O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 0,62 Mb.
bet3/55
Sana12.09.2021
Hajmi0,62 Mb.
#172632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
2020 Lotincha O'OAIM

Nazorat savollari:

  1. O‘zbekiston allomalar yurti ekanligini ayting?

  2. O‘zbekistonlik buyuk allomalar haqida gapirib bering?

  3. O‘zbekiston va horij allomalarini ilmiy merosini qiyosiy so‘zlang?

  4. O‘zbekiston va horij allomalarini ilmiy merosining uyg‘unligi nimada?

2-asosiy savolning bayoni:

Bugungi kunda mutafakkirlar ilmiy merosining o‘rganish masalasi, islom tarixi hamda falsafasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish Ilmiy merosimiz rivoji uchun katta ahamiyatga ega. Bu kabi tadqiqotlarni olib borishda bir qator Respublikamizdagi olimlar ilmiy va pedagogik jamoasi munosib o‘rin egallaydi. Ayniqsa, islom ilm-fani, Ilmiy merosi rivojiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq etish olim va tadqiqotchilarning muhim vazifalaridan hisoblanadi.

Shu o‘rinda aytish kerakki, VII—XII asrlarda Movarounnahrdan mazkur ilmlar bo‘yicha ko‘plab allomalar yetishib chiqqan. Jumladan, manbalarda Movarounnahrda uch mingdan ortiq taniqli muhaddislar faoliyat olib borishganligi keltirilgan. Ulardan 2000 dan ortig‘i - Samarqand, Buxoro va Nasafda, qolganlari Shosh, Farg‘ona, Kesh, Termiz va Xorazmda, shuningdek Ustrushona, Dabusiya, Kushoniya va boshqa mintaqalarda faoliyat ko‘rsatishgan. XIX asrda yashab samarali ijod qilgan hindistonlik alloma Abdulhay Laknaviy o‘zining "al-Favoid al-bahiyya" asarida o‘rta asrlarda faoliyat ko‘rsatgan

Samarqandlik,Farg‘onalik, nasaflik, Buxorolik va Xorazmlik allomalar hayoti va ilmiy faoliyati xususida ma’lumotlar keltirgan. XI-XII asrlarda yashab ijod qilgan keshlik ulug‘ alloma Abu Muhammad Abd ibn Humayd Keshiy o‘z asarlari, ayniqsa, "Musnadi Abd", "Tafsiri Abd" bilan hadis, tafsir, fiqh ilmlariga hissa qo‘shdi. XI asrda yashagan yana bir keshlik alloma Abu Shakur as-Solimiy o‘zining "at-Tamhid fi bayon at-tavhid" asarida moturidiya ta’limotining e’tiqodiy masalalarini bayon qilish bilan bir qatorda, ash’ariya ta’limotiga o‘z munosabatini bildirgan. X asrda yashab ijod qilgan buxorolik alloma Abu Ali al-Buxoriy az-Zandavistiy yetuk fiqh bo‘lgani holda, turli mavzularda ijod qilgan. Uning "Ravzatul-ulamo va nuzhatul-fuzalo" asari diniy-axloqiy manba bo‘lib, hanifiyalik mazhabi asosida yozilgan. Bu ma’lumotlar Vatanimiz ilm tarixini o‘rganishda muhim manbalar sirasiga kirishi shubhasiz.

Ma’lumki, 1370 yili saltanat tepasiga kelgan Amir Temur o‘zining o‘ttiz besh yillik hukmronligi davrida davlatning asosiy tayanchi Samarqandni ham siyosiy, ham madaniy jihatdan jahonning eng go‘zal va obod shahriga aylantirdi, uni mahobatli imoratlar, ajoyib bog‘u rog‘lar bilan bezadi. Qiyoslash uchun dunyoning Bog‘dod, Damashq, Larij kabi mashhur shaharlari nomlarini atrofdagi qishloqlarga berdi. Shahar madaniy hayotini rivojlantirish uchun esa Sohibqiron o‘zi zabt etgan mamlakatlarning olimu ulamolari, san’at va madaniyat namoyandalari, shoirlari, hunarmandlari, me’morlari, quruvchilarini Samarqand, Shahrisabz, Toshkent, Turkistonda va boshqa joylarda olib borilayotgan obodonchilik ishlariga jalb qildi. Temuriylar davrida mamlakat obodonchiligi uchun barcha davlat a’yonlari o‘z imkoni va moddiy quvvati yetgancha imoratlar, bog‘lar, masjidlar, ko‘priklar qurishga intilganlar. Natijada, XIV asr oxiriga kelib, Samarqand va Hirot jahonning obod va go‘zal shaharlariga aylangan. Bu davrning ijodkorlik ruhi va mahobatli imoratlardagi yetakchi g‘oya Shahrisabzda qurilgan Oqsaroy peshtoqiga bitilgan «Agar bizning qudratimizga shubhalansangiz, biz yaratgan imoratlarga qarang» xitobi mazmuniga to‘g‘ri keladi.

XIV asrda Samarqandga o‘sha davr tasavvufining kubraviya, yassaviya va naqshbandiya tariqatini o‘rganish uchun dunyoning barcha shaharlaridan kishilar kelar edi. XIV asr ikkinchi yarmidagi Samarqandning siyosiy va madaniy hayoti ustod Behzodning Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asariga ishlagan miniatyuralarida o‘zining badiiy aksini topdi. XV asr birinchi yarmini temuriylar davlati madaniyatining eng yorqin davri, deyish mumkin. Mirzo Ulug‘bek rahbarligida Samarqand yanada obod etilib, ilm-fan, ayniqsa, maxsus rasadxona qurilgach, ilmi nujum-astronomiya markaziga aylanib, natijada, mashhur «Ziji jadidi Ko‘ragoniy», ya’ni 1018 yulduzning astronomik jadvali tuzildi. Rasadxona ichlari burjlar tasviri bilan bezatildi. Mirzo Ulubek «Tarixi arba’i ulusi Chingiziy» nomli tarixiy asarni targ‘ib qilishda shaxsan ishtirok etdi. Bu davrda Samarqand ilm-fan va ma’rifat o‘chog‘i bo‘lib, bu shaharda ta’lim olishni o‘sha davr ziyolilari o‘zlari uchun zarur va shart, deb bilishardi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, yosh Abdurahmon Jomiy ham ta’lim olish uchun Hirotdan Samarqandga kelgan edi.

O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi milliy madaniyatimiz tarixini o‘rganishga, unga xolisona fikr bildirishga katta imkoniyatlar yaratdi, osori-antiqa yodgorliklarimizni asrash, milliy qadriyatlarimizni tiklash, qadimiy boy tariximizni bir yoqlamali yoritish, chegaralash, ma’lum jarayon va ilm fan arboblarining faoliyati va xizmatini inkor etishdek noto‘g‘ri g‘oyalar va usullardan tozalashga, hur fikrlilikni inkor etishga qarshi turadi.

Madaniy merosimizni, o‘tmish qadriyatlarimizni keng va har tomonlama o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning ma’ruzalarida bir necha bor ta’kidlanganidek, hozirgi milliy manaviyatimizning chuqur tarixiy ildizlarining shakllanish bosqichlari va xususiyatlarini ochib berish uchun zarurdir. Bu esa, o‘z navbatida, yangi jamiyatimizning to‘g‘ri rivojini, kelajagini oqilona belgilash, yuksak demokratik davlat qurish uchun xizmat qiladi.




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish