77
podsho Serviy Tulliyning siyo- satini davom ettirdi. U hunarmandchilik, savdo va qurilishni
rivojlantirishga harakat qildi. Senatni past mavqedagi urug‗ vakillari bilan to‗ldirdi. Amaldagi
hokimiyat eski patritsiy urug‗lari qo‗lida saqlanib qoldi. Chunki ular yerning eng ko‗p
miqdoriga ega bo‗lib, birinchi tabaqani tashkil etib, senturiy komisiyalarida ko‗pchilik (98)ni
tashkil qildi.
Qadimgi Rim jamiyati dehqonlar va cho‗ponlar jamiyati edi. Rimliklar etrusklardan yerga
ishlov berishning samarali usullari va uzumchilikni o‗zlashtirib oldilar. Etrusklarning
tajribasidan foydalanib, rimliklar forum atrofida eng katta yer osti kanalini qurdilar. Ular yana
etrusklardan marka- ziy zalga ega, tomida tuynugi bo‗lgan uyning maxsus shakli atriyni
o‗zlashtirib oldilar. Etrusklarning Rimda hukmronligi davrida mahalliy hunarmandchilik va
savdo aloqalari rivojlandi. Savdoning rivojlanishi uchun shaharning geografik jihatdan qulay
joylashganligi, serqatnov suv yo‗li bilan Tibr daryosining o‗rta oqimida joylashganligi muhim
ahamiyat kasb etdi. Bir necha asrlar davomida rimliklar savdo aloqa - larini pul o‗rnida hayvon
(pekus)ni ayirboshlash yordamida amalga oshirdilar. Qadimda asosan ho‗kiz, qo‗y va mis
metali ayirboshlashning asosiy mahsulotlari edi. Dastlab Rim savdo aloqalarini Janubiy
Italiyadagi yunon shaharlari bilan olib bordi. Podsholik davrining oxirida esa, Attika v a
Karfagen bilan savdo aloqalarini o‗rnatdi. Eng birinchi savdo shart- nomasi Karfagen bilan
tuzildi. Savdo va hunarmandchilik bilan birinchi navbatda, plebeylar shug‗ullandilar. Bu soha
bo‗yicha Rimdagi Kapitoliy va Palatin o‗rtasida etrusk kvar- tali «Vikus tuskuss» muhim rol
o‗ynadi.
Dastlabki Rim dini animistik ko‗rinishda bo‗lib, unda to- temizmning bir qancha qoldiqlari
saqlanib qolgan edi. Bunga misol qilib, Rim shahrining asoschilari Romul va Remni em - izgan
ona bo‗ri afsonasini aytish mumkin. Podsholik davrida Rim yovuzlik va ezgulik ruhlari bilan
to‗la edi. Ularni sehr- garlik, qurbonlik va duo-afsunlar o‗qish bilan yumshatish mumkin edi.
Rimliklar asosan qishloq xojaligi bilan shug‗ul-
langanliklari uchun, tabiat hodisalari va dehqon hamda cho‗ponning barcha ishlariga homiylik
qiladigan ko‗pgina xudolarga sig‗inar edilar.
Vervaktor, Vedator va Obarator deb atalgan uch xudo qo‗riq yerni haydashda odamlarga
yordam ko‗rsatgan. Yerlarni o‗g‗it- lashda xudo Saterkuliniyga qurbonlik keltirilgan. Ekin
ekish- da Saturin va Semonga, ilk maysalar chiqqanda ma‘buda Siga, g‗alla unib chiqqanda
ma‘buda Segitiyaga murojaat qilar edilar. Begona o‗tlardan ekinlarni Runsinator, g‗allani
chirishidan esa Robig himoya qilgan. Boshoqning yetilishi xudo Laturnaning, gull ashi
ma‘buda Floraning vazifasi, o‗rimni xudo Messis bosh- qargan. Uy-joyni Lara va Penat,
eshiklarni Yanus, uy o‗chog‗ini ma‘buda Vesta himoya qilgan. Har bir oila o‗zining homiy xu -
dosiga ega edi.
Rim e‘tiqodi, eng avvalo, barcha diniy urf-odatlarga qat‘iy ri- oya qilish edi. Shu sababli,
ko‗p sonli kohinlar mavjud bo‗lib, ular barcha xudolarning nomlari va vazifalarini yaxshi bilar
edilar. Kohinlar duolarning rasmiy tasdiqlangan to‗plamlarini tuzar edilar. Ular kalendarni
ham joriy qildilar. Qaysi kunda qaysi diniy marosimlarni bajarishni, baxtli va baxtsiz kunni
aniqlaydigan kohinlar avgurlar deb atalgan. Avgurlarning max sus kollegiyasi mavjud bo‗lgan.
Kohin-folbin garuspiklar qurbonlik hayvonlarining ichki a‘zolariga qarab fol ochardilar. Ko -
hinlar Rimda saylab qo‗yiladigan mansabdor shaxslar bo‗lib, lekin alohida toifa emas edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: