O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Download 8,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/126
Sana31.05.2022
Hajmi8,76 Mb.
#622276
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126
Bog'liq
fayl 1789 20210911

13.8-rasm. Ekstsentrikli qisqich. 
 
13.4. Polispastlar 
Yukdan arqon tarmog’iga tushadigan kuchni kamaytirish yoki 
yukning ko’tarilish tezligini oshirish uchun xizmat qiladigan, egiluvchan 
organ orqali biriktirilgan qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas bloklar 
sistemasi polistpast deyiladi. Kuchni kamaytirish uchun ishlatiladigan 
polistpastlar kuch polistpastlari va tezlikni oshirish uchun ishlatiladigan 
polistpastlar esa tezlik polistpastlari deyiladi. Bunda mexanikaning 
kuchdan qancha yutilsa, yo’ldan shunchalik yutqiziladi, degan 
qonunidan foydalaniladi. 
Polispastning asosiy xarakteristikasiga uning karraligi kiradi. U 
yukni ko’tarish uchun talab etiladigan kuch yukning berilgan massasidan 
necha marta kichikligini ko’rsatadi. Ko’tariladigan yuk massasi 
taqsimlanadigan polistpast tarmoqlarining miqdori son jihatdan 
polispastning karraligiga teng bo’lgani uchun, uni aniqlashning quyidagi 
oddiy usulini tavsiya etish mumkin. Polispast karraligi bloklarni aylanib 
o’tadigan arqonning barcha tarmoqlari sonining barabanga kelayotgan 
arqon tarmog’i soniga nisbatiga teng bo’ladi. Polispastning karraligi 
qancha katta bo’lsa, berilgan yukni ko’tarish uchun chig’ir hosil qilishi 
zarur bo’lgan taranglik kuchi shuncha kichik va barabanga o’ralayotgan 


177 
arqonning yukni berilgan tezlikda ko’tarishni ta’minlaydigan tezlik 
shuncha yuqori bo’ladi. 
13.9-rasm. Polispast sxemasi. 
Polispastlarning quyidagi turlari mavjud: erkin tarmoq siljimas 
oboyma blokida borib keladi va po’lat arqon oxiri qo’zg’almas blokga 
mahkamlangan (13.9-rasm, a); erkin tarmoq qo’zg’almas blok 
oboymasida borib keladi, po’lat arqon oxiri esa qo’zg’aluvchan 
oboymaga maxkamlangan (13.9-rasm b); erkin tarmoq blokning 
siljuvchi oboymasi bilan borib keladi po’lat arqon oxiri esa qo’zg’almas 
blokka maxkamlangan (13.9-rasm, v); erkin tarmoq siljuvchi blok 
oboymasi bilan borib keladi va po’lat arqon oxiri siljuvchi oboymaga 
maxkamlangan bo’ladi (13.9-rasm,g). 
Kuchdan va tezlikdan yutish uchun ishlatiladigan polispastdan 
foydalanganda, arqon kesimini va barabanda hosil bo’ladigan burovchi 
momentni kamaytirish mumkin. Arqon tezligini oshirish elektr dvigatel 
va baraban orasidagi uzatishlar sonini kamaytirishga va ko’tarish 
mexanizmi og’irligini yengillash-tirishga olib keladi. 
Arqonli polispastning foydali ish koeffisienti 
13.2-jadval 
Blok 
podshipniklari 
Blokning 
FIK 
Polispastning FIK 
Polispast karraliga 





Sirpanish 
Dumalash 
0,96 
0,98 
0,98 
0,99 
0,96 
0,98 
0,94 
0,97 
0,92 
0,96 
0,90 
0,95 


178 
Parallel joylashgan
 
ikkita polistpastlar bir-biri bilan tenglovchi 
(muvozanatlovchi) blok S (13.9-rasm, b) orqali bog’langan sistemaga 
qo’shma polispast deyiladi. Bu polispastlar arqon tarmoqlarini ikki 
barobar oshirish va kesimini kichraytirish imkonini beradi. Bu 
polispastda baraban uzunligi ikki barobar katta bo’lishi sababli yakka 
polispastlardan farq qiladi. Barabandagi aylanma kuch, arqonning ikki 
tarmog’idagi kuchning qo’shilganidan hosil bo’ladi.
13.5. Bloklar 
Blok yuk ko’tarish uchun zarur bo’lgan kuchni kamaytirishga yoki 
bu kuchning yo’nalishi o’zgartirishga imkon beradi. 13.10-rasm, 
a
da 
blokning arqon ostidagi profili ko’rsatilgan. 

Download 8,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish