O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti


-MAVZU: O‘RTA OSIYo ALLOMALARINING XORAZMShOX MA’MUN AKADEMIYaSIDAGI FAOLIYaTI



Download 0,62 Mb.
bet20/55
Sana12.09.2021
Hajmi0,62 Mb.
#172632
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
2020 Lotincha O'OAIM

4-MAVZU: O‘RTA OSIYo ALLOMALARINING XORAZMShOX MA’MUN AKADEMIYaSIDAGI FAOLIYaTI
Asosiy savollar:

  1. Xorazm Ma’mun akademiyasi tarixi.

  2. Ma’mun akademiyasida Beruniy faoliyati.

  3. Ma’mun akademiyasida Ibn Sino faoliyati.


Tayanch tushuncha va iboralar:

Xorazmshox Ma’mun akademiyasi, Bilimlar uyi, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, shayx ur-rais, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, «Hindiston”, “Tib qonunlari”.


1-asosiy savol: Xorazm Ma’mun akademiyasi tarixi.

Darsning maqsadi:

Talabalarga bobomiz Xorazmshox Ma’mun akademiyasi tarixi, u ilm dargoxidan bizga qoldirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklar haqida tushuncha berish.


1-asosiy savolning bayoni:

Sharqda vujudga kelgan ilk akademiyalardan biri ma’muniy xorazmshohlar davrida tashkil topgan Ma’mun akademiyasidir. 995 yili Ma’mun I ibn Muhammad ibn Iroq afrig‘iylar sulolasiga barham berib poytaxtni Gurganch deb, o‘zini Xorazmshoh deb e’lon qiladi. 998 yili taxtga o‘tirgan Ali ibn Ma’mun davrida mamlakatda siyosiy ahvol barqarorlashadi, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat rivojlana boshlaydi. Ali ibn Ma’mun ilmlarvar shoh bo‘lganligi sababli o‘z saroyiga sharqning mashhur olimu fozillarini chorlaydi. 1009 yili Alining akasi Abul Abbos Ma’mun II Ma’mun taxtga o‘tirgach, fan va madaniyat yanada gurkirab rivojlanadi. Ma’mun II saroyda «Majlisi ulamo» («Olimlar Kengashi») ta’sis etadi va ilmiy-ijodiy faoliyat uchun shart-sharoit yaratish maqsadida maxsus «Olimlar uyi» ("Baytul hukamo") qurdiradi. Bu bino xarobalari xozirgi kunda mahalliy xalq tilida "Qirq mulla" yodgorligi nomi bilan mashhur. Ma’mun ibn Ma’mun Abu Rayhon Beruniyni ham davlat maslahatchisi, ham «Majlisi ulamo»ga rais qilib tayinlaydi. Shoh va olim o‘rtasidagi samimiy munosabat shu davrda fan va madaniyatning gullab yashnashiga, qizg‘in ijodiy bahslarga, tolerant ongning shakllanishiga sababchi bo‘ldi. Turli mamlakatlardan Gurganchga kelgan turli e’tiqoddagi olimlarning ijodiy uyushmasi Ma’mun akademiyasi nomi bilan tarixga kirdi.

712 yilda Xorazm arablar tomonidan bosib olingach, xalifatga bo‘ysundirildi. Arablar o‘zlari bilan yangi din islomni olib keldilar, bosib olingan xalqlar orasida turli. yo‘llar bilan bu dinni tarqata boshladilar. Albatta, bu jarayon oson kechmadi. Chunki, badaviy arablar bosib olgan o‘lkalarda o‘zlariga nisbatan bir necha barobar yuksak madaniyatga, ilm-fan va Ilmiy merosga duch kelgan edilar. Xorazmni "islomlashtirish" ziddiyatli va murakkab tarzda yuz berdi. Islom orqali bu yerlarda arab tili va arab yozuvi ham tarqatildi. Qadimgi yozuvlar: xorazm, sug‘d, turk yozuvlari yo‘qotilib, ularning himoyachilari jazolandi. VIII asrning 2-yarmidan boshlab islom ichida shialar, xorijiylar, muta’ziylar, jabariylar kabi turli oqimlar vujudga kelib, nazariy masalalarda bahslar avjiga chiqdi. Islom zamirida boshqa ta’limotlar ta’sirida tasavvuf shakllandi va musulmon Sharqiga tarqaldi.

IX asrning oxiriga kelib Markaziy Osiyo mustaqillikka erishdi va bu yerda arablar ta’siridan qutulgan birinchi davlat - somoniylar hukmronligi shakllandi. So‘ng bu hududda Xorazmshohlar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar davlatlari faollik ko‘rsatdi. Buxoro, Samarqand, Marv, Gurganch, Xiva kabi shaharlar o‘z davrining madaniyat markazlari sifatida ma’lum bo‘ldi. Bu shaharlarda savdo-sotiq, hunarmandchilik, ijtimoiy-siyosiy hayot hamda madaniy aloqalar, ilmiy markazlar rivoj topdi.

Somoniylar hukmronligi davrida Xorazmda kamol topib, fan va madaniyatning rivojiga ulkan ulush qo‘shgan olimlar alohida e’tiborga sazovordir. Ular qatorida matematik Abul Xasan Azarhuriy ibn Ustoz Jashnaz va qomusiy ilm egasi Abu Abdulloh al-Xorazmiylarning xizmati beqiyosdir. Alloma o‘rta asrda ilmlarni ta’snif qilib, "Mafotig‘ al-ulum" ("Ilmlar kaliti") asarida falsafa fani haqida shunday yozadi: "Falsafaning ma’nosi - narsalarning haqiqiyligi ilmi va eng salohiyatli ish uchun amaliy harakat demakdir".

X asr oxiri va XI asr boshlarida Ma’muniy xorazmshohlar davrida Xorazm ilm-fan, adabiyot va madaniyatda yuksalish davrini boshdan kechirganining guvohi bo‘lamiz. Bu yuksalishning ustuvor yo‘nalishlari asosan, tabiiy va dunyoviy fanlar rivojida yaqqol aks etadi. Shu davrda yetishib chiqqan dunyoviy ilmlarning yirik namoyandalari bo‘lmish Abu Nasr Iroq, Abul Xayr ibn Xammor, Abul Hakim Muhammad ibn Abdumalik as-Solih al-Xorazmiy al-Kosiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi ulug‘ mutafakkirlarning ilm-fan sohasida qo‘lga kiritgan ulkan yutuqlari jahon ilm ahli tomonidan allaqachon tan olingan. Ayniqsa, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino o‘rta asrlar fanining ikki buyuk dahosidir. Ibn Sino tibbiyot ilmida mashhur bo‘lsa, Beruniy "tajribaviy ilmning otasidir" - (G.Sarton). Alloma Ko‘hna Urganchda "Majlisi ulamo" ("Olimlar kengashi") tashkil etib, unga rahbarlik qildi, fanning tashkilotchisi va targ‘ibotchisi sifatida tanildi (1004-1017 yillar). Bu ilmiy jamoa "Ma’mun Akademiyasi" nomi bilan tarixga kirdi. Sharqning ilmiy-madaniy yuksalishiga xizmat qildi.

Ma’lumki, sharqda ilk akademiyalardan biri bo‘lgan Ma’mun akademiyasi o‘z davrida (1004-1017 yy.) mintaqada fan va madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Bu ilm maskani - "Majlisi ulamo”da zamonasining uch yuzdan ortiq mashhur olimlari to‘planib Abu Rayhon Beruniy rahbarligida faoliyat olib bordilar. Shulardan 32 allomaning nomi bizga ma’lum.

Ma’mun akademiyasining ilmiy va madaniy yuksalishdagi roli shundan iboratki, birinchidan, shoh Ma’mun ibn Ma’mun farmoni bilan akademiyaga xos bo‘lgan fundamental tadqiqotlar chuqur va atroflicha olib borildi. Buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi, davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlandi. Ikkinchidan, dunyoviy ilmlar, xususan matematika, astronomiya, ximiya, geodeziya, minerologiya, tibbiyot, dorishunoslik kabi fanlar yuksak bosqichga ko‘tarildi. Tabiiy fanlarda erishilgan yutuqlar hozirgi zamon fani ko‘rsatkichlariga yaqinligi hayratlanarlidir, Uchinchidan, inson zotining fazoga larvozi to‘g‘risidagi g‘oya va uning ilk amaliyoti ham shu akademiya tufayli amalga oshirildi. Sankt- Peterburgda saqlanayotgan bir qo‘lyozmada Abu Nasr Ismoil ibn Hammod Forobiy al-Javhariy (940-1008) degan astronom olimning Xorazmda ilk bor qanot yasab fazoga uchganligi haqida ma’lumotlar bor. Bu haqida ilk bor atoqli shoirimiz Maqsud Shayxzoda xabar bergan edilar. To‘rtinchidan, Ma’mun akademiyasi mintaqada fanni rivojlantirib qolmay, balki turli davlatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamladi, turli xalqlarni, e’tiqodlarni birlashtiruvchi do‘stlik rishtasi bo‘lib tarix sahifasiga yozildi. Tolerantlik ongi taraqqiyot talabi ekanligini amalda ko‘rsatib berdi. Beshinchidan, bu ilmiy jamoada gipoteza tarzida olg‘a surilgan g‘oyalar fanning besh yuz yildan ko‘proq rivojlanishi uchun omil bo‘ldi. Oltinchidan, qolaversa barcha nasllarga va asrlarga tatigulik uch buyuk daho Abu Nasr ibn Iroq, Beruniy va Ibn Sinoni yetkazib berdi. Ibn Iroq "Matematiklarning matematigi", Beruniy "Tajribaviy ilmning otasi", Ibn Sino ‘Tabobat otasi" sifatida dunyoda e’tirof etildi. "Majlisi ulamo"dagi qizgin bahsu munozaralar ularning keyinga ijodiga ham samarali ta’sir qildi.

Ma’mun akademiyasi 1017 yilda Mahmud G‘aznaviy tomonidan Xorazmning bosib olinishi bilan o‘z faoliyatini to‘xtatsa-da, bu ilm maskanida muammo qilib qo‘yilgan ilmiy g‘oyalar atrofida munozaralar davom etdi va rivojlantirildi. Keyinchalik Xorazmda yetishib chiqqan Zamaxshariy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Chag‘miniy, Najmiddin Kubro, Faxriddin Roziy, Paxlavon Mahmud kabi piru ustozlar ham shu akademiyaning bevosita davomchilaridir.

Kezi kelganda Ovrupoda birinchi akademiya 1662 yili Angliyada tashkil topganini, u «London kirollik jamiyati» deb atalganini eslash lozim. Bu ilmiy jamiyat Kembrij universiteti talabalarining ilmiy to‘garaklari asosida vujudga kelgan. Uning tashabbuskori Robert Voyl (1627-91) hisoblanadi. Bu akademiyaga o‘z vaqtida R.Guk (1635-1703), X.Ren (1632-1723) va Isaak Nyuton (1643—1727) lar rahbarlik qilishgan.

Rossiyada birinchi akademiyaga 1724 yili Pyotr I asos solgan. U 1747 yilgi nizomga ko‘ra «Imperator Fanlar va San’at akademiyasi» deb atalgan. 1803 yildan boshlab «Imperator Fanlar Akademiyasi» deb ataladigan bo‘ldi.

Yoqut al-Hammaviyning "Mo‘jam al-udabo" asarida o‘rta asrda yashab ijod qilgan mingdan ortiq allomalarning tarjimai holi va ijodidan namunalar keltirilgan, shundan oltmish nafari vatandoshlarimizdir. Tadqiqotchi Isroil Elmurodov "Mo‘jam al-udabo"dagi yigarma bir nafar Xorazlik allomalari va adiblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilmiy tahlil qilgani shu davr madaniy yuksalishidan dalolat beradi.

Xorazmshoh anushteginiylar davrida, ya’ni 1097-1231-yillarda Xorazm yana bir bor ilmiy-madaniy yuksalishni o‘z boshidan kechirdi. Xorazmlik allomalar bu davrda Ma’mun akademiyasida ustuvorlikka ega bo‘lgan dunyoviy ilmlar bilan bir qatorda, ilohiy ilmlarda ham ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Ayniqsa, tilshunoslik, tafsir ilmida hatto arablarni ham ortda qoldirib ketdi. Markaziy Osiyoda bungacha va bundan keyin ham mazkur sohalar bu darajada rivojlanmagan. Zamaxshariy arab va turk tili lug‘atini yozib, o‘zbek tili lug‘atshunosligiga asos soldi.

Bu davrda Umar an-Nasafiy, Sinnoriy, Baqqoliy, Faxriddin ar-Roziy, Abu-l Fath al-Mutarriziy, Ismoil Jurjoniy, Mahmud Chag‘miniy, Najmiddin Kubro kabi allomalar mushhur bo‘ldilar.

Xorazmshohlar imperiyasining so‘ngi davrida Markaziy Osiyoda shakllangan eng yirik tasavvuf tariqatlaridan biri Kubroviya keng yoyildi. Bu tariqatga shayx Najmiddin Kubro (1145-1221) asos soldi, keyinchalik O‘rta va Yaqin Sharqning boshqa o‘lkalariga ham keng tarqaldi. Kubro tasavvufning falsafiylashuvida katta hizmat qildi. U o‘zining qator risolalarida tasavvufning ontologiya, gneseologiya, komil insonni tarbiyalash masalalarini bayon etdi. Najmiddin Kubro mo‘g‘ullar hujumi davrida o‘z muridlari bilan Ko‘hna Urganch himoyasida faollik ko‘rsatdi. "Ona vatan uchun, Vatanni himoya qilayotib shahodat jomini no‘sh aylash, Alloh vasliga yetishmoq ila barobardir" deya vatanlarvarlik va insonlarvarlik namunasini ko‘rsatib, xalqning milliy qahramoni sifatida gavdalandi. Kubroviya tariqatidagi javonmardiylik g‘oyalari keyinchalik Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Mahmud Tarobiy kabi sarkardalarning jasoratiga g‘oyaviy manba bo‘lib xizmat qildi.

Taniqli olim Ziyo Bunyodov "Anushtegin xorazmshohlar davlati" nomli monografiyasida qirqdan ortiq allomaning hayoti va ijodi, asarlari haqida ma’lumot berishi Xorazmda ilm-fan va madaniyat yuksak darajada rivojlanganini ko‘rsatadi.

Demak, IX-XII asrlarda fanda arab tili, badiiy ijodda fors tili, harbiy sohada turk tili ustuvorlikka ega bo‘lib, ilmiy-madaniy yuksalish izchillik bilan rivojlanib bordi.

O‘rta asrlarda Xorazmdagi ilmiy-madaniy yuksalishning omillari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

Birinchidan, Xorazm o‘zbek davlatchiligining tamal toshini qo‘ygan, qadimiy sivilizatsiya o‘chog‘i bo‘lgan madaniy hududlardan biri ekanligi, zardo‘shtiylik ta’limotining ilk vatani bo‘lganligi;

Ikkinchidan, Mag‘ribu mashriqni bog‘lab turuvchi, "Buyuk ipak yo‘li"ning bir tarmog‘i Xorazm hududidan o‘tganliga;

Uchinchidan, yagona imperiya doirasida o‘zaro ta’sirga kirishgan qadimgi Yunon, Yaqin va O‘rta Sharq, Hind va Xitoy ilmu-fan yutuqlari. Qadimgi madaniyat durdonalari arab, fors, turk tillariga tarjima qilindi va sharhlar yozildi.

To‘rtinchidan, islom bayrog‘i ostida Yaqin va O‘rta Sharq madaniyatining uyg‘unlashuvi asosida islom madaniyatining vujudga kelganligi va bu jarayonda Markaziy Osiyolik allomalarning faolligiga;

Beshinchidan, mahalliy ilmiy muhit vakillarining yutuqlaridan keng foydalanganligi;

Oltinchidan, nazariya bilan amaliyotning bog‘lab olib borilganligiga. Xorazmda ilm-fanning rivoji amaliyot talablaridan kelib chiqqanligi. "Ilm-fan kishilar hojatini chiqarmokdir" g‘oyasining ustivorligi;

Yettinchidan, o‘rta asrlarda dunyoviylik va diniylikning uyg‘unligi, turli diniy e’tiqodlar vakillari orasida o‘zaro hamkorlik va millatlararo totuvlikning umuman, tolerant ongning mavjudligi.

Sakkizinchidan, umuman Xorazm mentalitetining mavjudligi. IX-XII asrlarda Xorazmda san’at, adabiyot, astronomiya, matematika, minerologiya, tibbiyot, irrigatsiya kabi gumanitar va tabiiy fanlar tarqqiyotiga qo‘shilgan ulkan yutuqlar jahon sivilizatsiyasi hazinasida bebaho qadriyat sifatida boholandi, hamda butun bashariyat manfaatlariga hizmat qila boshladi.

Bu tarixiy ilm maskani bugun ham yoshlarimiz ongida insoniyat tafakkuriga cheksiz hurmat, milliy g‘urur, faxr-iftixor, vatanlarvarlik tuyg‘ularining shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shajakdir.

Xorazmshox Ma’mun ibn Ma’mun akademiyasi («Majlisi ulamo»)da Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Saxl Masixiy, Abu Nasr ibn Iroq, Abu Sayd ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Miskavayx, Abu Mansur as-Saolibiy, Ahmad Muhammad as-Saxriy, Zaynuddin Jurjoniy, Abulkarim Zirgaliy, Abu Abdulloh al-Vazir, Abul Hasan Ma’mun, Abu Muhammad Xorazmiy, Abduavval ibn Abdusamadiy, Abu Azoq ibn Bahrom, al-Kosiy, Abu Abdulloh Iloqiy, Abu Abdulla an-Naysaburiy al- Xorazmiy, al-Xamdakiy, Ahmad Mas’uriy, Abu Muhammad Rakkoshiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Abubakr Muhammad Xorazmiy, Ahmad ibn Muhammad as-Suxayl al- Xorazmiy va boshqa olimlar matematika, astronomiya, astrologiya, ruxiyat, mantiq, tibbiyot, falsafa, tarix, tilshunoslik, ta’lim-tarbiya, kimyo, adabiyot, musiqa, geografiya, geodeziya, topografiya, mexanika singari turli fan sohalari bilan shug‘ullanib, bu ilmlarning kelajakdagi taraqqiyotiga zamin hozirladilar.

Nazorat savollari:

1. Xorazmshox Ma’mun faoliyati haqida gapiring?

2. Xorazmshox Ma’mun Akademiyasi tarixini tushuntiring?

3. Xorazmshox Ma’mun Akademiyasi vazifalari nimalardan iborat bo‘lgan?

4. Xorazmshox Ma’mun Akademiyasi faoliyatiga berilgan baholarni izohlang?

5. Xorazmshox Ma’mun Akademiyasining ahamiyatini aytib bering?




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish