O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Miloddan avvalgi IV asrning birinchi yarmida Yunoniston. Polisning inqirozi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

 
Miloddan avvalgi IV asrning birinchi yarmida Yunoniston. Polisning inqirozi. 
 
1.
Bolqon Yunoniston polislarining ijtimoiy-iqtisodiy inqirozi. 
2.
Yunon polislarining ichki va tashqi siyosati.
Miloddan avvalgi IV asrning birinchi yarmida qadimgi Yunoniston polislarida ijtimoiy-
iqtisodiy tanazzul jarayoni boshlandi. 
Peloponnes urushidan so‘ng qullarni soni ko‘paydi, ularni mehnati bilan hamma sohalarda 
foydalanishar edi. Bu hol hunarmandlarning, kichik yer egalarini ahvoliga halokatli ta‘sir etgan. 
Ma‘lum qismi qashshoqlanib, lyumpen-proletariatga aylanib, sadaqa hisobiga yashaganlar. Ular 
quldorlik jamiyatining elementlari orasida eng past tabaqa edilar. Ishlab chiqarish mehnatiga 
qullarning ishi, deb nafratlanib qarash xuddi ana shu davrda keng rasm bo‘lgan. 
Ko‘p erlarni quldorlar yoki savdogarlar sotib olishgan, va erlar, qullar va boshqa turdagi 
mol-mulklar qisman qaytadan taqsimlanib, ozgina kishilar qo‘lida to‘planib qolgan. Yunon polislari 
sharoitida, ayniqsa katta er-mulklarning ayrim shaxslar qo‘lida mavjud bo‘lishi mumkin emas edi. 
Boy quldor plutokratlar (ya‘ni o‘z boyligi bilan kuchlilar) ayni bir vaqtda ham sudho‘r, ham 
savdogar, ham er egasi bo‘lganlar. Amalda ana shular iqtisodiy jihatdan taraqqiy qilgan yunon 
polislarining ichki va tashqi siyosatiga ta‘sir ko‘rsatib turganlar. 
O‘tmishda quldorlik polisning tayanchi o‘rta hol fuqarolar bo‘lib, ular polis lashkarida ham 
xizmat qilganlar. 
Miloddan avvalgi IV asrdagi demokratik polislardagi xalq yig‘inlarida qonunlar va qarorlar 
boylar hohishini ko‘ndirardi, oddiy fuqarolar esa oladigan sadaqa hisobiga o‘zlarini talablarini 
qabul qildiraolmasdilar. 
Miloddan avvalgi V asrda polislarda shahar xalq lashkari o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, chunki 
o‘rta va mayda mulkdorlar qurol yarog‘ sotib olib xalq lashkari safiga borishga mablag‘i 
bo‘lmagan. 
Miloddan avvalgi V asrning oxirlari – IV asrning boshlarida Yunonistonda yollanma 
askarlarning guruhlari tez fursatda harbiy kuchlarning asosiy turi bo‘lib qolgan. 
Quldorlik jamiyatining rivojlanishi sharoitida kambag‘allashib qolgan omma uchun og‘ir 
ahvoldan qutulishning birdan-bir yo‘li yollanma askarlar safiga kirishdan iborat edi. 
Yunonistonda tajribali askarlarning maxsus bozorlari paydo bo‘ladi. Miloddan avvalgi IV 
asrda yollanma askarlar va ularning askarboshlari yunon polislarining siyosiy hayotida katta 
ahamiyatga ega bo‘ldilar. 
Yollanma 
askar 
guruhlari 
polislarda 
hukmron 
oligarxiyalarning 
hokimiyatini 
mustahkamlardilar. Shu oligarxlar o‘zlaridan kambag‘allashib qolgan demosning noroziligini 
bostirish uchun harbiy kuchga muhtoj edilar. 
Yuqorida aytib o‘tilgan miloddan avvalgi VII-VI asrlardagi «ilk» tiraniyalardan farq qilish 
uchun ilmiy adabiyotda odatda «keyingi» yoki «kichik» tiriniyalarda deb ataladi. Ana shu tiranlar 


36 
yunon polislarida xo‘jalikni keng va chuqur rivojlantirishga sharoitlarni cheklagan edi. Ichki polis 
bozori hamisha cheklangan edi. Erkin aholi keng qatlamlarining xonavayron bo‘lishi ularning xarid 
qobiliyatini pasaytiradi. qullar hech narsa sotib olmagan, boy er egalari ham o‘zini xo‘jaligida 
chiqarilgan buyumlar va mahsulot bilan foydalanib, mahalliy tovarlarni sotib olmaganlar. 
Polislarning tor chegaralari quldorlik jamiyatining iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirishni 
qiyinlashtirgan. O‘sib ketgan qullik hunarmandchiligi ishlab chiqargan buyumlarni sotishga muxtoj 
bo‘lgan. Polislar etarli darajada kuchli bo‘lmagan. Ijtimoiy krizis ustiga polis davlat idoralarini 
siyosiy krizisi kelib qo‘shildi.
Miloddan avvalgi IV asrning birinchi yarmida umumyunon sharoiti ana shundan iborat 
bo‘lib, bu sharoitni shahar-davlat (polis) doirasidagi yunon quldorligi jamiyatining ijtimoiy-
iqtisodiy krizisi deb tavsiflash mumkin. Bu yahlit holdagi quldorlik tizimining krizisi emas edi. 
Inqirozni bartaraf, qilish yo‘llarini qidirish maqschadida siyosiy arboblar, faylasuflar, 
notiqlar band bo‘ldilar. Siyosiy arbob Isokrat tantanali nutq tarzida yozilgan «Panegiriki» siyosiy
traktatida yunonlarni Kichik Osiyoni istilo qilish, talash va shu tariqa o‘z ishlarini to‘g‘irlab olish 
uchun birlashishga da‘vat etgan. Yunonlarning o‘z kuchlari bilan birlashish imkoni bo‘lmaganligi 
tufayli yunon polislarini Filipp II-ga bo‘ysundirish tarafdori bo‘ladi va uning rahbarligi ostida 
Kichik Osiyoni zabt etish fikrini ilgari suradi. U yunon aholisining boy tabaqalari manfaatini aks 
ettirgan. Miloddan avvalgi V asrning oxiridagi voqealar Eron istibdodi juda zaiflashib qolganligini
yunonlarga yaqqol ko‘rsatgan edi (Shaxzoda Kir yollagan 10 ming yunonlarning yurishi, taxtga 
kurash). 
Peloponnes urushidan keyin Afina mag‘lub qilingach Sparta Yunonistonda gegemon bo‘lib 
qoldi. Lekin ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq bo‘lgan Sparta miloddan avvalgi IV 
asrning boshlarida gegemoni bo‘lish kabi o‘z oldida turgan murakkab vazifalarni uddalay olmadi. 
Sparta davlati va jamiyati shu davrda chuqur inqirozni boshidan kechiradi. 10 ming yunonlarning 
yurishidan keyin Eron va Sparta orasida urush boshlanadi (miloddan avvalgi 399-394 yillar). Har 
ikkala tomondan sustkashlik bilan urush olib borildi. Lekin Sparta podshosi Agesilay harakatga 
tushganda, Eron elchilari Spartaga qarshi kuchlarni yig‘adi. Fiva, Afina, Korinf va Argos pul bilan 
ta‘minlanishadi. Baquvvat koalitsiya tashkil topib, miloddan avvalgi 395 yilda Spartaga qarshi 
yurishni boshlaydi. (Korinf urushi) Bu urush miloddan avvalgi 395 – 387 yilgacha davom etadi va 
koalitsiya uchun muvaffaqiyatli o‘tadi. Ammo Spartani mag‘lubiyati va Spartaga qarshi 
koalitsiyaning kuchayishi Eronning mo‘ljaliga kirmagan. Eronning taziyqi ostida Korinf urushi 
to‘xtatilgan va miloddan avvalgi 387 yilda Suzada sulh tuzilgan (Antalkid sulhi – Antalkid Sparta 
elchilarining boshlig‘i). Bu sulh yana shoh sulhi degan g‘alati nom olgan, chunki Eron shohi taklifi 
bilan uning shart-sharoitlari qabul qilingan. 
Umumyunon gegemoni sifatida Sparta barcha yunonlar nomidan Yunon-Fors urushlari 
istilolarining ko‘p qismidan voz kechgan. Kichik Osiyodagi yunon shaharlari yana Eron hokimiyati 
ostiga o‘tgan. Eron harbiy-dengiz floti amaldagina emas, balki rasmiy jihatdan ham Egey dengiziga 
kirish huquqini olgan. Yunonistonda Peloponnes ittifoqidan boshqa hech qanday ittifoqlar 
bo‘lmasligi shart edi. Sparta «shoh» sulhi moddalariga tayangan holda Bolqon Yunonistonda birdan 
bir kattaroq davlat bo‘lib qolish uchun barcha, hatto mayda ittifoqlarni ham tugatish siyosatini 
yurg‘izishga uringan. Avval boshda spartaliklar bunga muvaffaq bo‘lganlar. Miloddan avvalgi 382 
yilda Fivani istilo qilish Sparta xujumchilik siyosatining so‘nggi vaqtinchalik muvaffaqiyati 
bo‘lgan. Lekin Spartaning kuchayishi Afinaning qarshilik ko‘rsatishiga sabab bo‘lgan. Binobarin, 
Afina Fivadan qochgan demokratlarga Fivada to‘ntarish qilishga tayyorlanishda yordam ko‘rsatgan. 
Fitnachilar kechasi Fivaga kirib olib oligarxlarni o‘ldirganlar, Sparta garnizonini esa taslim 
bo‘lishga majbur etganlar. Miloddan avvalgi 379 yilda Fivada demokratiya ta‘sis etilgan va Beotiya 
polislarining ittifoqi qayta tiklangan. 
Afina miloddan avvalgi 378 yilda Antalkid sulhini buzib, 2-Afina dengiz ittifoqini tuzishga 
muvaffaq bo‘lgan. Bu ittifoq 1-Afina dengiz ittifoqiga qaraganda ancha kam a‘zoli bo‘lgan. 
Rivojlanib borayotgan quldorlik xo‘jaliklarining manfaatlari shunday birlashuvni talab qilgan. 
Miloddan avvalgi 374 yilda Sparta 2-Afina dengiz ittifoqi mavjudligini tan olishga majbur bo‘lgan. 


37 
Fiva o‘z gegemoniyasini o‘rnatishga harakat qilgan. Miloddan avvalgi 371 yilda Fiva harbiy 
qo‘shinlari Sparta ustidan g‘alaba qozongan yangi taktik usuldan foydalanib, bu taktikadagi 
yangilik shundan iboratki, kuchlar bir tomonda to‘planib, ayni shu joyda dushman yon tomonlarini 
yorib o‘tish uchun qat‘iy ustunlik hosil qilish kerak bo‘lgan. Bu usulni nomi «qiya pona». Fiva 
gegemon bo‘lishga uringan, lekin bu maqsadiga to‘la erisha olmagan, chunki uni moddiy va harbiy 
resurslari cheklangan edi. 
Shu davrda 2-Afina dengiz ittifoqi hamon kattagina birlashma bo‘lishga harakat qildi. Afina 
1-Afina dengiz ittifoqida qo‘llagan amaliyotini qaytadan qo‘llanishiga, ya‘ni kilruxiyalarni 
ko‘chirib borishga va ittifoqchilardan ularning manfaatlari bilan hisoblashmasdan muntazam 
suratda xirojlarni undirib olishga uringan. Bu siyosat 2-Afina ittifoqining buzilishiga sabab bo‘lgan. 
«Ittifoqchilar urushi» degan urush kelib chiqqan (Miloddan avvalgi 357-355 yillar). Afina floti 
mag‘lubiyatga uchraydi. 2-Afina dengiz ittifoqi tarqaladi.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish