3.
urinish boylarning noroziligiga olib keldi. Mil.avv. V asr so‗n- gida meteklar va
chet elliklarga alohida xizmatlari uchun polis hududida yer va uylarga egalik qilish
huquqi berildi. Chetdan kelganlarga fuqarolik huquqi kamroq sovg‗a qilindi.
4.
Polisning tushkunligi yollanma askarlarni tarqalishida ham ko‗rindi. Yer-
mulkidan ajralgan, qarzga botib, kambag‗allashib qolgan fuqaro qurol-yarog‗ olishga
mablag‗ topa olmas, ko‗pin- cha begonalarning manfaati uchun jang qilishni xohlamas
edi. To‗xtovsiz urushlar harbiy texnikaning takomillashuvini, harbiy jang san‘atini
yaxshi egallagan askarlarni talab qilar edi. O‗z yeridan mahrum bo‗lgan, jismoniy
mehnat bilan shug‗ul- lanishni istamaganlar, polislaridan quvilgan kishilar yollanma
askarlar safini to‗ldirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |