1-savol bo’yicha dars maqsadi: Somatik hujayralarning ko’payishdagi hodisalarni biladi. Mitozni amitoz bilan farqlaydi.
1-savol bayoni:Hujayralarning bo’linishi umumiy reproduksiya (qayta ishlab chiqarishning bir qismidir. Hujayra elementar biologik sistema sifatida bo’linish yo’li bilan o’zining uzuliksiz hayotini davom ettiradi.
Ko’p hujayrali organizmlar bitta hujayradan zigotadan bo’linish yo’li bilan rivojlanadilar. Bu organizmning o’sishi hujayralarning sonini ortishi bilan bo’ladi. Bir hujayrali organizmlar bo’linishida 2 ta organizm hosil bo’ladi, ya’ni bo’linish bu turning individini sonini ortishi uchun xizmat qiladi.
Katta organizmlarda o’sish tuxtagan bo’lsa, hujayralarning bo’linishi davom etadi. Bu bilan fiziologik reproduksiya amalga oshiriladi.
Ammo, hamma hujayralar ham bo’linavermaydi. Masalan, sut emizuvchilarning nerv hujayralari rivojlanishning ma’lum etaplarida bo’linishdan tuxtaydi.
Mitoz- O’simlik, hayvon va sodda hayvonlar uchun umumiy bo’linish usuli mitozdir. Bu protsessning biologik ma’nosi shuki, bunda ikkita kiz hujayralar hosil bo’lib, ular bir xil sondagi xromosamalar va ularda bo’lgan DNK ga ega.
Mitozga tayyorgarlik. Ko’payayotgan hujayralar hayotida bo’linish oralig’idagi davr- interfaza va aynan mitoz farqlanadi.
Interfazada hujayra o’sadi, ishlaydi va mitozga tayyorlanadi. Hujayralarning bo’linishga tayyorlanishida qator jarayonlar amalga oshadi.
1. Sitoplazmaning hamma makromolekulali komponentlarining ikkilanishini ta’minlovchi hujayraning o’sishi
2. Xromosomalarning reduplikatsiyasi
3. Mitotik markazlarning ikkilanishi
4. Mitotik apparatning oqsillarini sintezi
5. Energiya zaxirasini tuplanishi
Hujayraning o’sishida bir vaqtning o’zida yadro va sitoplazmaning massasi oradi. Bunda yadroning sitoplazmaga nisbati hamma tip hujayralar uchun nisbatan o’zgarmas bo’lib qoladi.
Otalangan tuxumninng maydalanishida o’sish fazasi bo’lmaydi. Bo’linish juda tez bo’ladi va borgan sari mayda hujayralar hosil bo’ladi. Somatik hujayralar esa bo’linishdan so’ng, avvalgi kattaligiga o’sib yetadi, keyin mitozga kirishadi. Mitoz vaqtida sintetik protsesslar vaqtincha tuxtab turadi. Bunda I-RNK ni hosil bo’lishi va sitoplazmaga o’tishi tuxtaydi.
Mitoz hujayrani hamma qismini o’z ichiga olsa ham ko’proq yadroni tabiati (xromosomalarni hosil bo’lishi) va mitotik apparatni hosil kilayotgan hujayra markazining (sentriola) fuksiyasi qiziqtiradi.
Hujayralarning mitotik bo’linishi quyidagi 4 ta bosqichga ajratiladi: profaza, metofaza, anafaza va telofaza.
PROFAZA Bo’linishni boshlanishi, hujayrani qanday shaklli bo’lishidan kat’iy nazar uning qutblanishi bilan harakterlanadi. Kutblanish sentriolalarni qarama-qarshi tomonga tarqalishi va ular orasida vereteno (duk)ni hosil bo’lishi bilan amalga oshadi. Qutblarni mavjudligi bo’linayotgan hujayra ekvatori tekisligini (yuzasini) belgilaydi. Sentriolalarni va vereteno iplarini mitotik apparat deb ataladi. Sentriolalarni tarqalishi ertaki profazada boshlanadi, mitotik apparatni to’liq shakllanishi esa profazani oxirida tugaydi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda sentriola ham hujayrani avtoreproduksilovchi sistemasiga karar ekan. Hujayra bo’linishi boshlanguncha sentriolalar ikkilangan, ya’ni soni ikki marta ortgan bular ekan.
Ajratib olingan mitotik apparatni analiz qilishni ko’rsatishicha, uni 90 protsenti oqsillardan, qisman RNK, polisaharid va lipidlardan iborat ekan. Mitotik apparatning oqsillarini mitoz boshlanguncha ham sitoplazmada bo’ladi. Mitotik apparatning iplari sitoplazmani boshqa qismga nisbatan zichlanganroqdir.
Shunday qilib, profaza davrida sitoplazmada ikkilangan sentriolalar qutblarga tarqalar ekan, mitotik apparatni avval sintezlangan oqsillari esa veretenoni hosil kilar ekan.
Bu fazada yadro biroz bo’rtadi, xromosomalarning spirallanishi natijasida xromatin iplari yugonroq bo’lib qoladi. Keyinroq spirallanishni davom etish natijasida xromosomalar yugonlashadi va alchida iplar shaklida ko’rinadi. Bu vaqtda xromosomalarni qo’shaloq ekanligi bilinadi. Shu bilan birga yadrocha erib ketadi. Ko’p hollarda yadrochani RNK si yukolib ketmay xromosama bilan bog’lik bo’ladi. Profazaning oxirgi bosqichi yadro qobig’ini yemirilishi bo’ladi. Ultrabinafsha nurlarni ta’siri ostida profazaning boshlanishini orqaga qaytarish, ya’ni interfazaga qaytarish mumkin ekan. Ammo profazaning o’rtasidan qaytarish mumkin emas-baribir hujayra bo’linadi.