MINTAQALARNING TASHQI IQTISODIY ALOQALARI VA EKSPORTNI KO`PAYTIRISH YO`LLARI
Tashqi iqtisodiy aloqalarning mohiyati va uning nazariy jihatlari
Bugungi kunda O`zbekiston jahon hamjamiyatida o`zining mustaqil ovoziga ega bo`lgan davlat darajasiga ko`tarildi va nufuzli xalqaro tashkilotlarga a`zo bo`ldi. Dunyodagi sanoati rivojlangan etakchi mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar o`rnatmoqda. Ikki va ko`p tomonlama manfaatli aloqalar tobora rivojlanib bormoqda.
Shunday sharoitda mamlakatning tashqi iqtisodiy imkoniyatida tabiiy resurslarning mavjudligi, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyatlarning barpo etilishi, infratuzilma, ijtimoiy soha, mahsulot va xizmatlarning mamlakat tashqarisiga eksport qilinishi yoki chet el fuqarolariga, korxona va tashkilotlariga, shu jumladan respublikadagi xorijiy korxonalar va qo`shma korxonalarga sotilishi bilan aniqlanadi.
Mamlakat tashqi iqtisodiy potentsialini aniqlovchi eng muhim iqtisodiy ko`rsatkichlar YaIM ishlab chiqarish hajmi, shu jumladan aholi jon boshiga, YaIMda tovar va xizmatlar eksportining ulushi hamda tovarlar umumiy eksporti hajmida sanoat tovarlari ulushi hisoblanadi.
Ma`lumki, yurtimizda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatdagi integratsiya jarayonlarini va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalariga ham alohida e`tibor qaratilgan.
Harakatlar strategiyasi dasturi doirasida tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo`yicha ishlab chiqilgan kontseptsiya O`zbekiston iqtisodiyotini, chunonchi, vertikal integratsiyani tashkil etish va rivojlantirish borasida dasturilamal hujjat vazifasini o`taydi. Kontseptsiyada integratsiyaning yangi modeli taklif etilgan. U iqtisodiy adabiyotlarda «savdo» yoki «kon`yunktura» deb nomlanadi.
Yangi kontseptsiyaning asosiy maqsadi tashqi iqtisodiy siyosatda markaziy o`rin egallash uchun o`zbek eksportini yangi bosqichga ko`tarishdan, ya`ni xalqaro ishlab chiqarishning progressiv shakllarini va ilmiy-texnik kooperatsiyani rivojlantirish uchun investitsion hamkorlik hamda innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan iboratdir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murajaatnomasida iqtisodiyotimizni jahon bozoriga integratsiya qilish va eksportni qo`llab-quvvatlash ustuvor vazifadir. Kelgusi yili eksport hajmini 30 foizga oshirib, 18 milliard dollarga etkazishni maqsad qilib qo`ymoqdamiz. Biz eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotga o`tishimiz, ichki bozorda raqobat muhitini shakllantirishimiz zarurligini aniq vazifa qilib qo`ydi.13
Biroq mamlakatimizda eksport qilish mumkin bo`lgan potentsialidan lozim darajada foydalanilmayapti. Xususan, eksportga ko`maklashish uni qo`llab-quvvatlash borasida qator me`yoriy huquqiy xujjatlar qabul qilingan bo`lsada, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, eksportga mahsulot etkazib berishni ko`paytirishni rag`batlantirish, mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarning raqobatdoshligini va moliyaviy barqarorligini oshirish, ortiqcha va eskirgan ruxsat berish tartibotlarini bekor qilish orqali ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish masalalari to`laligicha o`z echimini topganicha yo`q.
Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib borilayotgan monitoring tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real o`sish sur`atlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sur`atlariga muvofiq emasligini ko`rsatmoqda.
Birinchi navbatda raqobatbardosh afzalliklarga ega bo`lgan tarmoqlarda bir qator tizimli muammolar va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi eksport hajmlarining salmoqli o`sishini ta`minlashga to`sqinlik qilmoqda. Jumladan:
Do'stlaringiz bilan baham: |