O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya



Download 1,31 Mb.
bet6/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

1.2.Olam va dunyoqarash. Dunyoqarashning tarkibiy qismlari, shakllari va turlari va ijtimoiy-tarixiy tiplari
Ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g’oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo’ladi.

Muayyan dunyoqarashga ega bo’lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, subyektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to’laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat tuyg’usiga ega bo’lishi uchun zamin yaratadi.

Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yo’lga qo’yilishi, uning turli yo’nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o’z-o’zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o’zlashtirilishi muhim o’rin tutadi.

Shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo’lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O’z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta’minlaydi. O’z mazmunida ezgu g’oyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon bo’layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi.

Dunyoqarash o’z mohiyatiga ko’ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo’lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o’zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g’oyalar yotadi.

Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.



Aqliy tarbiya va ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari va mohiyati. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o’rin tutadi.

Har bir kishining dunyoga nisbatan o'z qarashi, o'zi va o'zgalar, hayot va olam to'g’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo'ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma'noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to'brisidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o'zining undagi o'rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir.
Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar yibindisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim.
Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, o'z-o'zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bo'lgan qarashlar, tushunchalar, boyalar shakllanadi. Bu - dunyoqarashning o'z-o'zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. Uni ko'pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar.
Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bo'lib, ongning sodda namoyon bo'lish shakllarini ham, oqilona va soblom fikrlarni ham o'z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o'ziga xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar ta'sirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har kimning o'z falsafasi bor» deyilganida ana shu hol anglashiladi. Demak, dunyoqarash o'zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va yetarli darajada asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko'p hollarda kundalik tafakkur muhim masalalarni to'bri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur.
Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu ma'noda, har qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bo'lib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta'siri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Har bir davrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning o'z dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanini ko'rsatadi.
Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma'lum dialektik jarayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o'zgaradi, tarixiy ko'rinishlari muttasil yangilanib turadi.
Ma'lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash nihoyatda oddiy bo'lgan. Agar shunday bo'lmaganida, har qanday jism o'z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqarish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning buyuk olimi Arximed hammomdan yalonboch holda chiqib, «Evrika!», ya'ni «Topdim!», deya qichqirmagan bo'lar edi.
Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomillashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qilingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko'rsatadi. Bunda vorislik an'anasi yaqqol ko'zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqarashi, boyasi o'tmishda yaratilgan ma'naviy qadriyatlarning eng yaxshilarini, ilbor va ijobiylarini o'zida saqlab qoladi. Shu asosda yangi tamoyillarga ega bo'lgan dunyoqarash ham takomillashib boradi. Oddiy bub mashinasidan kosmik raketalargacha bo'lgan fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol bo'la oladi.
Falsafiy dunyoqarash. Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o'zgalarga va ularning faoliyatiga, o'z umri va uning mazmuni kabi ko'pdan-ko'p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo'ladi.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta'sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari aks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuybu, aql-idrok va tafakkur ham muhim o'rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bobliq bo'lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr dunyoqarashida zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o'z ifodasini topadi. Masalan, bugungi O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash zarurati istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta'sir ko'rsatmoqda.


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   349




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish