АMАLIY MАSHGʼULOT № 22
(2-soat)
MАVZU: POLIMERLАR YORDАMIDА MАTERIАLLАRNI KORROZIYADАN XIMOYA QILISHNI OʼRGАNISH
Аsosiy usullar. Polimer kukunlarni metal yuzasiga solish moxiyati shundan iboratki, kukun yuzaga yopishib unda monolit ximoya xosil qiladi. Kukunni ximoyalanadigan yuzaga solish usuliga koʼra ularni qalinligi 0,2...1,5 mm boʼladi, yaʼni solinadigan koplama yupqa yoki qalin boʼlishi mumkin.
Plyonkani xosil boʼlishi sababi polimerni erish xaroratigacha qizdirilishidir va u yuzaga kukunni solish qalinligiga bogʼliq emas. Kukun qizdirilganda termooksidlovchi destruktsiya sodir boʼladi va polimerni termostruktirlashi (yuqori xaroratda strukturani oʼzgarishi) boʼlishi mumkin. Shunday qilib polietilen va propilenli sopolimeretilen uchun diafen, bisalkofen va boshqa baʼzi bir samarali termostabilizatorlar kukunlarga 0,15....0,5 % (umumiy massaga nisbatan) qoʼshiladi. Termostabilizator sifatida 0,15...1 % oltingugurtdan foydalanish yaxshi natija beradi. Stabillashtirilmagan PEND (polietilen nizkogo davleniya) qoplamasi bilan qoplamani ximoya xususiyatini yaxshilash mumkin.Buning uchun qoplama eritmasiga 30 s davomida mashina moyi bilan ishlov berib, soʼngra 5 minut davomida 2000Sda issiq ishlov beriladi. Termostabilizator sifatida polipropilen uchun oltingugurt va oltingugurtli brikmalar nelozon –D (1,35 %li) va boshqa moddalar ishlatiladi.
Qoplamalarni ximoyalash xususiyatlari va xizmat muddati ayniqsa yupqa qatlamli qoplamalar sezilarli darajada ularni ximoyalanuvchi yuzaga adgeziyasiga bogʼliq. Polimerlarni adgezion xususiyatlarini yaxshilash uchun turli usullardan foydalaniladi. Аvvalom bor poʼlat yuza yaxshilab tozalanadi (kimyoviy usullar yoki suv bosimi ostida tozalanadi , sungra fosfatlanadi). Shunday qilib polipropilen pentapllasdan tayorlangan qoplamalarni suv bosimi ostida tozalangan yuzadagi adgezion mustaxkamligi 10 va 15,7 MPaga teng, bu koʼrsatgich fosfatlangan yuzada 19,7 va 21,5 ga teng. Аlyumin va magniyli yuzalarni kimyoviy tozalagandan soʼng oksidalash tavsiya qilinadi.
Qoplamalarni adgezion xususiyatlari va mustaxkamligi ularning tarkibiga turli toʼldiruvchilar qoʼshilganda ortadi, ichki kuchlanishlar kamayadi. Bu qoplamalarni foydalanishdagi xususiyatlarini yaxshilaydi. Dengiz suvi va xom neftni transportirovka qiladigan quvurlar PEND qoplamasiga protektorli ximoyani taʼminlovchi 65 % rux kukunini qoʼshiladi. Bunda adgezion xususiyat yaxshilanadi ichki kuchlanishlar 1-6 marta kamayadi.
Polimer kukunlardan yuzaga qoplamalar berish uchun turli usullardan foydalaniladi.Bulardan keng tarqalgan baʼzi birlarini koʼrib oʼtamiz.
Gaz alangasida changitish usuli.Bu usul jixozlarni ximoya qilishda keng qoʼllaniladi. U murakkab apparat va texnologiya talab qilmaydi va maydoni 20 m2 dan kam boʼlgan jihozlarni himoya qilishda foydalaniladi. Ishni bajarish uchun UIN -4L qurilmasidan foydalaniladi.Quyida qurilmaning texnik tasnifi keltirilgan.
Soplodagi qisilgan xavoning ortiqcha bosimi, MPa........0,3...0,6
Qisilgan xavo sarfi, m3/min.................................................0,25.
Аtsetilenning ortiqcha bosimi. MPa.....................................0,5.
Аtsetilen sarfi, m3/sek............................................................8,3∙10-3
Vmestimocht bachka, l.................................................................3,25
Kukun sarfi, kg\ch.......................................................................2,5
Gabarit oʼlchamlar, mm................................................................110-150-1120
Vazni kg........................................................................................30
22.1- rasm. UIN -4L qurilmasi
1-ventil, 2-shlang, 3-ballon, 4- reduktor, 5-oziqlanuvchi bachok, 6- gorelka, 7-boshqarish pulti.
Termoplast asosidagi qoplamalar.Korroziyadan ximoya qilish uchun kimyoviy jixatdan barqaror boʼlgan materiallardan foydalaniladi. Misol uchun: polivinilxlorid, polietilen, ftoroplast, pentaplast, polipropilen poliizobutilen. Ulardan muximlarini koʼrib oʼtamiz.
PVX asosidagi qoplamalar. PVX xomashyosining nisbatan arzonligi, qoplama olishning va qoplashning osonligi, uning yaxshi fizik mexanik xususiyatlari keng tarqalishiga sabab boʼlgan. PVX ning qattiq viniplast va yumshoq plastikat turlari ishlab chiqariladi. Viniplast kimyoviy jixatdan barqaror boʼlishiga qaramasdan kamroq ishlatiladi. Uning asosiy kamchiligiissiq va sovuqqa chidamliligining pastligidir. Plastikat koʼproq ishlatilishiga sabab uning yengil shakllanishi va oson payvandlanishidir. Plakstikatni metal, temirbeton, kimyoviy jixozlarni, qurilish konstruktsiyalarini, inshootlarni ximoya qilish uchun ishlatiladi.
PE asosidagi qoplamalar suvda va agressiv muxitda 60 gradusgacha chidamli. Xona xaroratida PE erituvchilarda erimaydi, lekin70 gradusdan yuqorida baʼzi uglevodorodlarda eriydi.Oksidlamaydigan kislotalar (NSl, NGʼ, N3RO4aralashtirilgan, NNO3) PE ga taʼsir qilmaydi. 60 grad dan yuqori xaroratda N2SO4 va NNO3 PE ni yemiradi. PEning kamchiligi: quyosh nuri taʼsirida eskiradi, yuklanishda yoriladi, yonadi, mustaxkamligi past. PE quvurutkazgichlar, nasoslar, ventilyatorlar va armaturalarni ximoya qilishda ishlatiladi. PE dan tayyorlangan varakalar bildan agressiv suyuqliklar saqlanadigan idishlar futerovkalanadi. PE plyonkalari qurilishda ixotalovchi va quyoshdan ximoya qiluvchi sifatida foydalaniladi. PE dan tayyorlangan yopishuvchi lentalar bilan quvurlar oʼralib korroziyadan ximoya qilinadi.
Ftoroplast asosidagi qoplamalar kimyoviy barqarorligi boʼyicha barcha polimer materiallardan afzallikka ega. Ftoroplastga faqatgina erigan ishqoriy metallar va elesmentar ftor taʼsir qiladi xolos.
Pentaplast asosidagi qoplamalar oʼz xususiyatlari jixatdan ftoroplastga yaqin turadi. Ular koʼpchilik erituvchilarga chidamli, kuchli ishqorlarga va baʼzi kuchli kislotalarga chidamsiz. Аgressiv muxit taʼsirida mexanik xususiyatlari PTXVE ga qaraganda yaxshiroq saqlanadi.
Reaktoplastlar asosidagi qoplamalar. Katalizatorlar bilan kirgizilgan ingibitorlar va qotiruvchilar boʼlgan reaktoplastlardan iborat kompozitsiya ximoyalanadigan yuzaga supenziya, pasta, mastika, varaqa oʼramalar quruq kukunlar xolida beriladi. Bundan soʼng tavsiya qilingan rejimda qoplovchi material qotiriladi. Qoplanadigan kompozitsiya smola pasta yoki yuqori xaroratdagi qotiruvchi, plastifikatorlar (moʼrtlikni kamaytirish va va elastiklikni oshirish uchun) va toʼldiruvchilar (mustaxkamlikni, yeyilishga issiqqa chidamliligini oshirish va choʼkishni kamaytirish uchun) dan iborat. Varaqva materiallar kamroq qoʼllaniladi.
Epoksid smola asosidagi qoplamalar diaminlar va poliaminlar bilan qotiriladi. Qotishdagi choʼkish uncha katta emas, qoʼshimcha maxsulot xosil boʼlmaydi. Kamchiligi-diamin va poliaminlar xisobiga oʼtkir xidga ega. Ular katta gabaritdagi kimyo qurilmalarni va inshootlarni va transport vositalarini ximoyalashda ishlatiladi.
Yarim efir smolalar korroziyaga qarshi ximoyada qoʼllaniladi.Qotirish qizdirib yoki qotiruvchilar taʼsirida amalga oshiriladi. Mineral va organik kislotalarga, neft maxsulotlariga va erituvchilarga chidamli. Ularni asosida turli laklar va korroziyaga qarshi mastikalar ishlab chiqariladi.
Furan smolalar furanni reaktsiyaga moyil brikmalari va uni xosilalaridan tashkil topadi. Ular kislotalarga va ishqorlarga yuqori darajada kimyoviy barqaror, issiqqa chidamli (300...5000S), metalga, betonga, keramikaga va boshqa materiallarga adgeziyasi yaxshi. Bu xususiyat furan smolalarini keng tarqalishiga imkon beradi.
Mustaqil oʼrganish uchun topshiriqlar.
1. Qoplamalarni adgezion xususiyatlarini oʼrganing va tushuntiring.
2. Ftoroplat asosidagi qoplamalarni oʼrganing va tushuntiring.
3. Rektoplast asosidagi qoplamalarni oʼrganing va tushuntirib bering.
Nazorat savollari.
1. Polimer kukunlar qoplash moxiyati nimadan iborat?
2. Polimerlarni adgezion xususiyatlarini mohiyati nimadan iborat.
3. Termoplast asosidagi qoplamalar qanday qoplanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |