O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

Kohinlar. 
Rimda diniy e‘tiqod siyosiy hayotdan ajralmadi. Qadimgi Rimda barcha oliy 
magistratlar qandaydir bir kohin- lik funksiyalarini bajarganlar. Kohinlar alohida ijtimoiy 
qatlam emas edi. Kohinlar kollegiyaga uyushgan bo‗lib, faqat diniy vazifani bajardilar. 
Pontifiklar kollegiyasi boshda uch, keyin olti kishini tashkil qildi. Kollegiya boshlig‗i buyuk 
pontifik deb atal- gan. U diniy marosim, rasm-rusumlarni bajarishda qatnashib, kalendar, ob-
havo yozuvlarini olib borgan. Pontifiklar patritsiy- lar bilan yaqin aloqada bo‗lgan. 
Magistratlarga diniy masalalar bo‗yicha maslahatlar bergan. Buyuk pontifik mil.avv. III asr 
oxiridan alohida komisiyalarga saylangan, pontifiklar kooptatsiya yo‗li bilan tayinlanganlar. 
Pontifiklar Mil.avv. 300-yildagi Ogulniy qonuni bo‗yicha plebeylar ham pontifik lavozimlarini 
egallashi lozim bo‗ldi. Turli ibodatxona kohinlari flaminlar deb atalgan. Ma‘buda Vesta 
ibodatxonasi kohinlari Rimda katta obro‗ga ega bo‗lganlar. Bashoratchi kohin - avgurlar 
alohida kohinlar kollegiyasiga kirganlar. Boshda avgurlar faqat patritsiylardan saylangan.
Magistratura. 
Rim konstitutsiyasi bo‗yicha magistraturalar kollegial bo‗lib (2 konsul, 2 ta 
pretor, 4 edil, 10 xalq tribuni, 2 senzor va 4 kvestor), bir yil ijro etilgan. Lavozimlar har yili 
qayta saylangan (faqat senzorlar bir yarim yil, diktatorlar yarim yil). Konsullar, pretorlar, 
kvestor va edillar lavozimga 1-martdan (mil.avv. 153-yilgacha, keyin 1-yanvardan), plebey 
tribunlari esa 10-dekabrdan lavozimga kirishar edilar. 
Dastlab sud hokimiyati ikki pretorga tegishli edi. Harbiy qo‗shin ta‘minoti (intendant) 
qismi va harbiy o‗lja to‗rt kvestor (mil.avv. 267-yildan sakkiz kvestor), shahar obodonchiligi, 
ta‘minoti, tartibni saqlash, jamoat bayramlarini tashkil etish to‗rt edilga tegishli edi. 
Plebeylarning manfaatini 10 plebey tri- bunlari himoya qilar edi. Xalq tribunlari triblar 
bo‗yicha plebey yig‗inlarida saylangan. Xalq tribuni lavozimi faqat plebeylarga tegishli edi. 
Dastlab ikki tribun saylangan. Keyin esa ularning soni 10 taga yetdi. Tribunlarning asosiy 
vazifasi plebeylarn- ing manfaatlarini himoya qilish edi. Xalq tribunlari diktator va senzordan 
tashqari barcha magistratlarning faoliyatiga arala- shish huquqiga ega edilar. Xalq tribunining 
veto (taqiqlayman) 


84 
si magistratning farmoyishi, xalq yig‗ini va senatning qarori- ni bekor qilgan. Xalq 
tribunlariga magistratni qamash huquqi ham tegishli edi. Tribunning tur ar joyi har qanday 
plebey uchun yashirinish joyi edi. Tribun uyi tun-u kun ochiq bo‗li- shi lozim edi. Lekin 
shahar chegarasidan tashqarida tribunlar o‗z hokimiyatini yo‗qotar edi. Tribunlar senat 
qaroriga norozilik bildirishlari mumkin edi, lekin dastlab ular senatda so‗zlash huquqiga ega 
emas edilar. Ularga senat majlisi bo‗layotgan bino eshiklari oldida turishgagina ruxsat 
berilgan. Keyinchalik tribunlar senatga kirish, munozaralarda ishtirok etish, hatto senat 
majlislarini chaqirish huquqiga ega bo‗ldilar. Tribunlar bilan boshda xalq tribunlari 
yordamchilari - plebey edillari lavozimi kiritildi. Plebey edillari komisiyalarida saylangan. 
Rim respublikasi komisiyalari tuzilmasida demokratik an‘analar kuchaygan bo‗lishiga 
qaramasdan, boshqaruvdagi hal qiluvchi rolni senat va magistratlar o‗ynadilar. Bu Rim 
respublikasi aristrokratik mazmunining ifodasi edi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish