O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

6.
 
Rim harbiysi qalqon, qilich, qalpoq va pichoq bilan qurol- langan. Qalqon Kichik Osiyo, 
Osuriya, Kelt va yunonlarnikiga o‗xshash bo‗lgan. Qurol-aslahada sharqning ta‘siri kuchli edi. 
Qadimda Rim qalqonlari to‗g‗ri burchakli bo‗lgan. Keyin ayla- na ekrusk qalqonlari tarqaldi. 
Uning o‗lchami balandligi 1 m 20 sm, eni 75 sm bo‗lgan. Qalqonlar charmdan yoki jezdan 
yasalib, chetlari metall zey bilan aylantirilgan, qalqonning yas- si o‗rtasiga tasvir tushurilgan. 
Imperiya davrida oval qalqon- lar keng tarqaldi. Ular juda yengil va diametri bor-yo‗g‗i 30 sm 
bo‗lib, metall zey bilan charmdan yasalgan. Qalqonning ichida uning egasining nomi o‗yib 
yozilgan. Qalpoq jezdan yuzga tusha- digan himoya niqobi bilan yasalgan. Boshda rimliklar 
charm va jundan telpak kiyganlar. Mil.avv. IV asrdan rimliklar uchi bo‗yalgan patlar yoki ot 
yollari bilan po‗lat qalpoqlarga o‗tdilar. Imperator Adrian davrida suvoriylar temirdan, oltin bilan 
hal- langan, katta qizil tutamli niqob va qalpoqlar kiyishgan. 
Rim qo‗shinlarining dong‗i ketgan mustahkam intizomliligi ularning ko‗p sonli g‗alabalarining 
asosiy omili edi. Har bir le- gioner o‗zi bilan belkurak va qoziq olib yurar edi. Harbiy lager 
to‗rtburchak shaklda qurilib, 4 darvozali ikki ko‗chadan iborat bo‗lgan. Qo‗shinda intizom juda 
qattiq jazo va mukofotlar bilan saqlab turilar edi. O‗zini ko‗rsatgan legionerning ko‗kragi- ga mis 
taxtacha (keyinchalik bu orden bo‗lgan) taqib qo‗yilar edi. Legioner qo‗lida uning xizmatini 
rag‗batlantiruvchi belgi 3-4 qator bilaguzuk taqilar edi. Legioner uchun eng oliy muko- fot Rim 
fuqarosini o‗limdan saqlab qolgani uchun beriladigan daraxt barglaridan qilingan gulchambar 
edi. Qamal qilinayot- gan dushman shahrining devoriga kim birinchi bo‗lib ko‗taril- sa, u oltin 
toj bilan taqdirlanar edi. Lashkarboshi uchun oliy mukofot bu Rim shahridagi «Muqaddas yo‗l» 
bo‗ylab Kapitoliy tepaligida jang aravasida ko‗tarilish edi. Zafar huquqini senat g‗alaba qilgan 
lashkarboshiga berar edi. Agar g‗alaba unchalik katta bo‗lmasa, zafar o‗rniga «ovatsiya» (qarsak 
chalish bilan olqishlash) yoki kichik zafar belgilanar edi. Qo‗shinda harbiy tribunlar katta harbiy 
boshliqlar bo‗lib, dastlab ularni konsullar tayinlar edi. Keyinchalik esa harbiy tribunlarni xalq 
yig‗ini saylaydigan bo‗ldi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish