38
Makedon davlatchiligining rivojlanishida Filipp II katta yutuqlarga erishdi. Makedon
podshosi Filipp II (mil.avv. 359-336-yillar) makedon urug‗-qabilalari o‗rtasidagi nizolarga
qat‘iy chek qo‗ydi. O‗z hokimiyatini butun mamlakat miqyosida tan olinishiga erishdi. U
harbiy islohot o‗tkazib, makedon fa- langasini tuzdi. Og‗ir qurollangan piyoda (goplitlar) 16-
29 qator saflanadigan jangchilar bo‗lib, 5 metrgacha uzunlikdagi sarissa (nayza) bilan
qurollangan. Orqa safdagilar sarissalarini oldin- gi qatordagilar yelkasiga qo‗yar edilar. Og‗ir
qurollangan jang- chilar katta
qalqonlar bilan himoyalanib, sarissalarni tikandek chiqarib,
dahshatli kuchni tashkil qilar edilar. Makedon zoda- gonlaridan tuzilgan og‗ir qurolli suvoriy
getayrlar («podshoning o‗rtoqlari») qo‗shinda muhim o‗rin tutgan. Qo‗shin tarkibida turli
qamal qurollari bilan ta‘minlangan injener qismlar mavjud edi. Filipp II o‗z maqsadiga
erishish uchun har qanday vosi- tadan qaytmadi. U «Oltin ortilgan eshak eng baland devorni
ham oshib o‗tadi», deb aytar edi.
Mil.avv. IV asr o‗rtalarida Makedoniya Bolqon shimolidagi eng kuchli davlatga aylandi.
Mil.avv. IV asr o‗rtalarida Makedoniya kuchli qo‗shin bilan Epir va Frakiyani egalladi. Shu
vaqtdan boshlab Makedoniya yunon davlatlarining ishlariga faol ara - lasha boshladi. Mil.avv.
355-yilda Makedoniya Fiva va Fokida o‗rtasidagi
urushga aralashib, Fokidani tor -mor qildi.
Natijada Makedoniya butun Shimoliy Yunonistonga egalik qildi. Tez orada Fessaliya,
Xalkidika yarim orolining bir qismi, Frakiya- ning janubiy qirg‗og‗i, Bosforgacha
Makedoniyaga qaram bo‗ldi. Makedoniya endi dengiz davlatiga aylandi. Yunonlarni Qora
dengizga chiqish yo‗li Makedoniya qo‗liga o‗tdi.
Yunon davlatlaridan faqat Afina Filipp II ga qarshi tura olishi mumkin edi.
Lekin Afinada
makedon va antimakedon partiya- si mavjud edi. Makedon partiyasi (yetakchisi Isokrat)
yunonlar Filipp II boshchiligida Eronga qarshi yurish qilib, katta o‗lja olishi mumkin,
yunonlar ichidagi o‗zaro kelishmovchiliklarga chek qo‗yiladi, Kichik Osiyoni bosib olib,
norozi kambag‗allarni yerga ko‗chirish mumkin, deb hisoblar edilar. Filipp II Afinada o‗z
tarafdorlarini sotib olish uchun oltinni ayamadi, o‗z taraf- dorlarini qo‗llab-quvvatladi.
Demosfen boshchigida antimake - don partiyasi Makedoniya bilan ittifoq yunon davlatlarining
erkinligi va demokratiyani yo‗qotishga olib keladi deb hisobladi- lar.
Demosfen Afina, Fiva,
Korinf, Xios, Evfeya va Vizantiy kabi boshqa yunon shaharlari birlashgan kuchli antimakedon
gu- ruhini tuzdi.
Mil.avv. 338-yil avgust oyida birlashgan yunon shaharlari va Filipp II qo‗shinlari o‗rtasida
Beotiya (Xeroneya)da hal qiluv- chi jang bo‗ldi. Demosfenning o‗zi oldingi qatorda oddiy
askar bo‗lib jang qildi. Makedon qo‗shinlari yunonlarni tor-mor qildi. Shundan so‗ng, mil.avv.
338-yilda (591-yilda) Filipp II Ko- rinf shahrida umumyunon kongressini chaqirdi.
Kongressda muhim qarorlar qabul qilindi. Yunon shaharlarining itt ifoqi tuzildi. O‗zaro
urushlar taqiqlandi. Yunon davlatlari makedon podshosi bilan abadiy mudofaa va hujum
ittifoqi tuzdi. Filipp II Korinf kongressida ellin davlatlaridan Eronga yurish uchun ke - malar
va odamlarni berishni talab qildi va o‗zini yunonlarning yo‗lboshchisi deb e‘lon qilishga
majbur etdi. Spartadan
tash- qari Argos, Arkadiya, Messeniya va Elidaning olqishiga sazovor
bo‗ldi. Eron bilan urush boshlashga qaror qilindi. Kongressda xususiy mulkning daxlsizligi
e‘lon qilindi, qarzlarni kassatsiya qilish, birovning mulkini bosib olish va qayta taqsimlash,
qul- larga erkinlik berish va ulardan siyosiy maqsadlarda foydala- nish taqiqlandi. Faqat
Sparta bu kongressda qatnashmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: