O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

Sparta oligarxik demokratiyasi 
///// 
Peloponnes urushlari 
Yunon-fors urushlaridan so‗ng Yunonistonda iqtisodiyotning umumiy o‗sishi , polislar 
o‗rtasida va xalqaro savdo rivojlanishi savdo-hunarmandchilik bilan shug‗ullanadigan polislar 
o‗rtasida raqobatni kuchaytirdi. Ayniqsa, gavjum savdo-hunarmandchilik, dengiz savdosi bilan 
shug‗ullangan Afinaning Korinf va Megara bilan raqobati kuchaydi. Afina va Sparta 
boshchiligidagi ikki kuchli harbiy-siyosiy ittifoqlar o‗rtasidagi muvozanat buzildi. Afina 
yunon polislaridagi demokratik tuzumlarni, Sparta esa oligarxiya hukm surgan polislarni 
qo‗llab-quvvatlashga harakat qildi. Yana shuningdek, Sparta va Afina o‗rtasida Yunonistonda 
yetakchilik uchun raqobat qariyb 30 yil davom etgan Peloponnes urushlariga olib keldi.
Urush mil.avv. 431-yilda Sparta qo‗shinlarining Attika hududiga bostirib kirishi bilan 
boshlandi. Afina harbiy kuchlarini boshqargan Perikl quruqlikda mudofaa taktikasini qo‗llash, 
dengizda esa faol urush harakatlarini olib borish kerak, deb hisobladi. Sparta qo‗shinlari Attika 
hududini talon-taroj qilayotgan paytda barcha aholi Afina shahriga kirib jon saqladi. Tezda 
shaharda oziq-ovqat tanqisligi boshlanib, xolera epidemiyasi tarqaldi. 15 yil davomida arxont 
lavozimiga ketma-ket saylangan Perikl birinchi marta mil.avv. 430-yilda arxont etib 
saylanmadi. U sudga tortilib, jarima to‗lashga majbur qilindi. Lekin mill.avv. 429-yilda u ozi- 
ni oqladi va arxont etib saylandi. Ammo u shu yilda yuqumli kasallikdan vafot etdi. 
Periklning o‗limi natijasida Afinada siyosiy beqarorlik boshlanib, tinchlik bitimi tuzish 
tarafdorlari bo‗lgan mo‗tadillar Ni- kiy va savdo-hunarmandlar manfaatlarini aks ettirgan 
radikal demokratlar Kleon boshchiligida o‗zaro kurash boshladilar. Natijada davlat boshqaruvi 
faol urush harakatlarini olib borish tarafdori bo‗lgan Afina demokratiyasining vakillari qo‗liga 
o‗tdi. Uning rahbarlaridan biri Kleon kelib chiqishi hunarmandlar- dan bo‗lgan ustaxona egasi 
edi. U ajoyib notiq, shijoatli siyosat
 
chi bo‗lib, urushni g‗alabagacha davom ettirish tarafdori 


32 
edi. Uning davrida Afina floti Peloponnes qirg‗oqlarida faol urush harakatlarini boshladi. 
Afinaliklar mil.avv. 425-yil Messeniyadagi muhim Pilos hududi va uning qarshisidagi 
Sifakteriya orolchasini bosib oldilar. Spartaliklarning ahvoli og‗irlashib qoldi. Ular urush 
harakatlarini shimolga - Frakiyaga ko‗chirdilar. Bu yerdagi bir qancha shaharlar Afina bilan 
ittifoqdan chiqdi. Mil.avv. 422-yilda Amfiopol shahri yaqinida katta jang bo‗lib, har ikki 
tomondan ko‗plab qurbonlar berildi. Afinaliklar Kleon boshchiligida jangda yengildilar.
Yunonlar uchun urush faqat ba‘zida bosqinlar o‗tkazish va dushman shaharini qamal 
qilish bilan cheklangan. Chet el bosqinchilari bilan urush siyrak bo‗lgan. Sarkardalar o‗z 
askar- larining intizomi, jangovar qobilyatiga, jang bo‗ladigan joyda qulay o‗rnashishga 
suyangan. Jang boshlanishi bilan jangchilarni boshqarish qiyin bo‗lgan. Bir yoki bir necha 
sarkardalarning o‗limi yoki qochishi, qo‗shinda hujumga o‗tishga qo‗rquv, vahimaga, to‗s-
to‗polonga sabab bo‗lgan. Yunon qoshinining asosiy qismi og‗ir qurollangan piyodalar 
(goplitlar) bo‗lib, ular yelkama-yelka saf tortib (falanga) jang qilganlar. Ular bardosh berib, 
safni buzmay o‗z qatorlari bilan himoya qilinganlaar. Lekin ular vahimaga tushsalar, saflari 
buzilib, dushman 30 kg og‗irlikdagi qurol-aslahali goplitlarni yakka-yakka to‗zitib yuborishi 
oson bo‗lgan. 
Ahmoniylar bu urushda har ikki raqib tomonlar bilan mu- nosabatda o‗z foydasini 
ko‗zlab ish olib bordilar. Kariya satrapi, tajribali diplomat Tissafern Kichik Osiyodagi yunon 
koloniyalarini fors davlatiga qaytarish sharti bilan mil.avv. 412-yil Spartaga yordam ko‗rsatdi. 
Mil.avv. 411-yilda esa u Alkiviad vositachiligida Afina bilan muzokara olib bordi. Har ikki to- 
mondagi urushni davom ettirish tarafdorlarining kuchlari zaif - lashdi. Natijada Afina bilan 
Sparta o‗rtasida 50 yil muddatga tinchlik shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Afinaning 
elchi- si Nikiy nomi bilan Nikiy shartnomasi deb ataldi. Ammo bu tinchlik uzoqqa bormadi. 
Afinada mil.avv. 420-yilda Sparta bilan urushni davom ettirish tarafdorlari Periklning jiyani 
Alkiviad boshchiligida hokimiyatga keldilar va bir necha Peloponnes polislarida Spartaga 
qarshi fuqarolarning chiqishini uyushtirdilar. Alkiviad Sitsiliyani bosib olish g‗oyasini ilgari 
surdi. Bundan tashqari, Janubiy Italiya, hatto Karfagenni bosib olishni orzu qildi. Uning 
istilochilik rejalari Afinada keng qo‗llab-quvvatlandi. Mil.avv. 415-yil afinaliklar Sitsiliya 
oralig‗idagi Sirakuza shahriga qarshi harbiy dengiz ekspeditsiyas - ini uyushtirdilar. Alkiviad 
bu urushda qatnashmadi. Chunki u urush boshlanishida diniy jinoyatda ayblanib, Spartaga qo - 
chib ketdi. Spartaning yordami bilan Sirakuza Afina qo‗shin- larini tor-mor qildi. Natijada 
7000 afinalik asirga olinib, qul qilindi. Afina dengiz flotining Sitsiliyadagi halokati natijasida 
uning dengiz davlati qudratiga putur yetdi. Afina ittifoqchilari bo‗lgan bir necha yirik shahar 
va orollar vaziyatdan foydalanib, Afinadan ajralib ketdi. 
Yunon polislarida maxfiy siyosiy ittifoqlar - geteriyalar tuzi- lar edi. Geteriyalarni 
tuzishdan asosiy maqsad, saylovlarda o‗zaro yordam uchun o‗z a‘zolarini sudda himoya qilish, 
diniy muloqot qilish edi. U oligarxiya va demokratiya yo‗nalishlarida tuzilgan. Afinada 
mil.avv. 411-404-yillardagi oligarxik to‗ntarishlarda geteriya muhim rol o‗ynadi. Sparta o‗z 
hukmronligini o‗rnatishning tayanchi deb qarab, uni qo‗llab-quvvatladilar. 
Sparta Eronning yordami bilan Kichik Osiyodagi yunon sha- harlariga o‗z ta‘sirini 
kuchaytirdi. Afinada hokimiyatni oligarx- lar bosib oldilar (mil.avv. 411 -yil) va ular Sparta 
bilan tezda tinchlik o‗rnatish harakatini boshladilar. Peloponnes urushi- ning ikkinchi bosqichi 
Dekeley urushi (mil.avv. 415-404-yillar) deb ataldi. Spartaliklar Qora dengizga boradigan 
yo‗llardagi bo‗g‗ozlarni bosib oldilar. Bu Afinani oziq-ovqat bilan ta‘minlashni qiyinlashtirdi. 
Afinaning yunon dunyosidagi obro‗-e‘tibori tushib ketdi. Yunonistonda Spartaning 
gegemonligi o‗rnatildi. Peloponnes urushlari davrida vaziyatga qarab, har ikki tomon- ga 
yordam berib turgan, aslida Afina va Sparta munosabat- larini keskinlashtirgan Eron asta-
sekin yunon polislarida o‗z ta‘sirini kuchaytirdi. Aslini olganda, biror-bir yunon polisi bu 


33 
urushdan foyda ko‗rmadi, aksincha, bu urush yunon polislarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
tushkunligini tezlashtirdi. 
Peloponnes urushlaridan yunon polislari ichida eng katta moddiy zararni Afina ko‗rdi. Attika 
dehqonlari xonavayron bo‗ldi. Afinaning ichki va tashqi savdosi to‗xtab qoldi. U dengiz 
yo‗llaridan mahrum bo‗ldi. Afina dengiz savdosidagi yetakchi mavqeini yo‗qotdi. Kuchli 
dengiz flotidan mahrum bo‗ldi. Urush oxirida pul mablag‗lari tugadi. Afinalik savdogar -
hunarmandlar boshqa yunon polis
 
larining kuchli raqobatiga bardosh bera olmadi. Iqtisodiy 
tush- kunlik natijasida ishsizlik, ochlik yuz berdi va ijtimoiy norozilik kuchaydi. Afina dengiz 
ittifoqi yemirildi. Sparta ham urushdan foyda ko‗rmadi. U rasman butun yunon shaha r-
davlatlari ustidan yetakchiga aylandi. Forslar urushdan so‗ng ko‗rsatgan yordamlari uchun 
Spartadan Kichik Osiyodagi yunon sha- harlarini berishni talab qildilar. Sparta bu talablarni 
baja- rishdan bosh tortdi. Oqibatda Kichik Osiyoda har ikki o‗rtada urush harakatlari 
boshlanib, bu urushda Sparta bir muncha yutuqlarga erishdi.
Forslar Spartaga qarshi yunon shaharlari Fiva, Argos, Korinf, Afina va boshqa yunon 
polislari koalitsiyasini tuzdi. Natijada Korinf urushi (mil.avv. 399 -394-yillar) deb ataladigan 
urush boshlandi. Urushda spartaliklar mag‗lubiyatga uchradilar. Mil. avv. 394 -yildagi Knid 
yonidagi jangda Sparta dengizdagi ustun- ligini yo‗qotdi. Bundan foydalangan Afina 
forslardan moliyaviy yordam olib, o‗zining yangi harbiy flotini tashkil qildi. Afina Pirey 
atrofida mustahkam devorlarni qurdi. Afinaliklar Egey dengizining shimoliy qirg‗og‗ida 
mustahkamlanib, bo‗g‗ozlar ustidan o‗z nazoratlarini o‗rnatdilar. 
Voqealarning bunday borishi fors podshosi Artakserks II ni qanoatlantirmadi. U butun 
Yunonistonni zaiflashtirishni o‗zi uchun asosiy vazifa deb hisobladi. Spartaga qarshi bo‗lgan 
yunon shaharlari urush harakatlarida sezilarli yutuqlarga eri- sha boshlashi bilan Artakserks II 
zaiflashib qolgan Spartaga moliyaviy yordam ko‗rsatdi. Fors podshosi Spartaga qarshi Afina, 
Fiva, Argos, Korinf, Megara va boshqa polislarning birlash- masi g‗alabasiga yo‗l 
qo‗ymaslikka harakat qildi. Cho‗zilib ket- gan urush harakatlari har ikki tomon kuchlarini 
keskin zaif- lashtirdi. Forslar aynan shuni istagan edi. Artakserks II har ikki tomonning yuzaga 
kelgan vaziyatda Eronga tahdid tug‗dira olmasligini bilib, hakam sifatida chiqdi. Uning 
vositachiligi- da mil.avv. 387-yilda Antalkid tinchlik bitimi tuzildi. Tinchlik shartlarini amalda 
forslar ishlab chiqdi. Unga ko‗ra, Sparta- ning yunon dunyosidagi yetakchiligi rasman 
tasdiqlandi. 
Amalda esa, Spartada ijtimoiy tabaqalanish kuchaydi. Dav- lat mulki hisoblangan yerlar 
ayrim spartaliklarning mulkiga aylandi. Yerni xufiya oldi -sotdisi avj oldi. Mil.avv. V asr 
so‗nggi- da yunon polislari uzoq davom etgan tushkunlik pallasiga kir- di. Fuqarolarning 
yopiq jamoasiga asoslangan yunon polisida 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish