Nazorat savollari:
1.Yadroning tuzilishi qanday?
2. Nuklein kislotalar qanday tuzilgan?
3. Yadro qobig’i qanday tuzilgan?
4.Yadrochaning ahamiyati.
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
Hujayra yadrosi
Yadrosi olib tashlangan hujayralardagi holatlar?
Ma’ruzalar kursi
MODUL-12: XROMOOSMALAR.
MAVZU: XROMOSOMALAR MORFOLOGIYASI VA KIMYOVIY TUZILISHI. XROMOSOMALARNING MUTASIYALARGA UCHRASHI VA UNUI OQIBATLARI
REJA:
Xromosomalar morfologiyasi va tuzilishi
Xromosomalarning kimyoviy tarkibi
Xromosoma mutasiyalarti
Poliploidiya, aneuploidiya xodisalari
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Xromatin, xromosoma, kariotip, xromosomalar to’plami, jinsiy xromosomalar va autosomalar, poliploidiya, xromosomalarning ikkilanishi, xromosomalarning spirallanishi, Xromosoma, abbertasiya, delesiya, duplikasiya, inversiya, translokasiya, poliploidiya, aneuploidiya
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Xromosomalarning tuzilishi, hujayra hayotidagi ahamiyati va vazifalarini bilish
1-savol bayoni: O’tgan asrda “Xromatin” termini bilan yadrochalardan shakli jihatdan farq qiluvchi fiksatsiyalangan yadrodagi intensiv bo’yaluvchi strukturalarni nomlashgan. Xromatinli strukturalarni ko’pchiligi asosli bo’yoqlar bilan, ba’zilari esa kislotali bo’yoqlar bilan bo’yaladi.
Shundan asosli yoki kislotali bo’yoqlar bilan bo’yalishini ko’rsatuvchi “Bazixromatin” va “Oksixromatin” tushunchalari kelib chiqqan. Shunday qilib, “Xromatin” tushunchasi dastlab faqat morfologik tushuncha edi. Lekin Geydengayn (1907) Xromatinni xususiyati nuklein kislotasi bilan bog’liqligini bilgan edi. Bundan hujayrani bo’linishida xromosomalar hosil bo’ladi.
Xromatin strukturalariga yadrocha atrofi xromatini va xromotsentrlar ham kiradi.
Adabiyotlarni ko’rsatishicha xromatin xromosomalarning kimyoviy tarkibi o’xshash ekan. Mitoz vaqtida xromatin butunlay xromosomalarda to’planadi. Juda ko’pchilik bioximik ishlarda “xromatin” va “xromosoma” terminlari sinonim sifatida ishlatiladi. Bunday xulosa mitotik va interfaza xromosomalarini bir xil emasligini hisobga olinsa, unchalik to’g’ri bo’lmaydi. Hozirgi vaqtda “xromatin” termini fiksatsiyalangan yadrodagi xromosomaning kimyoviy ekvivalenti ma’nosini olmoqda.
Xromosomalar - yadroning asosiy funksional avtoreproduksiyalovchi strukturasidir. Ularda DNK yig’iladi va yadroning funksiyasiga bog’lik bo’ladi.
Juda ko’pchilik hollarda xromosomalar faqat bo’linayotgan hujayralarda ko’rinadi. Bo’linish davrida fiksatsiyalangan hujayralarda ham, tirik hujayralarda ham xromosomalarning soni, kattaligi, morfologiyasini va tabiatini aniqlash mumkin. Xromosomalarni nozik tuzilishlarini elektronmikroskoplarni ishlatish, avtoradiografik va bioximik metodlarni qo’llash orqali o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |