O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya



Download 1,31 Mb.
bet3/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

K I R I S H

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishining hayotiy zarurati va dolzarbligi haqida gapirar ekanlar, «Inson shaxsini, uning yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, yosh avlodni boy madaniy merosimiz hamda tarixiy qadriyatlarimizga hurmat-e’tibor, mustaqil Vatanimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash talablari oldimizga muhim vazifalarni qo’ymoqda» deb alohida ta’kidlaydilar.



Rrezidentimiz Islom Karimovning Mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “Bizning vazifamiz, kerak bo‘lsa, oliy burchimiz – farzandlarimizning ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan uyg‘un rivojlangan, zamonaviy bilim va tajribalarni puxta egallagan, Vatanimiz va xalqimiz kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha-barcha ishlarni amalga oshirishdan iboratdir. Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, belimizni mahkam bog‘lab, har birimiz o‘z joyimizda astoydil mehnat qilsak, Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissamizni qo‘shsak, men ishonaman – oldimizda turgan vazifalar qanday ulkan va murakkab bo‘lmasin, biz o‘z ko‘zlagan ezgu marralarimizga albatta erishamiz ” degan fikrlari insonni yanada yonib yashashga undaydi. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bo’lmish yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadrlar bo’lib o’z yurti va xalkiga sitqidildan mehnat qilish, ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mehnat qilishga o’rgatishni nazarda tutadi. Zero, mustaqillik aynan fidoiy, o’z Vatani manfaatlariga g’oyat sadoqatli, yuqori malakali kadrlarning jamiyatni boshqarishini taqozo etadi.

Talabalar hukmiga havola etilayotgan ushbu uslubiy qo’llanma ham mustaqillikning bizga yaratgan cheksiz imkoniyatlari, ijodiy va mustaqil tafakkur qilishning dastlabki mevalaridandir. Chunki zamonaviy kadrlar oldiga qo’yilayotgan eng muhim vazifalardan biri - malakali mutaxassislar sifatida o’zligini, o’z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan tarzda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko’rsatishdir. Bu o’rinda inson ruhiyati qonuniyatlarini o’rganuvchi psixologiya fanining, shaxsga ta’lim-tarbiya berishning sir-asrorlarini o’rgatuvchi pedagogika fanining o’rni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalari, risolalar tayyorlashning ham yangicha uslublarini talab etmoqda. Ushbu uslubiy qo’llanma yoshlarga aynan pedagogik-psixologik bilimlar asoslarini bersa-da, umid qilamizki, ularni o’z atrofida ro’y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o’zi va o’zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo’lmaslik, o’z layoqatlarini o’stirishning elementar vositalaridan bohabar bo’lishga yordam beradi. Chunki shaxsgina o’z qobiliyati, iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, xarakteri xususiyatlarini bilib, uni to’g’ri yo’naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o’ziga, balki jamiyat uchun ham katta foyda keltiradi.

Uslubiy qo’llanma pedagogika va psixologiya asoslari bo’yicha muxtasar bilimlarni bergani bilan uning har bir mavzu yakunida tavsiya etilgan savollar va testlar talabalarni o’z ustida ishlashga o’rgatadi, pedagogika-psixologiyaning boshqa masalalarini ham mustaqil o’rganish hamda tahlil etishga ko’maklashadi.

Pedagogika va psixologiya fanlarini oliy o’quv yurtlarida talabalarga o’rgatishda har bir oliy ta’lim muassasasi ta’lim yo’nalishiga ko’ra dars soatlarini ajratadi. Masalan, O’zbekiston psixologlari orasida E.G’.G’oziyevning 2 jilddan iborat “Umumiy psixologiya” darsligida psixologiya fanining predmeti, bu fanning vujudga kelishi, asosiy sohalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari, psixologiyaning metodologiyasi va prinsiplari, faoliyat, uning tuzilishi, shaxs va uning tuzilmasi, shaxs psixikasining namoyon bo’lish shakllari, shaxsning psixologik xususiyatlaridan qobiliyat, temperament, xarakter kabilar keng va batafsil yoritib berilgan. Nopsixologik va nopedagogik yo’nalishlarda tahsil oladigan talablarga pedagogika va psixologiya fani asoslarini o’qitishda pedagogika, umumiy psixologiya, yosh davrlari va ijtimoiy psixologiyani mavzulari qamrab olinganligini kuzatdik.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda biz jamiyatimiz hayotida ro’y berayotgan barcha o’zgarishlarning ijtimoiy, pedagogik- psixologik mohiyatini bo’lg’usi mutaxassislar tomonidan o’zlashtirilishiga ko’mak beruvchi ilmiy manbalarning ahamiyatini yana bir marotaba ta’kidlashni istardik. Zero, mamlakatimizda o’zining sifat bosqichi doirasida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi barcha ishlarimizning amaldagi g’oyaviy yo’nalishini belgilaydi va yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, - “...yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash” ishining samaradorligiga ulush bo’lib qo’shiladi.

Uslubiy qo’llanma oliy o’quv yurtlarining “Pedagogika va Psixologiya” yo’nalishlariga ixtisoslashmagan mutaxassisliklari bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangandir. Unda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni g’oyalaridan kelib chiqqan holda har tomonlama mukammal, malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasi ko’zda tutilgan.

Mazkur uslubiy qo’llanmada ko’tarilgan muammolarni o’rganishda zamonaviy pedagogik va psixologik texnologiyalardan foydalanish samara beradi. Boblarda ko’zlangan mavzularni talaba shaxsi tomonidan to’laroq va aniqroq idrok etish uchun aqliy xujum, tarmoqlar, yelpig’ich, venna diagrammasi, psixogimnastik mashqlar, sinkveyn, ZXU metodlarini qo’llash tavsiya etiladi. Shuningdek, guruhni guruhchalarga bo’lib, o’qish faoliyatini tashkil etish kerak. Axborot texnologiyalaridan foydalanish chunonchi, psixologiyadagi turli kategoriyalarni slaydlar, rasmlar, diagrammalar xolida ifodalab berish, internet tarmog’ida mavjud veb-saytlarda berilgan materiallarni talabalarga vizual ko’rsatib berish ta’lim sifatini yuqoriga oshiradi.

Demak, hozirgi zamonda har bir shaxs o’zini psixologik xususiyatlarini bilib olishi uchun pedagogika va psixologiya fanidan xabardor bo’lishi kerak. Buning uchun biz adabiyotlar ro’yxatida juda ko’p adabiyotlarni tavsiya etishimiz bilan birga mazkur uslubiy qo’llanmani ham taklif etamiz.

Mualliflar har bir o’quvchi kitobni mutolaa qilish jarayonida unda ko’tarilgan muammolarga befarq qolmaydi, jahonda va mustaqil yurtimizda ro’y berayotgan olamshumul voqyealar mohiyatini anglashda va ularga nisbatan faol hayotiy mavqyening shakllanishida ko’makdosh bo’ladi, deb umid qiladilar.


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   349




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish