30
mashhurdir. Perikl yuqumli kasallik – vabodan o‘lgan. O‘limi oldidan u, o‘z hayotingizda nimani
eng
muhim hisoblaysiz, degan savolga «Bitta ham afinalik fuqaro mening uchun qora libos
kiymagan» deb javob beradi.
U demosning o‘rta tabaqalariga tayangan va Afina kambag‘al tabaqalarini ish bilan band
qilish to‘g‘risida harakat qilgan. Perikl Afina bilan Pireyni bog‘laydigan devorlarni qurish ishini
tashkil qilgan. U 15 yil hokimiyat tepasida turgan. Afina davlat hokimiyatining asosiy organi xalq
yig‘ini – ekklesiya bo‘lgan. Xalq yig‘ini Akropol yaqinida joylashgan yassi tepalik Pniks ustida
odatda pomida 10 kunda bir marta to‘plangan. Unda 20 yoshga etgan afinaliklar qatnashgan.
Afinada istiqomat qiluvchi – meteklar hamda qullar xalq yig‘iniga qo‘yilmagan.
Xalq yig‘ini Afina siyosatining hamma asosiy masalalarini qarab chiqqan va hal qilgan, molil,
urush va sulh masalalarini hal qilgan. qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan, ya‘ni qo‘l ko‘tarish bilan
qabul qilingan. Yopiq ovoz berish yo‘li ham bo‘lgan. Dastlab xalq yig‗ini oyda bir marta,
keyinchalik oyda 4 marta shaharning g‗arbiy qismidagi qoyali terrasa - pniksda to‗plangan.
Yig‗ilishlarda Beshyuzlar kengashi tayyorlagan qaror
loyihalari muhokama qilinib, so‗zga
chiquvchilar faqat shu mavzudagina so‗zlashlari mumkin edi. Beshyuzlar kengashi yig‗ilishi
va ekklesiyada «isogoriya» - so‗z erkinligiga qat‘iy rioya qilinar, qaysiki, «isotomiya» -
mansablarni egallashda tenglik va «isonomiya» - qonunlar oldida tenglik fuqarolarning siyosiy
huquqlarining poydevorini tashkil qildi.
Gelieya – hakamlar sudi yirik demokratik muassasa bo‘lgan. Hakamlarni barcha afinalik
fuqarolar qur‘a tashlab saylaganlar. Hammasi bo‘lib 6 ming hakamdan 5 ming hakam, 1 mingi
zaxirada bo‘lgan. Afina sudi 10 palatadan bo‘lib bu palatalar dikastriyalar deb atalgan va bir
qancha komissiyalardan iborat bo‘lgan.
Afina sudida sud qilinadigan hech bir grajdan uning ishi qaysi disateriyada ko‘rishishni
bilmagan. Buni u sud bo‘ladigan kuni yoki
undan bir kun oldin bilgan, xolos. Da‘vogar pora
berolmasligi uchun shunday qilingan. qadim zamonlarda advokatlar bo‘lmagan. Da‘vogar yoki
ayblanuvchining o‘z-o‘zini himoya qilib so‘zlagan, uning qarindoshlari ham sud majlisida chiqib
so‘zlashlari mumkin bo‘lgan.
Afinadagi strateglar, ya‘ni askarboshilar kollegiyasi muhim muassasa bo‘lgan. Kollegiya 10
kishidan iborat bo‘lgan. Bu kollegiya harbiy kemalarni, qo‘shinlarni boshqargan. 10 strategiyadan
har birining o‘z vazifasi bo‘lgan. Birinchi strateg ham bo‘lgan. Miloddan avvalgi 444 yildan 429
yilgacha bu lavozimni Perikl egallagan.
Yunon-fors urushlari davomida Klisfen tomonidan tuzilgan kollegiya davlat vazifalari bilan
kengayib borgan va m.a.V asrning ikkinchi yarmiga kelganda Afina davlatining bosh idora qiluvchi
kollegiyasiga aylangan.
Afina quldorlik demokratiyasi Afina o‘z fuqarosiga katta huquq bergan. Afinaning har bir
fuqarosi mulkiy ahvoli va ma‘lumotidan qat‘i nazar xalq yig‘inida faol ishtirok qilishi mumkin
bo‘lgan.
Perikl davrida birnchi marta davlat lavozimlariga maosh to‘lash joriy qilina boshlaydi.
Bundan maqsad – davlat lavozimlariga saylangan kambag‘al kishilar o‘zlarining butun vaqtlarini
davlat ishlarini bajarishga sarflashlari uchun sharoit tug‘dirish edi. Sud majlisiga borganlik uchun
o‘rta hol afinalikning bir kunlik ish haqi, ya‘ni ikki obol to‘langan. M.a. IV asrning birinchi
yarmida Afinada asta-sekin davlat lavozimlarining deyarli hammasiga va hatto xalq yig‘iniga
borganlik uchun xaq to‘lash joriy qilingan.
Afinaning har bir fuqarosi xalq yig‘iniga yangi qonunlar loyihasini
taqdim qilishga haqli
bo‘lgan. Lekin qonun loyihalarini muhokama qilish va tasdiqlash ishi juda murakkab bo‘lgan,
ularning mualliflarining javobgarligi esa juda qattiq bo‘lgan: agar yangi qonun loyihasini
o‘rganuvchi komissiya va xalqi yig‘ini bu loyiha Afina davlat tuzumiga qarshi qaratilgan deb topsa,
taklif qiluvchilarga o‘lim jazosi berilgan.
Afinada afinalik fuqarolardan tashqari, boshqa yunon shaharlaridan kelgan meteklar ham
istiqomat qilgan. Ular Milet, Samos oroli va boshqa joylarning aholisi bo‘lgan. Garchi bu
31
kishilarning
Afinada ustaxonalar, ba‘zan esa uylari bo‘lsa-da, ular Afina fuqarolari deb
hisoblanmaganlar.
M.a. 451 yilda Perikl «sof fuqarolik haqida», ya‘ni kim Afina fuqarosi bo‘la olishi haqida
maxsus qonun chiqargan. Bu qonunga ko‘ra otasi va onasi to‘la huquqli afinalik bo‘lgan
kishilargina qo‘shilgan.
Demokratiya nechog‘lik cheklangan bo‘lishiga qaramay, Afina davlati quldorlik jamiyati
hukmronligi davrida eng ilg‘or davlat bo‘lgan.
Afina demokratiyasining salbiy tomonlaridan biri uning ittifoqchilariga munosabati edi.
Yunonlar forslar ustidan g‘alaba qozongandan keyin afinaliklar xazinasi Delos orolidan Afinaga
keltirilgan. Shu tariqa 1-Afina dengiz ittifoqi asta-sekin Afina arxega aylana borgan. Afinaliklar
ittifoqchilaridan soliq undirishdan tashqari ularning erlariga kambag‘al fuqarolar ko‘chirilgan,
ularga o‘sha erda ulush нerlar (klerlar) taqsimlab berilgan.
Klexuriyalar
harbiy–dehqonchilik
manzillari
bo‘lgan.
Biron
ittifoqchi
Afina
ma‘muriyatlariga itoat qilmay qo‘ygan yoki qo‘zg‘olon ko‘targan taqdirda
klexuriyalar darhol
harbiy otryadga aylanib ketgan va bu otryad o‘z manzili territoriyasini Afinadan kelib tushadigan
jazo ekspeditsiyasi uchun platsdarm sifatida ushlab Fors va kleruxiyalar ittifoqchilarning Afina
hukmronligidan noroziliklarning manbai bo‘lgan. Lekin Afina arxesiga aylangan. 1-Afina dengiz
ittifoqi ittifoqchi demosga, ittifoqchi polislarda hukmronlik mavqeini ta‘minlab berib,
hunarmandchilik ishlab chiqarishini rivojlantirishga va Egey dengizida savdo-sotiq ustunligini
qo‘lga kiritishga ko‘maklashmoqda edi.
Afinaning madaniy ravnaqi m.a.
V asrlarda iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan ravnaq
topganligi ko‘zga tashlandi. Xuddi shu vaqtda Afinada ko‘p ergasteriylar (ustaxonalar) ishlaydi,
ularda yuqori sifatli hunarmandchilik buyumlari yasaladi. Afinaning savdo-sotig‘i ayniqsa Egey,
Marmar va qora dengizlarda juda avj olgan bo‘ladi. Bu vaqtda Afina Yunonistonning eng kuchli
davlati edi.
Do'stlaringiz bilan baham: