Taqrizchi: U.Qlichev - SVO‘MOVQTI “Ijtimoiy fanlar” kaf. mudiri, tarix fanlari nomzodi
O‘UM GulDU Ilmiy-uslubiy Kengashining 2020 yil “___” _______ dagi “____” - sonli majlisida tasdiqlandi.
GulDU Ilmiy-uslubiy
Kengashi raisi: F.Sharipov
1-MAVZU: O‘RTA OSIYO ALLOMALARINING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO‘SHGAN HISSASI
Asosiy savollar:
1.O‘zbekiston allomalar yurti.
2.O‘rta Osiyo allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan xissalari.
3.Mustaqillik va allomalar merosi.
Tayanch tushuncha va iboralar:
O‘rta Osiyo, allomalar, O‘zbekiston allomalar yurti, ilmiy meros, ilmiy salohiyat, jaxon sivilizatsiyasi,O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosiga Prezident bahosi, kursning maqsad va vazifalari.
1-asosiy savolning bayoni:
Kishilik taraqqiyotiga o‘zining o‘chmas ulushini qo‘shib, mamlakatimiz shuhratini olamga taratib, tarix sahifalariga abadul-abad muhrlangan Muhammad al- Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy singari ulug‘ siymolar yetishtirgan millat har qancha g‘ururlansa arziydi.
I.Karimov
Buyuk davlat poydevorini qurish, dunyoda o‘zimizga munosib o‘rinni egallashda al-Beruniy, Ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, al-Buxoriy, at- Termiziy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Xoja Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi bobolarimizning bebaho merosi hamisha boshimizni baland, qaddimizni tik qiladi, xalqimizni kuchiga-kuch, g‘ayratiga g‘ayrat, ishonchiga ishonch qo‘shadi.
I.Karimov
Vatanimizni jannatmakon o‘lka deb atashadi. Shu o‘lkani asl farzandlari esa yurt shonu-shavkatini olamga yoygan. Turkiston avliyolar, allomalar va buyuklar yurti. Professor M.Imomnazarovning qayd etishicha Turkistonda ikki mingdan ortiq allomalar yashab o‘tgan. Islomshunoslarning yozishicha Turkistonda mingdan ortiq valiylar o‘tgan. Birgina Alisher Navoiyning «Nasoyimul-muhabbat» asarida yetti yuz yetmishta valiylar haqida ma’lumot berilgan.
Har bir hayot jabhasining o‘z buyuk siymolari bor:
Fan: - al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, al-Forobiy, al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino...;
Din: - Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Az-Zamaxshariy , Ho‘ja Ahror Valiy...;
Tasavvuf: - Ahmad Yassaviy, Abdulholiq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband...;
Adabiyot: - Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy...;
Davlat boshqaruvi: - Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur...
Yulduzlar...! Samoviy yulduzlar. Ulug‘ siymolar - millat yulduzlari. Go‘yo ular o‘rtasida qandaydir uzviylik mavjuddek. Yulduzlar uzoq uzoqlardan, samo qaridan turib, tunimizni yoritadi. Insoniyat tarixida bir qator ulug‘ siymolar yashab o‘tganki, ular xalqni, millatni faxri va iftihoridir. Yulduzlar tunni yoritganidek har bir xalqning daholari o‘sha xalqning Ilmiy merosini jahonga ko‘z-ko‘z qiladi. Ma’nviyatimizda ana shunday siymolar juda ko‘p va son sanoqsizdir. Biz buyuk siymolardan eng yorug‘larini saralab oldik. Ularning nurli siymosi, hayot yo‘li va ular qoldirgan boy ma’naviy meros bugungi kun mustaqillik farzandlari uchun yo‘lchi yulduz, mayoq vazifasini o‘taydi. Millatimiz ulug‘ siymolari, ilm ziyosidan bahramand bo‘lish har birimizga nasib etsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |