5. Yadrocha zonasi-ayrim ikkilamchi tortmalar yadrocha qismi bilan bog’liq bo’ladi. Bu takomilashgan qism yadrocha hosil qiladigan yoki yadrocha zonasi deb ataladi.
Xromosomalarning kattaligi metofazada nisbatan o’zgarmas bo’ladi. Bir nabordagi xromosomalarning biri boshqalardan katta bo’lishi mumkin. Har xil organizmlarning hujayralarida xromosomalarning uzunligi 0,2-50 mk, yugonligi 0,2-2mk gacha bo’lishi mumkin. Ko’pchilik hollarda xromosomalar ikkilamchi qisilmalarga ega. Ayrim ikkilamchi qisilmalar yadrochani hosil bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan mutaxassislashgan qismlardir. Shuning uchun, ularni nukleopolyar zona yoki yadrocha tashkilotchisi deb aytiladi.
Xromosomalar ultrastrukturasi-Xromosomalarning tuzilishini submikroskopik tekshirishlarni ko’rsatishicha ularning asosida kalinligi 40-100 A bo’lgan elementar iplar yotadi. Ular DNK dan, asosli oqsil giston va oz mikdor kislotali oqsildan iborat. Kesmalarni dezoksribonukleaza deb ataluvchi DNK ni parchalaydigan ferment bilan ishlaganda elementar iplarning markaziy qismi yukolib ketadi; binobarin, u elementar ipni uzunasiga o’tgan ikki zanjirli DNK molekulasidan tuzilgan.
Elementar iplar barcha tekshirilgan organizmlarining yadrolari xromosomalarining tarkibida, shuningdek interfaza yadrolarida ham tarqalgan.
Shuning uchun hamma hujayralarda, hujayraning hamma sikllarida xromosomaning tuzilish birligi- nukleoproteidning ipsimon molekulasi ekanini isbot etilgan deb qarash kerak.
Har bir elementar ip tarkibiga ikki molekula DNK kiradi va ipni uzunasiga joylashadi. Bir necha elementar iplardan iborat tutam xromosomani hosil qiladi, 2-4 xromonema iplari esa xromosomani hosil qiladi. Ba’zi olimlarni fikriga qaraganda xromosomada faqat bitta 2 ipli DNK molekulasi bo’ladi.
Xromosomalar nabori- Xromosomalarning kattaligi, birlamchi va ikkilamchi kisilma (peretejka) larni joylanishi, yo’ldoshni borligi va urarning shakllarini doimiyligi xromosomalarning morfologik induvidualligini belgilaydi. Shularga asoslanib, naborning har qanday xromosomasini bilish mumkin.
Diploid nabor shakli va kattaligi jihatidan bir xil xromosomalardan iborat bo’ladi. Bunday xromosomalar gomologik xromosomalar deb atalib lotin alifbosini bir xil harflari AA yoki boshqa bilan belgilanadi. Xromosomalar sonining doimiyligi va ularni morfologik individualligi, individga, turga ba’zan avlodga mansub bo’lgan xromosoma nabori to’plamini spetsifikligini ta’minlaydi.
Xromosoma kompleksi o’xshatish mumkin bo’lgan belgilar yig’indisi kariotip deb ataladi. Kariotipni sxematik belgisi idiogrammadir. Kariotiplarni turli bo’lishi individ yoki turlarni irsiyat jihatidan turliligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |