2-savol bayoni: Yadrocha tashkilotchisi DNK sida ribosomal RNK hosil bo'iadi va oqsilli qobiq bilan o'ralib, ribosomaga aylanadi, ular yadrochadan chiqib, kariopiazma yoki sitoplazmada oqsii sintezida qatnashadi.
Yadrocha fizik xususiyatlariga ko'ra yadroning zichlanganroq qismi bo'lib, kuchli nur sindirish xususiyatiga ega. Yadrochaning kimyoviy tarkibi RNK konsentratsiyasi biroz yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Yadrochaning asosiy komponentlari kislotali oqsillar (fosfoproteinlar) va RNK dir. Bulardan tashqari, yadrochada bog'langan yoki erkin holdagi kalsiy, kaliy, magniy, temir va rux fosfatlari uchraydi. | Yadrochada DNKning mavjudligi aniqlanmagan. Yadrochalaming ! fimksiyasi sitoplazmani ta’minlovchi ribosomalami hosil qilish yoki j yig'ishdir. Buni quyidagi misolda ko'rish mumkin. Ba’zi baqalar ustida o'tkazilgan tajribalarda gomozigota holidagi tuxumda yadrocha bo'lmagan. Bunda otalangan tuxum blastula bosqichigacha rivojlangan. ; Blastomerlaming yadrolarida ribosomalar hosil bo'lmaydi, murtak o'ladi, blastula bosqichigacha taraqqiy etishi ovogonez vaqtida hosil bo'lgan ribosomalar hisobiga bo'iadi.
Yadrocha tipik interfaza yadrosining doimiy qismi bo'lib, membranaga ega bo'lmagan birdan bir strukturadir(ilova,32). Uning kattaligi har xii bo'lib, u hujayraning funksional holatiga bog'liq. Yirik yadrochalar odatda embrional hujayralarda yoki oqsilni faol sintezlayotgan hujayralarda, sutemizuvchilaming ootsitlarida, nerv ’ hujayralarida va ba’zi bez hujayralarida uchraydi. Yadrochalar faol maydalanayotgan tuxum hujayralarida bo'lmaydi. Ba’zan hujayralar bir qancha yadrochaga ega bo'iadi, ularning ko'pchiligi amfibiylaming ootsitlarini intensiv o'sish davrida hosil bo'iadi.
Binobarin, ribosomalar yadrochalarda shakllanadi, lekin ribosomalaming hosil qiluvchi RNK va oqsillar xromosomalar bilan bog'liq bo'iadi. Hozirgi vaqtda yadrochada yig'iladigan RNK ni DNK ■ dan hosil bo'lishi aniqlangan, ammo yadrochaning oqsili qanday hosil bo'lishi hozirgacha aniq emas. Ko'rinishicha, u yadrochaning o'zida hosil bo'lib, RNK bilan birlashib, ribosomani hosil qiladi.
Yadrocha doimiy struktura emas: u mitozning boshlanishiga yo'qolib | ketib, telofazaning oxirida yana hosil bo'iadi. Yadrochaning RNK va I oqsiii yadrochaning tashkilotchisi zonasida yig'iladi yoki RNK yangidan sintezlanadi, so‘ng RNK va oqsii yadrocha tashkilotchisi zonasida to'planadi va yadrocha shakllanadi. Yadrochalar yadro membranasi orqali sitoplazmaga chiqadi.
Yadrochaning soni yadrocha tashkilotchisi soniga va yadroning ploidligiga bog'liq holda ortib boradi. Buni tasdiqlovchi dalillar dumsiz baqalardan Xenorus laevis ning mutant formalarida olingan. Mutatsiya bir xromosomada ikkilamchi qisilmaning yo‘qolishi (deletsiya) bilan bog‘liq ekan, binobarin, bitta yadrocha tashkilotchisi yo'qolgan bo'iadi.
Gomozigotali mutant embrionlarda yadrochalar hosil bo'lmaydi va ular tuxumdan chiqiboq o'ladi. Geterozigotali formalarda esa, doimo bitta yadrocha va bitta yadrocha tashkilotchisi bo'iadi (bir genomda).
Ba’zan bitta yadrochaning hosil bo'lishida bir necha yadrocha tashkilotchisi qatnashishi mumkin. Masalan, bug'doy va javdar bug'doy duragayida ikkala turning bir necha xromosomaiari bitta yirik yadrochani hosil bo'lishida qatnashadi. Yadrochalaming bir-biriga quyilib ketishi va kurtaklahishini mikrokino metodi orqali kuzatilgan.
Yadrocha hujayraning boshqa strukturalariga nisbatan juda zich, RNK konsentratsiyasi va RNK sintezi yuqori bo'lgan strukturadir. Masalan, spinal gangliy hujayralarida yadrochaning zichligi yadronikidan uch marta, sitoplazmanikidan biryarim marta ortiq. Yadrochaning 60-90% i oqsildan iborat. Yadrochaning zichligi yuqori bo'lganligi uchun, uni hujayra yadrolari gomogenatidan osongina ajratib olish mumkin. Sitokimyoviy tekshirishlar, yadrochada kislotali fosfoproteidlar va asosli (giston emas) oqsillar bo'lishini ko'rsatdi. Yadrochada RNK ning konsentratsiyasi hujayraning boshqa komponentlarinikidan doimo yuqori bo'iadi. Yadrochada RNK ning konsentratsiyasi yadronikidan 2-8 marta, sitoplazmanikidan 1-3 marta yuqori bo'iadi, Masalan, sichqonning jigar hujayrasida yadro, yadrocha va sitoplazmadagi RNK nisbati-l:7,3:4,1 ga, oshqozon osti bezi hujayrasida esa-1:9,6:6,6 ga teng. Tekshirishlar sitoplazmatik RNK ni yadrochada sintezlanishini tasdiqladi, 70-90% sitoplazmatik RNK ribosomal RNK hisoblanadi.
Zamonaviy metodlami qo'llash yadrochaning morfologik tuzilishini uning vazifasiga bog' liq holda o'rganishga imkon berdi. Turli hayvon va o'simlik hujayralari yadrochalarini o'rganish ulami to'rsimon yoki tolali tuzilishga egaiigini ko'rsatdi. Bu strukturalami diffuziya holdagi ancha zich massa birlashtirgan bo'ladi. Tolali strokturalami maxsus ishlov berilgan preparatlarda yorug'iik mikroskoplarida ham ko'rish mumkin.
Tolali qismni nukleonema deb, diffuziya holdagi gomogen qismni-amorf qism yoki modda deb atash qabul qilingan. Yana ham aniqroq kuzatishlar yadrochaning asosiy komponentlari diarnetri 15 nm zich granulalar va yo'g'onligi 4-8 nm bo'lgan ingichka fibrillar ekanligini ko'rsatdi. Ko'p hollarda, fibrillar zich markaziy zonaga to'plangan bo'lib, bu joyda granulalar bo'lmaydi. Granulalar periferik qismda tarqalgan. Bu zonada yo'g'onligi 4-8 nm fibrillar g'ovak holda joylashadi. Granulalar ham, fibrillar ham ribonukleoproteidlardan tuzilgan.
Yadrochaning ultrastrukturasi RNK sintezining faolligiga bog'liq. RNK sintezi kuchli bo'Iayotganda yadrochada ko'plab granulalar ko'rinadi, sintez to'xtashi bilan ularning soni keskin kamayib ketadi, yadrocha zich fibrilyar tanachaga aylanadi.
Ma’lumki, yadrocha profazada yo'q bo'lib ketadi va telofazaning o'rtasida yana paydo bo'ladi. Bu oraliqda RNK sintezi to'xtaydi. Profazaning oxirida yadrochaning hajrai, granulalaming soni kamayadi, . fibrilyar komponent mayda g'ovak qismlarga parchalanib ketadi. Fibrilyar va granulyar komponentlar yadro moddasi ichiga tarqab ketadi va xromosomalar oralig'ini to'ldiradi. Yadrochaning qayta hosil bo'lishi hujayrada RNK sintezining tiklanishi davriga to'g'ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |