Nuklein kislotalar-dastlab yadroda topildi va ajratib olindi. Ularning 2 xili ma’lum: DNK va RNK deyarli hamma vaqt yadroda bo’ladi, RNK esa ham yadroda va sitoplazmada bo’ladi. DNK molekulasining strukturasi jihatidan ximiyada ma’lum bo’lgan bironta ham birikmaga o’xshamaydi. DNK molekulasi bir-birining atrofida spiral shaklida buralgan 2 ta paralel zanjirdan iborat. DNKdagi qo’shaloq spiral juda uzun bo’ladi, deyarli 5mk ga yetadi. DNK molekulasi eng yirik oqsil molekulasidan 50 barobar uzunroq. Shunga muvofiq holda DNK molekulyar og’irligi juda katta bo’lib, 10 malnga yetadi. Yaqinda moluklyar og’irligi 130 mln li DNK topildi, uning molekulasining uzunligi 50-60 mk. Bu raqamlar qo’shaloq spiralga ta’luqli bo’lib, har bir ipga uning yarmi to’g’ri keladi.
Ximiyaviy jihatdan DNKning har bir zanjiri polimer bo’lib, uning monomerlari nukleotidlardir. Nukleotid 3ta molekulaning: 1) azotli asos-purin yoki pirimidin, 2) oddiy karbon suv-pentoza-riboza yoki dezoksiriboza, 3) fosfat kislota molekulalarining ximiyaviy yo’l bilan birlashidan hosil bo’lgan birikma.
DNK molekulasining tuzilishida 4 xil nukleotid katnashadi. Bular azotli asosining strukturasi jihatidangina farq qiladi.
Bir nukleotiddagi azotli asos adenin deb ataladi, nukleotid ham xuddi shu nom bilan ataladi. 2- nukleotidning azotli asosi guanin, nukleotidi guanin deb yuritiladi. 3-nukleotiddagi azotli asos sitozin deb nukleotidi esa sitozin nukleotidi deb yuritiladi. Nixoyat 4- nukleotiddagi azotli asos timin deb, uning nukleotidi timin nukleotidi deb yuritiladi.
Nukleotidlarni nomlarini qisqargan holda ularning birinchi harflari bilan nomlanadi, ya’ni: Adenin-A, Guanin-G, Sitozin-S va Timin-T.
Har bir DNK da nukleotidlar kat’iy, muayyan va hamisha doimiy tartibda joylashadi. Har xil DNKlar faqat nukleotidlarning joylanish tartibi bilan farqlanadi.
Sungi yillarda tekshirishlarni ko’rsatishicha DNK ning bir zanjiridagi nukleotidlarning joylanishi 2-zanjirdagi nukleotidlar tarkibiga kat’iy bog’lik. Bir zanjirdagi nukleotidni ruparasiga 2- zanjirni nukleotidi joylashadi va DNK molekulasida shotisimon ko’rinishni hosil qiladi. Tekshirishlarni ko’rsatishicha pogonalar azotli asoslarni xoxlagancha kombinatsiyada birikishidan hosil bo’lmas ekan. Molekulalarning konstruksiyasi mustaxkam bo’lishi uchun pogonalari bir xil uzunlikka ega bo’lishi kerak. Lekin adenin bilan guanin o’zlarining kattaligi jihatidan timin bilan sitozindan ancha yirik. adenin va guanin 12 A bo’lsa, timin va sitozin 8 A. Har 2 la zanjir orasidagi masofa esa 20 A ga teng. Bu har bir pogonani azotli asosini kattaroq, 2-sini esa kichikroq bo’lishini ko’rsatadi. Bu holda quyidagi kombinatsiyalar bo’lishi mumkin:
ADENIN-TIMIN GUANIN-TIMIN
ADENIN-SITOZIN GUANIN- SITOZIN
Ammo, azotli asosni ximiyaviy tuzilishi bir-birlari bilan xoxlagan kombinatsiyalarda birikishiga imkon bermaydi: Adenin sitozin bilan, guanin esa timin bilan birika olmaydi. Shuning uchun DNKning molekulyar shotisi quyidagicha pogonalargagina ega bo’ladi:
ADENIN-TIMIN TIMIN-ADENIN
GUANIN-SITOZIN SITOZIN-GUANIN
DNKning qo’shaloq zanjiri molekulasida azotli asoslar xuddi shu kombinatsiyadagina uchraydi. Agar qandaydir usul bilan DNK molekulasidan biror azotli asosni olib tashlasak, uni o’rnini faqat xuddi shunday asos olishi mumkin, boshqalarini kattaligi jihatidan ham, ximiyaviy bog hosil qilish jihatidan ham to’g’ri kelmaydi.
Maktabda bu temani o’tishda xuddi shu o’rinda o’quvchilarga unchalik murakkab bo’lmagan masala, ya’ni DNKni bir zanjiridagi nukleotidlarni tartibi aniq bo’lgan holda, 2- zanjirdagi nukleotidlarni tartibini aniqlashni topshirishimiz mumkin. DNKni bir zanjiri doskaga chiziladi, o’quvchilar esa 2-zanjirini to’ldirishadi. Bu bilan o’quvchilarda DNK avtoreproduksiyasi kao’ida dastlabki tushincha hosil bo’ladi.
Molekulyar pogonani hosil bo’lishi uchun adenin timinning zaruriy to’ldiruvchisi hisoblanadi, guanin va sitozin bir-birini to’ldiruvchilari bo’ladi. Shularni hisobga olganda DNK molekulasini har 2la zanjirini nukleotidlari bir-biriga to’ldiruvchilardir.
Agar DNK molekulasining zanjiridan birisi tegishli nukleotidlarga va fermentlarga ega bo’lgan ximiyaviy muxitda ushlash mumkin desak u holda zanjir avtomatik ravishda 2-sini to’zib olar edi. Bunda hosil bo’lgan 2- zanjir avvalgisini to’ldiruvchisi bular edi.
Shunday qilib qulay sharoidda kerakli nukleotidlar yetarli bo’lganda maxsus fermentlar ishtirokida ajralgan DNK zanjirlaridan DNK molekulasi hosil bo’ladi. Bu DNK reduplikatsiyasi yoki avtoreproduksiyasi deyiladi. Hujayralar bo’linishidan avval xuddi shu yo’l bilan DNK mikdori 2 xissa ortadi va kiz hujayralaridagi DNKni miqdori ona hujayralardagi bilan tenglashadi.
DNK reduplikatsiyasi oqsil-fermentlarning faoliyati natijasida amalga oshadi. Ferment DNK polimeraza 2 zanjirli DNK molekulasi buylab guyo “urmalab” boradi va orqasida 2ta yangi DNK hosil bulaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |