, bu asosan sog‘liqni saqlash, ta’lim, atrof muhitni himoya qilish va bandlikni ta’minlash sohalarida ko‘proq nomoyon bo‘ladi.
Shu bilan birga, biroq, elektron hukumat dasturini ishlab chiqish va uni boshqarish yuqori darajadagi ma’muriy potensialni talab etadi, shu sababdan qator davlatlar bu borada ancha chegaralangan yutuqlarga erishishdi (Fakhoury, 2018). Odatda rivojlanayotgan davlatlar boshqa davlatlarga, jarayonlarni boshqarish uchun lozim bo‘lgan potensial jihatdan o‘rin berishadi.
Bundan tashqari, katta yutuqlar faqat ba’zi sektorlarda erishiladi, ko‘p davlatlarda qishloq hududlarida bandlikni katta ulushini ta’minlab beruvchi agrar sektor ortda qoladi.
Hukumat siyosatchilarining raqamlashtirish sohasida chop etilgan tadqiqotlar soni ko‘p emas, lekin ular haqida axborotni bilvosita yo‘llardan olish mumkin: masalan, hukumat tomonidan elektron hizmatlar taqdim etilishi ko‘lamini, axborotlarga ulanuvchanlik va qayta ishlash sohasida qanday siyosatni qo‘llayoganini bilish mumkin.
O‘zbekistonda keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Mamlakatimizda milliy axborot tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari hamda telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, elektron xukumatini shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Elektron xukumatni shakllantirishning xuquqiy asoslarini mustaxkamlash maqsadida «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi, «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron xujjat aylanishi to‘g‘risida»gi, «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida‖gi, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi, «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi va “Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi.
Xususan, “Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonunning asosiy maqsadi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholi va tadbirkorlar manfaatlarini ko‘zlash, ularga keng qulayliklar yaratish, ularning vaqtlarini tejash, bexuda ovoragarchiliklar va ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat. Qonun elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan, idoralararo elektron xamkorlik doirasida davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi34.
O‘tgan 10 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasining axborot kommunikatsiya texnologiyalarining bozori keng miqyosda butun mamlakat bo‘ylab telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish orqali o‘zgardi. Jumladan, Respublikamizning barcha viloyat markazlarida raqamli shaharlararo stansiyalar o‘rnatildi, shaharlararo va viloyat ichidagi aloqa liniyalarida optik tolali kabellar hamda raqamli radio liniyalari o‘rnatildi, televidenie va radio uzatish moslamalari modernizatsiya qilindi va o‘rnatildi, CDMA simsiz radioaloqa tizimi joriy etildi.
Shu bilan birga, sohadagi ishlar haqiqiy ahvolining tahlili markazlashgan ma’lumotlar tizimiga integratsiyani ta’minlaydigan yagona axborot-texnologik platformaning mavjud emasligi natijasida joriy etilayotgan dasturiy hujjatlar tarqoq ekanini ko‘rsatmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani qo‘llash maqsadida O‘bekiston Respublikasi Prezidentinig “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli Farmoni, 2018 yil 21 noyabrda “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni hamda «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son qarori qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni davlat siyosati sifatida ilgari surdi va 2020-yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb e’lon qilganligi ham masalaning nechog‘lik dolzarbligidan dalolat beradi. Murojaatnomada beligilab berilgan vazifalar qatorida ushbu yilda Nukus, Buxoro, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida IT-parklar tashkil etildi. Shuningdek, qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, ta’lim arxiv sohalarini to‘liq raqamlashtirish ishlari boshlanadi. Yaqin ikki yilda barcha qishloq va mahallalar tezkor internet bilan ta’minlash tadbirlari belgilandi35.
“Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, shu jumladan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Strategiya O‘zbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari hamda o‘rta va uzoq muddatli istiqbolli vazifalarini belgilaydi, shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi36.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan «Aqlli qishloq xo‘jaligi» texnologiyalarini rivojlantirish Strategisi tasdiqlandi. Mazkur strategiyaga muvofiq quyidagilar ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilab olindi37:
qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanishda raqamli va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish;
zamonaviy kompyuter texnologiyalarini tatbiq etish orqali suv resurslarini boshqarish va undan foydalanish;
intensiv bog‘larni tashkil etish va bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirishda avtomatlashtirilgan boshqarish texnologiyalarini joriy etish;
issiqxona xo‘jaliklarida avtomatlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan intellektual texnologiyalarni joriy etish;
chorvachilik va parrandachilik sohasiga avtomatlashtirilgan texnologiyalarni tatbiq etish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan logistika va savdo markazlarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlari uchun «Aqlli qishloq xo‘jaligi» texnologiyalari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirib borish;
«Aqlli qishloq xo‘jaligi» texnologiyalarini joriy etishning normativ-huquqiy bazasini shakllantirish.
Shunigdek, aqilli dehqonchilik, aqilli dala, aqilli bog‘, aqilli issiqxona, aqilli chorvachilik tushunchalari kirib keldi.



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish