2-savol bayoni: Xromosomalarning kimyoviy tarkibi- xromosomalarning komponentlari DNK va asosiy oqsillar (protamin va gistonlar) dan iborat. DNK kompleksi va asosiy oqsillar_ dezoksiribonukleoproteidlar hujayra xromosomalarida 90 % massani tashkil qiladi. Xromosomadagi RNK va kislotali oqsillar miqdori to’qima tiplariga hujayraning funksional holatlariga qarab o’zgarib turadi va xromosomalarning ximiyaviy tarkibini maxsus bo’yoqlarda bo’yash, ul’trabinafsha nurlar spektrlarining yutilishi asosida avtoradiografiya hamda yadrolarni bioximiyaviy analizi usuli bilan ham aniqlanadi. Xromosomalar tarkibida DNK polimeraza fermenti, lipidlar, kal’siy, magniy ionlari va kam miqdorda temir moddasi bor.
Har bir turga oid somatik hujayralarda diploid to’plamida xromosomalarning soni, o’lchami va shakli kariotip deb nomlanadi. “Kariotip” terminini sovet olimlari L.N. Delone va G.A. Leviskiy fanga kiritishgan. Kariotipning grafik ko’rsatishi, cxema tarzida ifodalanishi idiogramma (kariogramma) deb nomlanadi. Ayrim vaqtlarda har xil turlarning diploid soni bir xil bo’ladi,masalan, pashshalarda 6 ta, yoki mushuklar oilasida 36 ta xromosoma bo’lib, kariotipda xatto xromosomalarning morfologiyasi o’xshaydi. Kariotiplarni o’rganadigan fan kariologiya deyiladi.
GETEROXROMATIN VA EUXROMATIN RAYONLAR
Xayot 1928 yilda interfaza davrida xromosomalar har xil bo’yalishini aytib o’tgan edi. Umuman, xozirgi vaqtda xromosomalarni kuchli bo’yaladigan qismini geteroxromatin (xromosyont'r)kuchsiz bo’yaladigan qismini euxromatin deb" ataladi. Xromosomalarning euxromatin rayonlari interfaza davrida despirallangan bo’lib, profaza davriga kelib qayta spirallanadi. Bu rayonlar genlarning asosiy kompleksini tashkil qiladi va ular xromosomalarning «aktiv» zonasi isoblanadi. Geteroxromatin rayonlar interfazada despirallanmasdan xromosentr shaklida saklanadi va sentromera, telomera uchastkalarida to’planadi. Geteroxromatin rayonidagi DNK euxromadida_nisbatan to’rg’undir. Bu rayonlar genlarni saqlamashda, balki ularning miqdor ko’rinishlariga ta’sir qilib, genetik nukdai nazaridan inert hisoblanadi, ayrim geteroxromatin qismlarining yo’qolishy hujayra funksiyasiga ta’sir qilmaydi. SHuning uchun har xil ximiyaviy moddalar va tashqi faktor shu uchastkaga tez ta’sir qiladi, chunki bu qismi past labill va sezgir hisoblanadi. Xaroratning pasayishi natijasida geteroxromatin rayonlarida DNK kamayadi va ularning spirallanishi sekinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |