4.
Italiyaning kichik bir qabilasi lotinlar Latsiya viloyatida yashar edi. Mil.avv. VIII
asrda eng qadimgi shaharlari Lavrent, Lanuviy va Laviniy bo‗lgan 30 shahar Al‘ba-
Longa shahri boshchiligida Lotin federatsiyasini tashkil qildi. Rivoyatlar ga ko‗ra,
Al‘ba-Longaning asoschisi Askaniy-Yul Troya qahramoni Eneyning o‗g‗li edi.
5.
Rim shahri Italiyaning markazida Tibr daryosining o‗rta oqimida joylashgan.
Afsonaga ko‗ra Gomer Troyasining oxir- gi qahramonlari lotin qabilasining ajdodi
bo‗lgan Eney bosh- chiligida Italiyaga kelib qoladilar. Afsonaga ko‗ra, lotin qabilasi
yo‗lboshchilaridan biri ma‘buda Vesta ibodatxonasida kohina bo‗ladi. Xudoning irodasi
bilan kohina homilador bo‗lib, ikki egizakni dunyoga keltiradi. Ularni gunohdan
bo‗lgan bolalar deb, cho‗ktirishga buyuradilar. Qul bolalarni savatga solib, daryoga olib
borib, daryoning oqimi bo‗yicha oqizib yuboradi. Savat qirg‗oqqa kelib to‗xtaydi.
Chaqaloqlarni bo‗ri o‗z suti bilan boqadi. Keyin esa cho‗pon topib oladi va ularni
Romul va Rem deb ataydi. Egizaklar katta bo‗lgach, o‗zlarini o‗limga mahkum qilgan
74
yo‗lboshchidan o‗ch oladilar. Keyin bir guruh yoshlar bilan yangi jamoa barpo qilishga
qaror qiladilar. Romul Palatin tepaligining kimsasiz balandligini tanlaydi. Lekin bu joy
ukasi- ga yoqmay janjallashib qoladilar, Romul ukasini o‗ldirib qo‗ya- di. Romul
mil.avv. 753-yil 21-aprelda bo‗lajak shahar bo‗ladi- gan joyning chegarasini so‗qa
tortib belgilaydi. Shu tarzda Rim shahriga asos solinadi.
Romul Rimningyetti podshosidan birinchisi (mil.avv. 753-715- yillar) bo‗ladi. Rimning ilk
aholisini sabin-umbr qabilalari tashkil etgan. Romul Rim aholisini 30 kuriyaga bo‗ldi. U 300
kishilik podsho gvardiyasini tuzib, Veya shahrini bosib oldi. Romuldan so‗ng Numa Pompiliy
(mil.avv. 715-673-yillar), Tull Gostiliy (mil.avv. 673-641-yillar), Ank Marsiy (mil.avv. 641-
616-yil- lar), Lutsiy Tarkviniy Qadimgi (mil.avv. 616-578-yillar), Serviy Tulliy (mil.avv. 578-
534-yillar) va Lutsiy Tarkviniy Mag‗rur (mil.avv. 534-509-yillar) hukmronlik qildilar.
Bulardan kelib chiqishi etrusk bo‗lgan oxirgi uch podshoni tarixiy deb aytish mumkin.
Dastlab Rim aholisi 3 urug‗-qabila (Titsiy, Ramn va Lutsern) tribi, 30 kuriya va 300 urug‗,
3000 familiya (oila)ga bo‗lingan. Triblar etnik farqlanmagan qabilalar birlashmasi bo‗li shi
mumkin. Kuriya-erkak jangchilarning diniy, harbiy va shakllanayot- gan siyosiy tashkilotning
asosi bo‗lgan ibtidoiy birlashmasi, gent - podsholik davrida yemirilayotgan urug‗ jamoasi,
familiya
-
katta patriarxal oila edi.
Lotinlarning bir necha o‗nlab mustahkamlangan markazlari ittifoqqa birlashtirilgan bo‗lib,
uning boshida Al‘ba-Lon- ga shahri turar edi. Har yili lotin jamoalari vakillari hamma uchun
umumiy bo‗lgan lotin bayramlarini nishonlash uchun Alban tog‗i tepaligida to‗planar edilar.
Barcha lotinlar uchun umumiy xudo ma‘buda Diana edi. Palatinda yashagan odam lar
mayitlarni dafn qilmasdan gulxanda yoqar edilar. Bu odat Al‘ba-Longadagi dafn marosimiga
o‗xshar edi. Bu Rimning ilk aholisining kelib chiqishi Al‘ba shahridan ekanligini tasdiqlay- di.
Bir necha o‗n yildan so‗ng ular qo‗shni tepaliklar - Seliy va Eskvilinni egalladilar. Mil.avv.
VII - VI asrlarda 285 gektar yerni egallagan Palatin, Seliy, Eskvilin tepaliklaridan tashqari
boshqa Kvirinal va Viminal tepaliklari ham qo‗shib olindi. Bu tepaliklar va Palatin o‗rtasidagi
bo‗shliq shahar markaziga aylandi. Shu yerda uzoq yuz yilliklar davomida Rim davlat hayoti
to‗plangan bosh maydon - Forum Romanum paydo bo‗ldi.
«To‗rt kvartalli» shaharning paydo bo‗lishida etrusklarning roli katta edi. Ular shaharga
Roma (Rim) nomini bergan bo‗lish- lari mumkin. So‗nggi Rim tarixchilarining aytishicha,
Rimning eng birinchi podsholaridan biri Serviy Tulliyning kelib chiqishi etrusklardan bo‗lib,
Serviy Tulliy davrida shahar yanada ken- gaydi. Kapitoliy va Aventin tepaliklari qo‗shib
olinib, mustahkam devorlar bilan o‗rab olingan. Endilikda Rim eng qudratli
lotin shahriga aylandi va tezda Latsiy viloyatida Al‘ba Longadan yetakchilikni tortib oldi.
Ilk Rim jamiyatining asosi urug‗(gent) edi. Urug‗ a‘zolari umumiy mulkka ega bo‗lib, diniy
marosimlarni birgalikda ba- jarar edilar. Bu qadimgi urug‗ jamoa tuzilmasining izlari Rim
ismlarida ko‗rinadi. Rim ismlari uch qismdan iborat bo‗lgan: birinchi qism - shaxsiy ism,
ikkinchi qism - urug‗ning nomi va uchinchi qism - urug‗ shoxchasi yoki shu odamga tegish- li
laqab. Misol uchun, Gay (shaxsiy nom), Yuliy (urug‗ nomi), Sezar (urug‗ shoxchasiga tegishli
laqab). Bu keyinchalik merosiy bo‗lib o‗tgan. Vaqt o‗tishi bilan urug‗chilik aloqalari
zaiflashib, oilaviy aloqalar kuchaydi. Bu aloqalar nafaqat oila a‘zolarini, balki xonaki qullarni
ham qamrab oldi.
Patriarxal oila tepasida barcha oila a‘zolarining hayoti va o‗limi ustidan cheklanmagan
hokimiyatga ega bo‗lgan «pater fa- milius» (oila otasi) turar edi. Rim oilasi ajdodlarning
an‘ana va urf-odatlarini saqlovchisi edi. Oila juda mustahkam edi. Far- zand ko‗rmaslik ham
oilani buza olmagan. Farzandsiz oila qa- rindoshlarining bolalarini asrandi o‗g‗il-qiz qilib
olganlar. Rimda er-xotinning ajralishi oson bo‗lsa-da, er-xotinlar ajralmaganlar. Er oila
boshlig‗i, xo‗jayini edi. Oila a‘zolari biror-bir ayb qilib qo‗ysa, ota oila sudini amalga oshirar,
hatto o‗g‗lini qatl qilishi yoki sotib yuborishi mumkin edi. Ayollar oilada izzat-hurmatda
bo‗lib, ular erlarining yordamchilari edi. Erga chiqqan rimlik ayol matrona deb atalgan.
75
Matronalar erlari bilan mehmon- ga borar, uydagi ziyofatlarda ishtirok etar edilar. Farzandlari
ham ularni hurmat qilganlar. Oilada bir xizmatkor bo‗lsa, ona uy ishlari bilan
shug‗ullanmagan. Uning faxrli ishi ip yigirish bo‗lgan. Zodagon matronalarga yuqori darajada
hurmat ko‗rsa- tilgan. Erkaklar ularga yo‗l berganlar. Matronalarning dafn ma- rosimlari ham
hashamatli bo‗lgan. Ular erlari ustidan hukm surishni yaxshi ko‗rib, oila or-nomusini
saqlashni o‗z burchlari deb bilganlar. Ular erlariga buyruq va maslahat berishni xush
ko‗rganlar. (Mil.avv. I asrda Yuliy Sezarga qarshi fitnada ayol- lar erlari bilan birga
qatnashganlari tarixda ma‘lum). Farzand o‗g‗il-qizlar ham ota-onaning so‗zini ikki qilmas,
oila g‗ururini saqlashga bir umr harakat qilganlar.
Podsholik davrida qullar hali ham kam sonli bolgan. O‗sha vaqtda Rimning tola huquqli
fuqarolari «Populus Romanus» (Rim xalqi) shahardagi uch etnik unsur - lotin, sabin va
etrusklarni aks ettirgan uch trib (qabila)ga bolingan.
O‗n kuriya bir trib (qabila)ni tashkil qilgan. Har bir trib o‗n kuriyani, har bir kuriya esa o‗n
urug‗ni o‗z ichiga olgan edi. Shunday qilib, Rim tarixchilarining ma‘lumotiga ko‗ra, Rimning
erkin aholisi dastlab 300 urug‗dan iborat bo‗lgan. Podshoning chaqirig‗iga ko‗ra, ular kurial
yig‗inlari - komisiyalariga to‗planar edilar. Saylov kuriyalar bo‗yicha o‗tkazilgan. Kuriya
yig‗inlarida urushlar, tinchlik, diniy e‘tiqodga oid qarorlar qabul qilingan.
Boshqa lotin shaharlari kabi Rimda ham jamoalar tepasi- da kuriya komisiyalarida (xalq
yig‗ini) saylanadigan podsho tu- rar edi. Podsho oldida uning hokimiyati ramzi bo‗lgan, bolta
ko‗targan 12 liktorlar borgan. Davlatni podsho bilan dastlab 100, keyinchalik 300 a‘zodan
iborat bo‗lgan oqsoqollar kengashi - senat (senatus - senex so‗zidan keksa) boshqargan. Senat
komisiyalar qabul qilgan barcha qarorlarni tasdiqlagan. Podsho vafot etgan taqdirda, senat
yangi podsho saylaguncha o‗z ichidan har besh kunda bir kishini vaqtinchalik podsho («in -
terreks»)ni tayinlagan. Bu odat keyingi vaqtlarda ham saqlanib qoldi. Rimda oliy mansabdor
shaxs - konsul vafot etganda ham bu odat qo‗llanilgan.
Podsho oliy harbiy boshliq, kohin va sudya bo‗lib, zaruri- yat bo‗lganda bir qancha
yordamchilar - kvestorlarga tayan- gan. Kvestorlar odam o‗ldirish ishlari bo‗yicha sudni
amalga oshirganlar. Podsho mutlaq hukmdor bo‗lmasa-da, etrusklar davrida uning hokimiyati
juda kuchli bo‗lib, Rim oilasi («pater familius») hokimiyatini eslatar edi. U umrbod saylab
qo‗yil- gan. Podsho qonunlarni qo‗llash huquqiga ega bo‗lib, lekin uni o‗zgartira olmas edi.
Romul davridan Rim podshosi (rex) shaharning sudyasi, bosh kohini va lashkarboshisi
bo‗lgan. Rim etrusk davlat hokimiyati ramz va belgilarini o‗zlashtirib oldi. Rim podshosi oltin
toj, tilla iplar bilan tikilgan qizil rangli hashamatli kiyim, baland poshnali qizil etik kiyib,
qo‗lida burgut tasvirli podsholik asosi- ni ushlagan. Podshoga qo‗llarida qamchi va bolta
ushlagan tan soqchilar hamrohlik qilar edilar. Ular podshoning buyrug‗i bilan aybdor fuqaroni
o‗lim jazosiga tortish yoki tan jazosi berishga doimo tayyor turganlar. Podsho fil suyagidan
yasalgan taxtda o‗tirib, sud ishini amalga oshirgan. Podsho hokimiyati imperiya (oliy) deb
atalar edi. Podsho o‗z vorisini tayinlash huquqidan mahrum edi. Yangi podshoni xalq
saylagan.
Urug‗ tashkilotlari a‘zolari Rim xalqi (Romanus populus)ni tashkil qildi. Boshda ko‗chib
kelganlar hisobidan to‗ldiriladigan
Rim fuqarolik jamoasi kuriyalar (Rimda o‗n urug‗ bir kuriyaga birlashtirilgan) bo‗yicha
taqsimlangan edi. Ank Martsiy davrida jamoa yer (ager publicus) zaxiralari tugadi. Chetdan
ko‗chib keladiganlar endilikda jamoaga qabul qilinmadi va Rimda yopiq jamoa hosil bo‗ldi.
Natijada qadimgi Rimning ikki sinfiy toi- falari - patritsiylar va plebeylar shakllandi. Imtiyozli
patritsi- ylar (patricius - «zodagon otaning o‗g‗li») jamoa yer jamg‗arma- sidan foydalanish,
kuriya komisiyalarida (comitca - lotin tilida yig‗ilish) ishtirok etish huquqiga ega edilar. Ko‗p
sonli plebey- lar (plebs - lotin tilida omma) esa, o‗z urug‗larini saqlab qolib, Rim urug‗chilik
tashkilotidan tashqarida bo‗lib, hech qanday huquqlarga ega emas edi. Shu sababli, patritsiy
va plebeylar o‗rtasidagi qarama-qarshiliklar yuz yillab davom etdi.
76
Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida bir qism plebey boyib ketdi. Kambag‗allashib qolgan
plebeylar, xonavayron bo‗lgan fuqarolar hamda ozod qo‗yilgan qullar qudratli patritsiylar
homiyligi (patron)ga o‗tib, ularga kliyent (clients - «qaram kishilar») bo‗ldilar. Kliyent o‗z
patroni - urug‗ining a‘zosi bo‗lib, unga bo‗ysunar edi. So‗nggi Rim podsholari o‗z shax siy
hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib bordilar. Ular patritsiylarga qarshi
kurashda plebeylardan siyosiy qurol sifatida foydalandilar. Podsho Serviy Tulliyning
islohotlari Rim jamiyatini urug‗ jamoasidan davlatga o‗tishi- da muhim o‗rin tutdi. U harbiy
islohot va unga bog‗liq senz (mulk) islohotlarini o‗tkazdi.
Bu o‗zgarishlar natijasida kuriyalar bo‗yicha yig‗inlarni ikkinchi darajali qilib qo‗ygan
senturiy komisiyalari yetakchi o‗ringa chiqib oldi. Podsholik davri so‗nggida mulkchilikning
antik shakli bilan Rim polisi yoki civitas - fuqarolik jamoasi- ni shakllanishi tugadi. Serviy
Tulliy o‗tkazgan siyosiy islohotlar bu qarama-qarshiliklarni ma‘lum darajada yumshatdi.
Serviy Tulliy islohoti urug‗chilik tuzumi asoslarini yemirdi.
Podsho Serviy Tulliy (mil.avv. 578-534-yillar) Rimning barcha erkak aholisini (patritsiy va
plebeylarni) olti mulkiy toifa- ga bo‗ldi: 100 000 mis assga teng mulkka ega bo‗lgan I toifa;
75 000 assga teng mulkka ega bo‗lgan II toifa; 50 000 assga teng mulkka ega bo‗lgan III toifa;
25 000 assga teng mulkka ega bo‗lgan IV toifa; 11 500 ass qiymatli mulkka ega bo‗lgan V
toifa, VI toifa butun boyligi faqat bolalari bo‗lgan barcha kam- bag‗allar proletariy (latincha
proles - «avlod»)larni tashkil etdi.
Har bir toifa Rim qo‗shini tarkibiga belgilangan miqdorda senturiy (yuzlik qo‗shin) berishi
shart edi: I toifa - og‗ir qurol- langan piyodalar 80 senturiy, suvoriylar 18 senturiy, jami 98
senturiy; II toifa - 22 senturiy; III toifa - 20 senturiy; IV toifa
-
22 senturiy; V toifa - 30 senturiy yengil qurollangan piyo- dalarni; VI toifa - 1 senturiy,
jami olti toifa 193 senturiy (yuzlik) berishi shart edi.
Xaql yig‗inida har bir senturiy bir ovozga ega edi. Ko‗pchilik senturiy ovozi bilan qaror
qabul qilingan. Senz fuqarolarning huquq va burchlari uyg‗unligini ta‘minlashi lozim edi.
Rimlik fuqaro qanchalik darajada boy va zodagon bo‗lsa, shuncha darajada umum foydasiga
mablag‗ sarflashga majbur edi. Serviy Tulliy xalq yig‗inining yangi ko‗rinishi senturiy
komisiyalarini joriy qildi. Ularda patritsiylar bilan plebeylar ham qatnashdi - lar. Senturiylarda
odamlarning soni bir necha o‗ndan (1 toifa) bir necha yuzgacha (proletar senturiylari)
tebransa-da, har bir senturiy ovoz berishda faqat bir ovozga ega edi. I mulk senzi toifasi 193
ovozdan 98 ovozga egalik qilar edi. Shundan xulosa qilgan holda, senturiy komisiyalarida hal
qiluvchi ovozga mulk- dor fuqarolar egalik qildilar.
Mulkiy senzdan tashqari, yosh senzi ham belgilandi: yoshlarning senturiylari (17 yoshdan
46 yoshgacha) harbiy dala xizmatini o‗tadilar, keksalarning senturiylari (46 yoshdan katta)
garnizonlarda xizmat qilar edilar. Rim qo‗shini podsho qo‗mondonligi ostidagi 4 legiondan
tashkil topgan edi. Serviy Tulliy yana ma‘muriy-hududiy islohot o‗tkazdi. Rim davlati hududi
21 okrugga (mil.avv. 241-yildan ularning soni 35 taga yetdi) bo‗lindi. Bu okruglar trib deb
(ulardan 4 tasi shahar, qol- gan 17 tasi qishloq tribi) ataldi.
Senturiy komisiyalari ixtiyoriga kuriya komisiyalarining muhim vakolatlari - qonunlarni
qabul qilish, mansabdor shaxslarni saylash, urush e‘lon qilish va tinchlik bitimi tuzish kabilari
o‗tdi. Serviy Tulliy islohoti demokratik ruhda bo‗lib, u zodagon bo‗lmagan, qobiliyatli oddiy
fuqaroga o‗zini mehnati va samarali faoliyati bilan yanada yuqoriroq mulk senziga o‗tish
imkoniyatini berar edi. Bu islohot oqsuyak urug‗ zoda- gonlarining ta‘sirini zaiflashtirdi.
Serviy Tulliy ibtidoiy jamoa munosabatlarini zaiflashtirdi. Rim shahrini lotin shaharlari
ittifoqidagi mavqeyini mustahkamladi, patritsiy va Plebeylar- ni bir-biriga yaqinlashtirdi.
Islohot davlat hokimiyatining ilk
asoslarini mustahkamladi. Serviy Tulluyning islohotlarini oddiy aholi qo‗llab-quvvatladi.
Lekin bu islohot senator «ota- lar»ning qahr-g‗azabiga sabab bo‗ldi. Ular fitna uyushtirib,
islohotchi podshoni o‗ldirdilar. Uning kuyovi va davomchisi Tarkviniy Mag‗rur islohotchi
77
podsho Serviy Tulliyning siyo- satini davom ettirdi. U hunarmandchilik, savdo va qurilishni
rivojlantirishga harakat qildi. Senatni past mavqedagi urug‗ vakillari bilan to‗ldirdi. Amaldagi
hokimiyat eski patritsiy urug‗lari qo‗lida saqlanib qoldi. Chunki ular yerning eng ko‗p
miqdoriga ega bo‗lib, birinchi tabaqani tashkil etib, senturiy komisiyalarida ko‗pchilik (98)ni
tashkil qildi.
Qadimgi Rim jamiyati dehqonlar va cho‗ponlar jamiyati edi. Rimliklar etrusklardan yerga
ishlov berishning samarali usullari va uzumchilikni o‗zlashtirib oldilar. Etrusklarning
tajribasidan foydalanib, rimliklar forum atrofida eng katta yer osti kanalini qurdilar. Ular yana
etrusklardan marka- ziy zalga ega, tomida tuynugi bo‗lgan uyning maxsus shakli atriyni
o‗zlashtirib oldilar. Etrusklarning Rimda hukmronligi davrida mahalliy hunarmandchilik va
savdo aloqalari rivojlandi. Savdoning rivojlanishi uchun shaharning geografik jihatdan qulay
joylashganligi, serqatnov suv yo‗li bilan Tibr daryosining o‗rta oqimida joylashganligi muhim
ahamiyat kasb etdi. Bir necha asrlar davomida rimliklar savdo aloqa - larini pul o‗rnida hayvon
(pekus)ni ayirboshlash yordamida amalga oshirdilar. Qadimda asosan ho‗kiz, qo‗y va mis
metali ayirboshlashning asosiy mahsulotlari edi. Dastlab Rim savdo aloqalarini Janubiy
Italiyadagi yunon shaharlari bilan olib bordi. Podsholik davrining oxirida esa, Attika v a
Karfagen bilan savdo aloqalarini o‗rnatdi. Eng birinchi savdo shart- nomasi Karfagen bilan
tuzildi. Savdo va hunarmandchilik bilan birinchi navbatda, plebeylar shug‗ullandilar. Bu soha
bo‗yicha Rimdagi Kapitoliy va Palatin o‗rtasida etrusk kvar- tali «Vikus tuskuss» muhim rol
o‗ynadi.
Dastlabki Rim dini animistik ko‗rinishda bo‗lib, unda to- temizmning bir qancha qoldiqlari
saqlanib qolgan edi. Bunga misol qilib, Rim shahrining asoschilari Romul va Remni em - izgan
ona bo‗ri afsonasini aytish mumkin. Podsholik davrida Rim yovuzlik va ezgulik ruhlari bilan
to‗la edi. Ularni sehr- garlik, qurbonlik va duo-afsunlar o‗qish bilan yumshatish mumkin edi.
Rimliklar asosan qishloq xojaligi bilan shug‗ul-
langanliklari uchun, tabiat hodisalari va dehqon hamda cho‗ponning barcha ishlariga homiylik
qiladigan ko‗pgina xudolarga sig‗inar edilar.
Vervaktor, Vedator va Obarator deb atalgan uch xudo qo‗riq yerni haydashda odamlarga
yordam ko‗rsatgan. Yerlarni o‗g‗it- lashda xudo Saterkuliniyga qurbonlik keltirilgan. Ekin
ekish- da Saturin va Semonga, ilk maysalar chiqqanda ma‘buda Siga, g‗alla unib chiqqanda
ma‘buda Segitiyaga murojaat qilar edilar. Begona o‗tlardan ekinlarni Runsinator, g‗allani
chirishidan esa Robig himoya qilgan. Boshoqning yetilishi xudo Laturnaning, gull ashi
ma‘buda Floraning vazifasi, o‗rimni xudo Messis bosh- qargan. Uy-joyni Lara va Penat,
eshiklarni Yanus, uy o‗chog‗ini ma‘buda Vesta himoya qilgan. Har bir oila o‗zining homiy xu -
dosiga ega edi.
Rim e‘tiqodi, eng avvalo, barcha diniy urf-odatlarga qat‘iy ri- oya qilish edi. Shu sababli,
ko‗p sonli kohinlar mavjud bo‗lib, ular barcha xudolarning nomlari va vazifalarini yaxshi bilar
edilar. Kohinlar duolarning rasmiy tasdiqlangan to‗plamlarini tuzar edilar. Ular kalendarni
ham joriy qildilar. Qaysi kunda qaysi diniy marosimlarni bajarishni, baxtli va baxtsiz kunni
aniqlaydigan kohinlar avgurlar deb atalgan. Avgurlarning max sus kollegiyasi mavjud bo‗lgan.
Kohin-folbin garuspiklar qurbonlik hayvonlarining ichki a‘zolariga qarab fol ochardilar. Ko -
hinlar Rimda saylab qo‗yiladigan mansabdor shaxslar bo‗lib, lekin alohida toifa emas edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |