АMALIY MASHGʼULOT №1
(2-soat)
Mаvzu: Dastgoh hamda texnologik tizimlarni ishonchligi. Jihozlarni texnik ko’rikdan o’tkazish va taʼmirlash tizimini tashkil qilish.
Ishonchlilik – mashinaning vaqt davomida oʼzining ish koʼrsatkichlarini topshiriqda belgilangan darajada saqlagan holda oʼz vazifasini bajara olish xususiyati. Mashinalarning ish koʼrsatkichlari ularni ishlatish, texnik xizmat koʼrsatish, taʼmirlash, saqlash va tashish tartib va sharoitlarini topshiriqda belgilanganidek bajarish yoʼli bilan taʼminlanadi. Puxtalik bir nechta xususiyatlarni oʼz ichiga oldi va mashinaning vazifasiga va uni ishlatish sharoitlariga qarab buzilmay ishlashlik, koʼpga chidamlilik, taʼmirlashga yaroqlilik va saqlanuvchanlik xususiyatlaridan iborat boʼladi (1-jadval). Texnikadagi ishonchlilikka oid atamalar (terminlar) GOST 13377-75 da belgilangan.
Ishonchlilik sohasidagi asosiy tushunchalar tasnifi
1-jadval
Ishonchlilik xususiyat
lari
|
Obyekt
ning xolati
|
Voqea
|
Vaqt tushuncha lari
|
Obyektlar
ning turi
|
Ishonchli
lik koʼrsatkich
lari
|
Buzilmay ishlashlik
|
Ishga qobi-liyatli
|
Shikast
langan
|
Buzilmay ishlash muddati
|
Xizmat koʼrsatila-digan
|
Buzilmay ishlashlik
|
Koʼpga chidamlilik
|
Ishga qobi-liyatsiz
|
Buzilgan
|
Ishlash muddati
|
Xizmat koʼrsatil-maydigan
|
Koʼpga chidamlilik
|
Taʼmir
lashga yaroqlilik
|
Chegara holati
|
Ishdan toʼxtagan
|
Xizmat muddati
|
Tiklanadigan
|
Taʼmir
|
Saqlanuv
chanlik
|
Tuzuk
|
Ish mud
datini oʼtagan
|
Saqlanuv
chanlik muddati
|
Tiklanmay
digan
|
Saqlanuv
chanlik
|
|
|
|
|
Tiklanmay digan
|
Kompleks koʼrsatkich
|
Аmaliyotda va texnik xujjat-meʼyorlarida puxtalik deganda obyektning vaqt davomida oʼz vazifasini bajara olishini tavsiflaydigan barcha koʼrsatkichlarini belgilangan chegarada saqlay olish xususiyati tushuniladi. Bu xususiyat obyektni ishlatish, texnik xizmat koʼrsatish, taʼmirlash, saqlash hamda tashishi tartib va sharoitlarini topshiriqda belgilanganidek bajarish yoʼli bilan taʼminlanadi.
Buyumning puxtaligi uning turiga qarab, puxtalik xususiyatlarining faqat bir qisminigina oʼz ichiga olishi mumkin. Masalan, buyum taʼminlanmaydigan boʼlsa bunday buyumlarning puxtalik xususiyatlariga koʼpga chidamlilik va taʼmirlashga yaroqlilik xususiyatlari kirmaydi, ular uchun eng muhimi buzilmay ishlashlik, uzoq saqlanadigan buyumlar uchun eng muhimi esa saqlanuvchanlik xususiyatidir.
Buzilmay ishlashlik – buyumning maʼlum vaqt ichida yoki maʼlum hajmdagi ishni bajargunga qadar oʼzining ish qobiliyatini uzluksiz saqlashidan iborat.Quyida mashinalarning buzilmasdan ishlashlik xususiyatlariga oid baʼzi tushunchalar keltirilgan.
Buzilmay ishlashlik muddati - obyektning uzluksiz ishlash vaqti yoki bajargan ish hajmi bilan aniqlanadi.Аgar obyekt tanaffuslar bilan ishlasa, bu holda umumiy ishlagan vaqt yoki bajarilgan ish hajmi hisobga olinadi. Buzilmay ishlashlik muddati vaqt, uzunlik, maydon, xajm, vazn va boshqa oʼlchov birliklarida oʼlchanishi mumkin. Bu tushuncha GOST 13377-75 da koʼrsatilgan.
Buzilish – obyektning ish qobiliyatining buzilishi hodisasidan iborat. Buzilish mezoni texnik xujjat meʼyorlarda belgilanadi. Buzilish toʼsatdan, konstruktiv, asta sekin yokin, ishlab chiqarishdagi, ishlatilayotgandagi xillarga boʼlinadi, shuningdek muttasil, qisman va toʼliq buzilish xillari ham boʼladi. Ishonchlikni miqdor jihatdan tavsiflash ishonchlilik koʼrsatkichlaridan foydalaniladi.Ularning tasnifi 2-jadvalda keltirilgan.
Ishonchlilik koʼrsatkichlari tasnifi
2-jadval
Tasnif alomatlari
|
Ishonchlilik koʼrsatkichlarining turi
|
Ishonchlilikning tavsiflanadigan xususiyatlari soni
|
Yakka koʼrsatkichlar Komplekt koʼrsatkichlar
|
Ishonchlilikning tavsiflanadigan xususiyati turi
|
Buzilmay ishlashlik koʼrsatkichlari Koʼpga chidamlilik koʼrsatkichi Saqlanuvchanlik koʼrsatkichi Taʼmirlashga yaroqlilik koʼrsatkichi
|
Аniqlash usuli
|
Xisoblab aniqlash Tajriba yoʼli bilan aniqlash Ishlatib aniqlash Ekstrapolyatsion yoʼl bilan aniqlash
|
Tatbiq etish sohasi
|
Yakka holda Guruh holida
|
Foydalanish soxasi
|
Meʼyor xujjatlarida
Baholashda
|
Yakka koʼrsatkichlar ishonchlilik xususiyatlaridan birini tavsiflaydi va shunga qarab buzilmay ishlashlik, uzoq vaqtga chidamlilik, taʼmirlashga yaroqlilik va saqlanuvchanlik koʼrsatkichlariga boʼlinadi. Ishonchlilikning kompleks koʼrsatkichlari ayni vaqtda bir nechta xususiyatlarni tavsiflaydi. Аsosiy koʼrsatkichlar roʼyxati 3-jadvalda keltirilgan.
Ishonchlilik koʼrsatkichlari roʼyxati
3-jadval
Ishonchlilikning tavsiflanadigan xususiyatlari
|
Koʼrsatkich nomi
|
Buzilmay ishlashlik
|
Buzilma yishlashlik ehtimolligi
Buzilishlarning jadalligi
Buzilmasdan ishlash muddati
Buzilgunga qadar ishlash o’rtacha muddati
Buzilmasdan oldin ishlash o’rtacha muddati
Buzilishlarning jadalligini belgilovchi koʼrsatkich buzilmasdan oldin necha foiz ishlash muddatini oʼtgan
|
Koʼpga chidamlilik
|
Ishlash o’rtacha muddati
Ishlash muddatining necha foizi oʼtgan
Belgilangan ishlash muddati (ishlashmuddati) Xizmatqilishorʻtachamuddati
Xizmatmuddati
|
Do'stlaringiz bilan baham: |