O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 0,62 Mb.
bet4/55
Sana12.09.2021
Hajmi0,62 Mb.
#172632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
2020 Lotincha O'OAIM

Nazorat savollari:

  1. Ilmiy meros nima ekanligini ayting?

  2. O‘rta Osiyolik buyuk allomalar haqida gapirib bering?

  3. O‘rta Osiyo allomalarining ilmiy merosini so‘zlang?

  4. Ilmiy va noilmiy meroslarning uyg‘unligi nimada?

  5. Ilm-fan va barkamol avlod tarbiyasi?

3-asosiy savolning bayoni.

IX-X\/ asrlar Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy-ma’naviy, ijtimoiy- siyosiy, axloqiy, falsafiy, diniy ta’limotlari rivojlanishida keskin o‘zgarishlar, tub burilishlar yuz berdi. Bu madaniy jonlanish va yuksalish jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib bordi, ma’naviy hayotni qamrab oldi. Ana shu davrlarda Markaziy Osiyo xalqlari dunyo madaniyati taraqqiyotining eng oldingi, yetakchi saflarida turish darajasiga ko‘tarila oldi. Markaziy Osiyoning jahon madaniyati taraqqiyotining yirik o‘choqlaridan biriga aylanishi xuddi shu paytlarga to‘g‘ri keladi.

IX asrning ikkinchi yarmidan ravnaq topa boshlagan, X -XII asrlarga kelib esa mislsiz natijalar bergan, buyuk madaniy yuksalish va taraqqiyotning shart- sharoitlari, asosiy sabablari, manbalari, hal qiluvchi qator omillari bor ediki, ularni o‘rganish, ilmiy tadqiq qilish va baholash rivojlangan o‘rta asrlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatni ko‘rsatib berishga yordam beradi.

Madaniyat va ilmiy merosning jadal suratlar bilan taraqqiy etib borishini hayotiy zaruriyatga aylantirgan asosiy sabablardan biri - Markaziy Osiyo xalqlarining erk, adolat, haqiqat, mustaqillik uchun arab va mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashlaridir.

Markaziy Osiyoda chet el bosqinchilari hukmronligining tugatilishi va milliy mustaqil davlatlarning barpo etilishi natijasida feodal ishlab chiqarish munosabatlarining, ichki va tashqi savdo aloqalarining, hunarmandchilikning rivojlanishi, ilm-fan va madaniyatning, falsafaning ravnaq topishi milliy qadriyatlarning tiklanishi va takomillashib borishiga keng sharoit yaratildi. Bu davrda mamlakat ichidagi o‘zaro urushlar kamaydi. Buxoro, Urganch, Marv, Shosh, Samarqand va boshqa yirik shaharlarda hunarmandchilik, kosibchilik ancha taraqqiyotga erishdi. Bularning hammasi o‘z o‘rnida madaniyat va fanning rivojlanishiga olib keldi.

Jamiyat taraqqiyoti o‘rtaga qo‘ygan talablar hamda mavjud shart-sharoyit tufayli IX-X\/ asrlarda Markaziy Osiyoda, shunigdek, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida ilm-fan va madaniyat chinakamiga gurkirab yashnadi, bu davr "Renessans"-Uyg‘onish davri nomini oldi.

Uyg‘onish davri mutafakkirlari o‘zlarining qomusiyligi bir paytning o‘zida ham faylasuf, ham musiqashunos, ham matematik, ham mantiqshunos, sotsiolog, filolog, ham tarixchi va tabiatshunos, xullas, fanning barcha sohalarida yetukligi bilan ajralib turadilar. Bu siymolarning yana bir o‘ziga xos jihatlari bir paytning o‘zida deyarli barcha mutafakkirlar bir necha tillarni mukammal bilganliklari, bir necha tildagi manbalardan foydalana olganliklari, tarjimalar qila olganliklaridir. Bu esa o‘z o‘rnida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga olib keldi.

Buyuk mutafakkirlar tomonidan chuqur ilmiy asoslangan ilmiy g‘oya va ta’limotlar faqat ular yashab ijod etgan davr uchungina emas, balki kelajakni oldindan bashorat qilish, tabiiy, ijtimoiy voqea va jarayonlarni oldindan aytib bera olish nuqtai nazaridan ham bebahodir. Donishmand bobolarimizning ilmiy- falsafiy ta’limotlari tor milliy qobiqqa o‘ralib qolgan emas, balki ham milliy, ham umuminsoniy, umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’limotlardir. Yana shu narsa diqqatga sazovorki, Sharq mutafakkirlarining deyarli hammasi o‘z davrining qaynoq hayoti markazida bo‘lishdi, amaliy ishlarda faol ishtirok etishdi, elim, xalqim, yurtim deya yonib yashashdi. Bu ularning haqiqiy komil inson, barkamol shaxs, otashin vatanlarvar, xalqlarvar va buyuk alloma ekanliklaridan dalolat beradi. Biz quyida Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ayrimlari ijodida ilmiy meros muammosini yoritilishi haqida to‘xtalib o‘tamiz.




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish