АMАLIY MАSHGʼULOT №21
(2-soat)
MАVZU: MАTERIАLLАRNI METАLL QOPLАMАLАR YORDАMIDА KORROZIYADАN XIMOYA QILISHNI OʼRGАNISH
Metall qoplamalar vazifasi, foydalanish sharoiti, qoplash mexanizmi va himoya mexanizmi boʼyicha klassifikatsiyalanadi.
Vazifasi boʼyicha metall qoplamalar quyidagi turlarga boʼlinadi:
-himoya qiluvchi asosiy metalni korroziyadan himoya qiluvchi;
-himoya manzarali (dekorativ) korroziyadan himoya qilish bilan birga pardoz beruvchi;
- maxsus maqsadlarda qoʼllaniladigan. Misol uchun qattiqliki oshiruvchi, issiqqa chidamlilikni oshiruvchi, issiqqa bardoshlilikni oshiruvchi, antifriqktsion xususiyatlarni oshiruvchi.
Foydalanish sharoiti boʼyicha qoplamalar agressiv muhitda, atmosfera sharoitida, yuqori haroratda foydalanuvchilarga boʼlinadi.
Qoplash usuli boʼyicha metall qoplamalar galvanik, issiq, termodiffuzion, metallizatsion, ikki tomonlamaga boʼlinadi.
Qoplash usulidan qatʼiy nazar metal qoplamalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-asos bilan yuqori darajadagi adgeziya, foydalanishning xar qanday sharoitida qatlamga ajralmaslik.
-zich boʼlishi, buyumni korroziya bardoshligini taʼminlovchi, mayda kristalli boʼlishi;
-minimal gʼovaklilik;
- maxsus talablarni qondirish. Misol uchun qattiqliki oshirish, issiqqa chidamlilikni oshirish, issiqqa bardoshlilikni oshirish, antifriktsion xususiyatlarni oshirish.
Himoya mexanizmi boʼyicha metall qoplamalar anodli va katodli turlarga boʼlinadi. Katod qoplamalarga potentsiali ushbu muhitda asosiy metall potentsialiga nisbatan musbatroq boʼlgan qoplamalar kiradi. Misli, nikelli, oltinli, kumushli, palladiyli qoplamalar poʼlatga nisbatan katod qoplama boʼlib hisoblanadi. Katod qoplamalarda gʼovaklik, yoriq va boshqa nuqsonlar boʼlmasa, yaʼni u zich boʼlsa qoplama metalni ishonchli himoya qiladi. Qoplama shikastlanganda korrozion element yuzaga keladi, bunda asosiy metall anod boʼladi va eriydi, qoplama materiali katod boʼlib unda vodorodni tiklanishi yoki kislorodni ionlashuvi amalga oshadi.
Аnodli himoya asosiy metalga nisbatan manfiyroq potentsialga ega. Ruxli, kadmiyli marganetsli va boshqa birikmalar asosiy metalga nisbatan anodli qoplama boʼlib xisoblanadi. Аnodli qoplama qoʼllanganda qoplamaning zichligi shart emas.
21.1-Rasm. Metalning qoplamasi shikastlangandagi nordon eritmadagi korroziya sxemasi.
a - katodli, b - anodli; 1- eritma, 2 - qoplama, 3 - asosiy metall, 4 – qoplamadagi nuqson.
Qoplamalarda nuqsonlar mavjudligida agressiv muhit taʼsirida korrozion galvanik element hosil boʼladi va asosiy metal katod boʼladi, metal qoplama esa anod boʼlib himoyalanayotgan metall korroziyaga uchramaydi, 6.1 b rasm.
Аnod qoplamalarining himoya xususiyati va xizmat muddati ularning qalinligiga bogʼliq, katod qoplamalarning himoya xususiyati va xizmat muddati esa qoplama qalinligi bilan birga ularning yaxlitligi (zichligiga)ga bogʼliq.
Qoplamalarni tanlashda konstruktiv xususiyatlar bilan birga detaldan foydalanish sharoitini, metalni korroziya bardoshligini, detalьni uzelga birikkanda hosil boʼladigan galvanik juftlarning mumkinligi va qoplamani himoya xususiyatlari tasniflarini, shuningdek asosiy metal va qoplamaning elektrokimyoviy xususiyatlarini xisobga olish kerak. Metalni elektrokimyoviy xarakteristikasini aniqlovchi koʼrsatgich uning elektrod potentsialidir.
Detal va uzellar birikkanda galvanik juftlar hosil boʼlmasligi kerak. Mashinasozlik maʼlumotnomalarida maxsus jadvallar boʼlib, ularda ruxsat qilingan va ruxsat qilinmagan galvanik juftlar xaqida maʼlumot keltirilgan.
Issiq usul yoki erigan metalga botirib olish. Bu usul metall varaqalarni simlarni va tayyor buyumlarni yuzasini metall bilan qoplashni qadimiy usullaridan biri. “Issiq” qoplash erigan metalga qoplanuvchi metalni botirib olishdan iborat. Erigan metall sifatida erish harorati uncha katta boʼlmagan metallardan foydalaniladi: rux 4190S; qalay 2320S; qoʼrgʼoshin 3270S; alyuminiy 6580S.
Metalni qoplashdan oldin uni tarkibi 52-56% xlorid ammoniy, 5-6 glitserin va qolganlari xloriddan iborat boʼlgan flyus bilan ishlov beriladi. Flyus eritmani oksidlanishdan saqlaydi, bundan tashqari metal yuzasidagi oksid va tuz plyonklaroni yoʼqotadi.
Bu usulning kamchiligi qoplanadigan metal sarfi kattaligi, qoplama qalinligini notekisligi, metalni tor joylarga kiritish imkoniyati ozligi va xokazo.
Metallarni issiq oqartirish oziq ovqat sanoatida qoʼllaniladi.Issiq ruxlash tayyor buyumlarni atmosfera korroziyasidan saqlash uchun bajariladi.
Kimyo sanoatida temir yoki poʼlatga alyumin qoplanadi.Аlyumin qoplama olish uchun vannadagi harorati 780-8000S boʼlgan erigan alyuminiyga detal 40-50 minut botiriladi.
Issiq qoʼrgʼoshinlash keng qoʼllaniladi. Issiq qoʼrgʼoshin qoplamalar aralashtirgichlarni, kranlarni va turli armaturani himoya qilish uchun foydalaniladi. Temirning yuzasida hosil qilinadigan bir necha mm. li qoʼrgʼoshin zich va gʼovaksiz qatlam hosil qiladi.
Аloxida muxim apparatlarni yoki juda agressiv muhitda ishlovchi metallar uchun gomogen qoʼrgʼoshinlashdan foydalaniladi. Bunda qoʼrgʼoshin oldindan oqartirilgan yuzaga tomchilatiladi va detalni xoʼllab, detal yuzasida tarqalib yuzada gomogen qoplama hosil qiladi. Misol uchun gomogen qoʼrgʼoshin bilan qoplangan idishda brom saqlanadi va transportirovka qilinadi.
Changlatish bilan metallash. Bu usulning moxiyati shundan iboratki erigan metall qisilgan xavo oqimi yoki inert gaz yordamida himoyalanadigan metal yuzasiga beriladi. Katta tezlikda xarakatlanayotgan erigan metall zarrachalari himoyalanadigan metal yuzasiga urilib metall qoplama hosil qiladi. Metal sim koʼrinishda sachratgichga keladi va u gaz alangasida yoki elektr yoyida eriydi. Sim maxsus mexanizm yordamida 2 m\min tezlik bilan beriladi. Qoplama buyumlarni korrozion muhitdan himoya qilish, yoyilgan ishqalanuvchi yuzalarni tiklash , buyumlarga issiqqa chidamlilik xususiyatini berish maksadida beriladi.
21.2 rasm Elektrometallizator qurilmasi sxemasi.
1- sim, 2- apparat korpusi, 3-simni tortish mexanizmi, 4-uchlik, 5- xavo soplosi, 6 elektr yoyi, 7- detal
6.2 rasmda sim turidagi elektrometallizator qurilmasini sxemasi keltirilgan. Elektr toki oʼtadigan sim uchi uchlik (4) dan chiqib, uchrashadi va elektr yoyi hosil boʼladi, natijada sim uchlari eriydi. Soplodan chiqayotgan xavo (5) erigan metalni changlatadi.
Ikki dona sim oʼrniga uch dona sim chiqarib unga uch fazali tok ulash mumkin.
Bu holda simlar uchi qoʼshilib birga yonadi. Bunda metalizatsion apparat soxta quyma olish kerak boʼlgan joyda ishlatiladi. Misol uchun temirni mis bilan quymasi, rux, alyuminiy va boshqalar. Bunday usulda olingan soxta quymalarda juda yuqori antifriktsion xususiyatlar boʼladi.
Gazli metallashda erigan metal zarrachalari mayda va ular metalga tekkis taqsimlangan boʼladi. Elektrik metallashda sim uchlarini bir xilda eritish imkoniyati boʼlmagani uchun changlatilgan qatlamda oʼlchami 10....100 mkm gacha boʼlgan zarrachalar boʼladi.Zarrachalar oʼlchamini bunday xar xilligi koplangan qoplamani fizik mexanik xususiyatlarin yomonlashtiradi. Metallash jarayonida qoplanayotgan metal uncha qizitilmaydi, shuning uchun bu metalni fizik mexanik xususiyatlari oʼzgarmaydi.
Olingan qoplama tangasimon struktura va yuqori gʼovaklikka ega. Metallashda metallni katta qismi yonishga changlatishga sarf boʼladi, qoplamada gʼovak strukturali, qalinligi notekis, adgeziyasi past darajada boʼladi. Hosil qilingan qatlam qalinligi 0,5-0,7 mkm.
Changlatish usuli sanoatda katta oʼlchamdagi konstruktsiyalarni yigʼilgan xolatnii, rezervuarlarni, gazgolderlarni qoplashda ishlatiladi.Koʼrsatilgan kamchiliklar natijasida bu usul kimyo mashinasozligida keng qoʼllaniladi.Xuddi shunday usul bilan oltingugutli neftni qayta ishlash jixozlari qoplanadi.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
1.Metallarni galvanik usul bilan qoplashni oʼrganing va tushuntiring.
2. Metallarni termodiffuzion yoʼl bilan qoplashni oʼrganing va tushuntiring.
3. Metall yuzasini polimerlar bilan qoplashni oʼrganing va tushuntiring.
Nazorat savollari.
1. Vazifasiga koʼra metall qoplamalar qanday turlarga boʼlinadi?
2. Foydalanish sharoiti boʼyicha qoplamalar qanday turlarga boʼlinadi?
3. Himoya mexanizmi boʼyicha metall qoplamalar qanday turlarga boʼlinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |