Rnk-ribonuklein kislotasi-strukturasida qo’shaloq spiral bo’lmaydi. Ular DNKni zanjirlaridan biri kabi tuzilgan. RNK ham DNK kabi polimer. Ularni monomerlari ham nukleotidlardir. Ular ham 4 xil bo’lib, ulardan 3 tasini azotli asosi DNKdagi bilan bir xil - A, G, S. DNKdagi timinni urniga RNKda unga yakin bo’lgan uratsil bo’ladi. T bilan uni farqi timindagi metal gruppani ortikligidandir. Shuning uchun timinni metiluratsil deb yuritiladi. Yana DNK bilan RNKni farqi karbon suvli qismini harakterida ham DNKda dezoksiriboza bo’lsa RNKda riboza bo’ladi. Shuning uchun DNK va RNK deb nomlangan. Nukleotidlar DNKdagidek bir-biri bilan uglevod va fosfor kislotasi orqali birikadi.
DNKdan farq qilib, RNKning miqdori doimiy emas. Oqsil sintezi bo’layotgan hujayralarda uning miqdori ortadi.
RNK ni bir necha xillari bor. Ulardan biri transport RNK (T-RNK). Bu RNK ning molekulasi ancha qisqa, hammasi bo’lib, 80-100 nukleotiddan tashkil topgan. Molekulyar og’irligi esa 25-30 ming ga teng. T-RNK faqat sitoplazmada bo’ladi. Ularning vazifasi aminokislotalarini oqsil sintezlanayotgan ribosomaga tashishdan iborat. Umumiy RNKning 9-10%ni tashkil etadi.
RNKning 2- xili informatsion RNK- I-RNK molekulasi 300-3000 nukleotiddan iborat bo’lib molekulasining og’irligi 20000-1mln
I-RNK molekulasi ham yadro va sitoplazmada bo’ladi. uning vazifasi DNKdan ribosomada sintezlanayotgan oqsil strukturasiga informatsiyani olib o’tishdan iborat. Uning miqdori umumiy RNKni 1 % ini tashkil qiladi.
RNK ning 3 xili ribosomal RNK (r-RNK) dir. Bu eng uzun RNK bo’lib, uning tarkibiga 3-5 ming nukleotid kiradi, molekulyar og’irligi 1-1,5 mln. R-RNK ribosomaning ko’pgina qismini tashkil qiladi. Umumiy RNK ning 90% ini tashkil qiladi.
Test savollari: 1. Yadro tarkibiga kirmaydi:
a) yadrocha
b) lizosoma
v) yadro shirasi
g) xromatin
2. Xo’jayra yadrasining vazifalaridan biri
a) Irsiy ma’lumotlarni saqlash
b) Xo’jayrani himoya qilish
v) Xo’jayraga moddalarni qabul qilish
g) Yadroga bog’liq bo’lmagan irsiylanishni boshqarish
3. Yadroga bog’liq bo’lmagan irsiylanish qaerda sodir bo’ladi?
a) Sitoplazmada
b) Xujayra yadrosida
v) Xromosoma
g) Yadro va xromosoma
4. Irsiyatning moddiy asoslari nima?
a) Hujayra
b) Yadro
v) Membrana
g) sitoplazma
5. Yadro oqsillari necha tipda bo’ladi?
a) 1
b) 2
v) 3
g) 4
6. Yadroni birinchi marta kim kashf qilgan?
a) Robert Broun 1833
b) 1902 yilda Benda
v) Robert Guk
g) Malpigi
7. Yadrochani asosiy komponentlari nima?
a) kislotali oqsillar (fosfoproteinlar) va RNK
b) lipidlar va oqsillar
v) gaqat oqsil va DNK
g) DNK va RNK