5-jadval O`zbekistonda raqobat afzalligiga ega bo`lgan sanoat tarmoqlari
Guruhlar
|
Iqtisodiyot sektorlari
|
Iqtisodiyot tarmoqlari
|
Raqobat afzalliklari
|
Kuchli raqobat mavqeyiga ega bo`lgan tarmoqlar
|
Xom-ashyo va qazib chiqarish
|
Rangli metallurgiya, paxtani qayta ishlash, neft-gaz, og`ir sanoat
|
Yqori raqobatbardoshlik afzalliklariga ega
|
Nisbiy raqobatbardoshlik mavqeyiga eqa bo` lgan
|
Istemol tovarlari ishlab chiqarish
|
Mashinasozlik, avtomobilsozlik, engil, kimyo, oziqovqat
|
Nisbiy past raqobatbardoshlik afzalliklarga ega
|
Potensiyal raqobatbardoshlik mavqeiyga ega tarmoqlar
|
Yqori qo`shilgan qiymatga ega tayor mahsulotlar ishlab chiqarish
|
Mikroelektronika-axborot kompleksi, farmaseptika, mikrobiyologiya
|
Potensiyal rivojlangan raqobatbardoshlik afzalliklariga ega
|
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan qabul qilingan ―O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risidagi Farmonining 3.2-bandi «Tarkibiy o`zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish» deb nomlanib, unda ―iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko`rsatish bozorlarida monopoliyani bosqichma bosqich kamaytirish; printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiyalar turlarini chiqarishni o`zlashtirish, bunga asosan ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta`minlash vazifalari belgilab berilgan. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosida albatta tarkibiy o`zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalasi turadi.
Zamonaviy O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar qo`lga kiritilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarning bosh omili bo`lib qolmoqda. Pirovardida, iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlar natijasida yurtimiz kun sayin ravnaq topib, mamlakatimizning nafaqat shaharlarida, balki qishloqlarida ham sanoat jadal rivojlanib bormoqda, zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish korxonalari barpo etilayapti.
Milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligi oshib borayotganligining isboti tariqasida mamlakatimizda o`tgan 2019 yilning birinchi yarimi yakunlari bo`yicha yalpi ichki mahsulot 5,8 foizga o`sganligi, sanoat mahsuloti hajmlari – 6,9 foizga, qurilish-pudrat ishlari – 20,0 foizga, chakana savdo aylanmasi – 6,4 foizga, xizmatlar – 12,7 foizga, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 58,9 foizga o`sganligi, yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat ulushi 26 foizdan 30 foizga etdi, 2019 yilning yanvar-iyul oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 24,5 mlrd AQSh dollarni tashkil etib, 6,8 mlrd dollarga yoki o`tgan yilning mos davriga nisbatan 38,6 %ga oshganligi uning ijobiy saldosi ta`minlanganligini sanab o`tishimiz mumkin.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni yaratish, amalda faoliyat yuritayotgan texnika va texnologiyalarni yangilash, ularni qo`llab-quvvatlash investitsion jarayonlarni nechog`li to`g`ri va samarali amalga oshirishga bog`liqdir. Shu boisdan ham, O`zbekiston Respublikasi davlat rahbari tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Buning uchun markazlashgan, markazlashmagan jamg`armalar mablag`lari, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o`zlashtirishga hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga urg`u berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |