2.
Rim iqtisodiyoti.
O‗rtayer dengizi havzasida yuz yil davo- mida olib borilgan bosqinchilik
urushlari natijasida Rim kichik shahar-davlat doirasidan chiqib, O‗rtayer dengizining eng qudratli
davlatiga aylandi. Bu mamlakat iqtisodiyoti va Rim jamiyat hayotining boshqa sohalarida ham
o‗zgarishlarga olib keldi. Ayniqsa, iqtisodiyotda muhim o‗zgarishlar yuz berdi.
Rim-Italiya xo‗jaligiga klassik qulchilik munosabatlarining kirib kelishi chuqur o‗z garishlarga
olib keldi. Qishloq xo‗jaligi- ning turli sohalarida o‗sish boshlandi. Uzumchilik, zaytun daraxtlari
o‗stirish, bog‗dorchilik va sabzavotchilik rivojlandi. Yunoniston, Kichik Osiyo va Afrikadan
uzumning yangi navlari, meva daraxtlar keltirildi. Qishloq xo‗jaligida mehnat qurollari- ning
turlari ko‗paydi. G‗allachilik takomilllashdi. Sifatli bug‗doy ekilib, hosildorlik o‗sdi. Yerlarga
ishlov berish, o‗g‗itlash va boshqa agrotexnika qoidalariga rioya qilina boshlandi. Chor-
vachilikda ham muhim o‗zgarishlar yuz berdi. Chorvachilik va parrandachilik o‗sha vaqtda eng
daromadli sohalarga aylandi. Qishloq xo‗jaligining o‗sishini asosiy sabablari qulchilikni keng
tadbiq qilinishi, tovar ishlab chiqarish xo‗jaligining tashkil qilinishi, kichik xo‗jaliklardan voz
kechib, katta ekin maydonlarida xojalik yuritish edi. Qishloq xo‗jaligida bu davrda xo‗jalikning
asosiy yetakchi turi bir necha yuz yuger yer va unda 10-20 qul- lar ishlaydigan quldor xojaligi
edi. Bular o‗rta quldor xojaligi hisoblanib, ular bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan edi. Bunday xo‗jaliklar villa deb atalgan. Villalar bilan bir qatorda qishloqda erkin
dehqonlarning kichik xojaligi keng tarqalgan edi. Dehqon 10-30 yuger yerda o‗z oilasi bilan
ishlab, ba‘zida bir yoki ikki qul mehnatidan foydalanar edi.
Italiyada hunarmandchilikning gullab-yashnashi mil.avv. II
-
I asrlarga to‗g‗ri keladi. Rim va boshqa shaharlarda kichik ustaxonalar (ergasteriylar)da 10-20
hunarmand ishlar edi. Qul mehnatidan keng foydalanila boshlandi. Hunarmandchilik- da ozod
qo‗yilgan qullar mehnati ham sezilarli o‗rinni egalladi. Ularning o‗zlari ham uncha katta
bo‗lmagan ustaxonalarga ega edilar. Hunarmandchilikning rivojlanishi metall, tosh, yog‗och,
jun, teri, shisha va qurilish materiallariga bo‗lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Sardiniya va Ispaniyada
temir qazib chiqarish keng yo‗lga qo‗yildi. Tog‗-kon va metall quyishda yangi texnik o‗zga-
rishlar amalga oshirildi. Shaxtalarda 150 m gacha chuqurlikda ishlana boshlandi. Konlarda
ventilatsiya, Arximed vinti, kon- dan suvni qochirish g‗ildiragidan foydalanila boshlandi.
Yunonistondan marmar, Misrdan granit import qilindi. Ita- liyaning o‗zida Shimoliy
Etruriyadan marmar qazib olina boshlandi. Qurilish materiallari taqchil edi. Arzon, qulay,
mustah- kam qurilish materialiga ehtiyoj o‗sdi. Mil.avv. II asrda rimliklar bu talablarni
qondiradigan qurilish xomashyosi - betonni kashf qildilar. Rimliklar pishirilgan g‗isht ishlab
chiqarishni keng yo‗lga qo‗ydilar. Mil.avv. II-I asrlarda ma‘lum ishlab chiqarish- ga
ixtisoslashgan yirik hunarmandchilik markazlari shakllan- di: Puteola - temirni qayta ishlash,
Kapuya - jez va qo‗rg‗oshin quymalari bilan, Manturin va Kaliy - qishloq xojalik qurolla- rini
tayyorlash, Arretsiy - kulolchilik, Tarent, Kanuziy - jun mahsulotlari ishlab chiqarish bilan
shuhrat qozondi. Rimliklar fuqarolik va muhandis me‘morchiligini rivojlantirdilar. Rim suv
quvurlari, ko‗priklari, termalari, amfiteatrlari, portlar, Rimdagi ko‗p qavatli uylar me‘morchilik
va qurilishning eng yaxshi yutuqlari asosida bunyod qilindi.
O‗rtayer dengizi savdosi gullab-yashnadi. Rim, Puteola, Sirakuza eng yirik savdo markazlari
bo‗lib qoldi. Kemasozlik, dengizchilik rivojlandi. 200 tonnagacha yuk ortiladigan savdo kemalari
93
paydo bo‗ldi. Qo‗shimcha yelkanlar, kema boshqaruvi, mayoqlar, gavanlar qurildi. Dengiz
savdosi bilan hatto savdo qilish man etilgan nobillar ham shug‗ullana boshladilar. Ular qonunni
chetlab o‗tib, dengiz savdosida vositachilar va o‗zlari- ning ozod qo‗yilgan qullaridan
foydalandilar.
Quruqlikdagi savdo ham katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Shahar va qishloqlar o‗rtasida mahsulot
almashuv maxsus qurilgan shahar bozorlarida, viloyatlararo yarmarkalarda amalga oshirildi.
Viloyatlar o‗rtasida aloqalarning mustahkamlanishi Italiyada puxta qurilgan qurilish san‘atining
noyob yutuqlari bo‗lgan yo‗llarning qurilishiga sabab bo‗ldi. Yo‗llar tosh to‗shal- gan
mustahkam to‗g‗ri chiziqda bunyod qilinib, boshda Itali- yaning barcha viloyatlarini, keyinchalik
provinsiyalarni qamrab oldi. Rim shahridan o‗tadigan eng yirik yo‗llar Italiyaning barcha
viloyatlari va undan tashqari cho‗zilib ketdi. Rim forumi- da oltin suvi yuritilgan ustun qo‗yilib,
undan Italiyaning bosh yo‗llari masofasini hisoblash boshlandi. Ana shu yerdan «barcha yo‗llar
Rimga boradi» aforizmi tug‗ildi. Rim savdosining o‗si- shi tanga miqdorini ko‗paytirishni talab
qildi. Rimning sestersiy va denariy kumush tangalari tezda O‗rtayer dengizi havzasida asosiy
valyuta o‗rnini egallab, boshqa tangalarni siqib chiqardi.
Bosqinchilik urushlari natijasida Rimga moddiy boylik, pul mablag‗lari va qullar oqib keldi. I
Puni urushidan so‗ng Rim xazinasiga 3200 talant kirim bo‗ldi. II Puni urushidan so‗ng
Karfagenning to‗lov puli 10 ming talant, Antioxga yuklangan tovon to‗lovi 15 ming talantni
tashkil etdi. Rim sarkardalarining harbiy o‗ljalari behisob edi. Makedoniya podshosi Perseyning
g‗olibi Emiliy Pavelning Rimga zafarli kirishida bosib olingan qimmatbaho qurollar, san‘at
asarlari, oltin, kumush bilan to‗la katta xumlar jang aravalarida uch kun davomida olib o‗tildi.
Antiox ustidan g‗alaba natijasida harbiy o‗lja sifatida 1280 fil tishi, 234 oltin chambar, 187 ming
funt kumush (1 Rim funti 327 gramm), 224 ming yunon kumush tangasi, 140 ming makedon tilla
tangasi, ko‗p miqdordagi zargarlik buyumlari Rim xazinasiga kelib tushdi. Mil.avv. II asrgacha
Rim kumush tangaga ehtiyoj sezmadi. Bu istilolar, ayniqsa, ispan kumush konlarining bosib
olinishi Rim davlatini o‗z pul tizimini kumush bilan ta‘minlash imkoniyatini yaratdi. Bu Rimda
savdo, moli- ya-sudxo‗rlik kapitali rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Rimda turli jamoat ishlari,
provinsiyalarga soliqlarni ijaraga olgan moliya chi-tadbirkorlar paydo bo‗ldi. Istilochilik
urushlaridan olingan o‗ljalar, qaram hududlardan olinadigan daromadning o‗sishi natijasida
Pidna yonidagi jangdan so‗ng (mil.avv. 168-yil) Rim fuqarolari harbiy xarajatlar uchun
olinadigan soliqni to‗lamay qo‗ydilar.
Rim bosib olingan hududlar boshqaruvini yo‗lga qo‗ydi. Bu hududlar rimliklarning mulki
provinsiya (qaram) yer deb e‘lon qilindi. Rimdan pretor yoki Rimda konsullik muddatini o‗tab
bo‗lgan konsullar noib etib tayinlandilar. Bosib olingan hudud- larda Sitsiliya, Sardiniya
provinsiyalari tashkil etildi. Pireney yarim orolining asosiy aholisi iber qabilalari edi. Puni
urushlari natijasida rimliklar va Ispaniya deb ataladigan yarim orolning katta qismini bosib
oldilar. Ispaniya Betika (mil.avv. 197 -yil) Tarrakon Ispaniyasi (mil.avv. 197-yil) provinsiyalarni
tashkil et- dilar. Rim urushlar davomida Italiyadan chetdagi bosib olingan hududlar provinsiya
deb ataldi. Boshda «provinsiya» so‗zi oliy magistratga beriladigan topshiriq ma‘nosini bildirgan.
Keyin esa bu so‗z bosib olingan hududlarga nisbatan aytildi. Rimning birinchi provinsiyalari
Sardiniya (mil.avv.241-yil), Sardiniya va Karsika (mil.avv. 227-yillar), Ispaniyada Betika va
Tarrakan Ispaniyasi provinsiyalari (mil.avv. 197-yil) tashkil etildi. Respublika davrida 20
provinsiya bo‗lib, rimliklar ularni «rim xalqi- ning pomestesi» deb hisoblar edilar. Provinsiyalar
rim noibi va uning qo‗shinini o‗z hisoblaridan saqlashlari majbur bo‗lgan. Noiblar o‗zlari
chiqaradigan ediktlar orqali oliy harbiy, ma‘mu- riy va sud hokimiyatini ommaga oshirganlar.
Oktavian davri- da promagistratlar boshqaradigan senat provinsiyalari va legat yoki propretor
unvoni bilan prokuratorlar boshqaradigan im- perator (chegara) provinsiyalariga bo‗linib ketdi.
Provinsiyalarni boshqarish tizimi asta-sekin shakllandi. Provinsiyalarni bosh- qaradigan pretorlar
bir yil muddatga saylab qo‗yilgan. Provinsiya boshqaruv muddatini uzaytirish senatning maxsus
qarori bilan amalga oshirilgan. Noib bilan birga, provinsiyaga moli- ya-xo‗jalik ishlarini olib
94
boradigan kvestor jo‗natilar edi. Sobiq konsullar, hali konsul bo‗lmagan yuqori mansabdorlar
ham noib lavozimini egallar edilar. Noiblar provinsiyalarda harbiy va sud hokimiyatini o‗z
qo‗llariga to‗pladilar. Provinsiyalar noib, uning amaldorlari va qo‗shinlarini moddiy jihatdan
ta‘minlashi kerak edi. Noiblar o‗z mansablarini suiiste‘mol qilib, shaxsiy boylik orttirish uchun
provinsiyalarni talon-taroj qildilar. Shu sababli, mil.avv. 149-yil Rimda provinsiya noiblarining
talon-
tarojligiga, suiiste‘molligiga qarshi senator tribunallari tashkil qilindi. Bu maxsus sudlarga
provinsiyalarning noiblaridan jabr tortgan kishilar murojaat qilishi mumkin edi. Provinsiyalar
aholisi uchun yana bir kulfat bu rimliklarning soliq yig‗ishda- gi tovlamachiliklari bo‗ldi. Rim
noiblari soliq yig‗ish huquqini xususiy kishilar («publikanlar»)ga topshirdilar. Ular soliq sum-
masini oldindan kelishilgan miqdorda Rim noibiga to‗lab, keyin uni mahalliy aholidan bir necha
barobar ko‗paytirib yig‗ib ol- ganlar. Bu ishlar bilan asosan moliya zodagonlari bo‗lgan yan- gi
suvoriylar qatlamining vakillari shug‗ullangan. Rim davla- ti bo‗ysundirilgan xalqlarning
yerlarini bir qismini tortib oldi. Oltin va kumush, tuz, tosh konlari va o‗rmonlar Rim davlati
ixtiyoriga o‗tdi. Katta miqdordagi urush tovonlari, asirlarni qul qilib sotishdan kelgan
daromadlar, harbiy o‗ljalar Rim davlatini dunyoda eng katta moliyaviy markazga aylantirdi.
Ayniqsa, Rim respublikasida oliy hokimiyat egasi bo‗lgan nobilitet yana- da boyib ketdi. Nobillar
boyligining asosi bu yirik yer egaligi edi. Nobillar qo‗shin qo‗mondonlari yoki provinsiyalar
noiblari sifatida katta miqdorda boylik to‗pladilar.
Mil.avv. 218-yilda qabul qilingan alohida qonun bo‗yicha se- natorlar savdo va moliya ishlari
bilan shug‗ullanishlari taqiqlab qo‗yildi. Shu sababli, zodagon senatorlar ko‗p miqdorda yer
maydonlarini sotib oldilar. Yirik xo‗jaliklar tashkil qilib, qullar mehnatidan foydalandilar va
yuqori daromad oldilar. Nobillar- ning iqtisodiy-siyosiy qudrati zodagonlarning tashqi ko‗rinishi-
da ham aks etdi. Ular keng qizg‗ish yo‗lli tunika (ko‗ylak) va maxsus poyafzal kiyar hamda
qo‗llariga maxsus senator uzugi- ni taqar edilar. Bu ularning Rim jamiyatining boshqa qatlam-
laridan ajratib turadigan ramziy belgi edi.
Mashhur yunon tarixchisi Polibiy Rimda birinchi marta se- natorlarni ko‗rib, ularni hashamatli
kiyingan ulugVor ko‗rin- ishlaridan hayratda qolgan edi. Polibiy senatorlarni podsholar bilan
tenglashtirdi. Nobillar «oddiy» fuqarolarni davlatda nufu- zli mansablarni egallashlariga, eng
avvalo, konsullik mansabi- ga yaqinlashtirmaslikka harakat qilar edilar. Mil.avv. 180-yilda qabul
qilingan qonun nobillarning oddiy fuqarolarni hokimiyat- ga yaqinlashtirmasliklari uchun qilgan
harakatlarining natija- si edi. Ushbu qonunga ko‗ra, Rim fuqarosi uchun mansabga erishish o‗n
yillik harbiy xizmatdan so‗ng, 28 yoshdan boshla- nishi lozim edi. Dastlab kvestor, keyin kuril
edili, 40 yoshdan so‗ng pretorlik lavozimini egallash mumkin edi va 43 yoshda-
gi shuhratparast rimlik fuqaro konsul mansabiga da‘vo qilishi mumkin edi.
Nobillar kam sonli ijtimoiy qatlam bo‗lishlariga qaramasdan, yuz yillar davomida davlat
hokimiyatining oliy mansablari- ni faqat o‗zlari egallab turdilar. Ular mamlakat miqyosida o‗z
obro‗-e‘tiborlarini kuchaytirish maqsadida Italiya munitsipiy boy zodagonlari bilan yaqin aloqada
bo‗ldilar. O‗zlariga xizmat qiladigan ko‗p sonli klientlarni saqlab turdilar. Rim magistra- turasiga
faqat o‗z toifalariga yaqin bo‗lgan kishilarni qo‗ydilar. Bir necha patritsiy oilalari yuz yillar
davomida Rimga senator- lar, konsullar, senzorlar va boshqa oliy mansabdorlarni yet- kazib
berdi. Oliy mansablarni egallash uchun zodagon-patrit- siy oilalar bir-birlari bilan ittifoq tuzib,
mansablarni egallash uchun saylovlarda o‗zaro yordam uyushtirganlar.
Rimning istilochilik urushlari davrida jamiyatning yangi imtiyozli suvoriylar tabaqasi paydo
bo‗ldi. Suvoriylar soliqlar yig‗ish, qo‗shin ta‘minoti va sudxo‗rlik ishlari bilan shug‗ullanib boyib
ketdilar. Qul mehnatidan ommaviy tarzda foydalanish, provinsiyalardan arzon g‗alla keltirilishi
Italiya dehqon xo‗jali- gini izdan chiqardi. Dehqonlar g‗alla o‗rniga uzum va zaytun da- raxtlarini
o‗stira boshladilar. Bog‗dorchilik, poliz-sabzavotchi- lik keng rivojlandi. Vinochilik tez orada
katta daromad keltira boshladi. Dehqonlar xonavayron bo‗lib, katta shaharlarga keta boshladilar
va Rim hokimiyatidan tekin non va tomosha talab qildilar. Ularning ba‘zilari senatorlarning
95
klientlariga aylandi- lar. Zodagon-patritsiylarning tayanchi bo‗lgan davlat hokimiyati Rim va
boshqa shaharlarda to‗plangan, yeridan ajralgan oddiy fuqarolarni boqishga majbur bo‗ldi.
Hokimiyat ularga muntazam oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishni yo‗lga qo‗ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |