O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat



Download 425,5 Kb.
bet53/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

Siyosiy harakatlar. Siyosiy harakatlarning ijtimoiy negizi avvalo XIX asr birinchi va ikkinchi yarmida mehnatkashlar ommasi ahvolining iqtisodiy jihatdan tobora og’irlashishi natijasida yuzaga kelib, ishsizlar sonining o’sishiga sabab bo’ldi. Natijada kapitalizm vujudga keltirgan zulm va ekspluatatsiyaga qarshi ommaviy noroziliklar kuchaydi. Bu harakatga 1864 yilda tuzilgan I Internatsional (1864–1876) nazariy va tashkiliy jihatdan boshchilik qildi. Dastlab siyosiy harakatlarning quyidagi turlari yuzaga kela boshladi:
1. Konservativ (lot. himoya qilish, saqlash) oqim – burjua sinfi qarashlarini o’zida jamladi, xalq ozodligi va progressiv g’oyalarga qarshi chiqdi.
2. Reformistik harakat – ishchilar orasidagi siyosiy oqim bo’lib, farovon jamiyatga olib boradigan islohotlar yo’lini qo’llab-quvvatladi.
3. Revolyutsion siyosiy harakat – burjua jamiyatini faqat sinfiy kurash orqali yo’qotib, uning o’rniga proletariat diktaturasi o’rnatishni maqsad kilib qo’ydi.
4. Kontrrevolyutsion siyosiy harakat – bu inqilobga zid fitna, suiqasd, fuqarolar urushi, sabotaj aktlari, qo’poruvchilik bilan kurash olib bordi.
Siyosiy harakatning asosiy formalari:
1) Iqtisodiy kurash – moddiy manfaatdorlikni himoya qiladi.
2) Siyosiy kurash – siyosiy hokimiyatni qo’lga olish.
3) Mafkuraviy kurash – xalqning o’zini anglab yetishini shakllantirish.
Natijada, XIX asrda ishchilar harakati 2 oqimga – revolyutsion va reformistik oqimga bo’linib ketdi. Ishchilar sinfi:
1) Revolyutsion oqimga bo’lindi (Kompartiyalar shakllandi).
2) Reformistik oqim (Sotsial-demokratik partiyalar paydo bo’la boshladi).
Hozirgi davrda bir mamlakat ichida va xalqaro maydonda ro’y berayotgan ziddiyatli vaziyatlar, hududiy nizolar, xavf-xatarlar aholi turli qatlamini tashvishga solmoqda. Siyosiy harakatlarning vujudga kelishi uzoq tarixiy taraqqiyotning natijasidir. Bu harakatlar turli davrlarda xalq ommasining zulm va zo’ravonlikka, milliy va irqiy kamsitishlarga qarshi noroziliklari natijasi sifatida namoyon bo’lib kelgan. Siyosiy harakatlar turli ijtimoiy mavqega ega bo’lgan siyosiy, diniy e’tiqodlari ham turlicha, millati, irqi, jinsidan qat’iy nazar umumiy maqsad atrofida ixtiyoriy ravishda birlashgan kishilar ittifoqidir. Hozirda siyosiy harakatlarning asosiy yo’nalishini, jahon tsivilizatsiyasini termoyadro urushi va terrorizm, ekologik halokatlardan saqlash, ochlik, qashshoqlik, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash kabi muammolarni hal qilish zaruriyati tashkil etadi.

Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish