O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti


Turkiy tillar leksikasining o’ziga xos xususiyatlari



Download 57,87 Kb.
bet4/7
Sana29.01.2022
Hajmi57,87 Kb.
#415215
1   2   3   4   5   6   7
1.2.Turkiy tillar leksikasining o’ziga xos xususiyatlari
Qadimgi va hozirgi turkiy tillarning bar-chasida mimemalar, ya’ni tovushga taqlid va tasviriy so‘zlar uchraydi. Bu guruhdagi so‘zlar o‘ziga xos leksik va grammatik xususiyatlarga ega. Shuning uchun ularni o‘rganish qiyosiy-tarixiy grammatikaning vazifasiga kiradi. Tovushga taqlid va tasviriy so‘zlar mustaqil ma’noga ega bo‘lib, ular insonning obyektiv borliq, dunyo bilan munosabati natijasida paydo bo‘lgan turli tovush hodisalari yoki tasviriy so‘zlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Tarkibiga ko‘ra taqlidiy so‘zlar sodda va murakkab bo‘ladi.
Turkiy tillardagi taqlidiy so‘zlar ilmiy tadqiqot obyekti bo‘lganligiga hali uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bunga birinchi e’tibor bergan turkolog olim N. I. Ashmarin edi. U turli davrlarda chuvash tilidagi taqlidiy so‘zlarga bag‘ishlangan bir qancha ishlarni nasgr qildirdi. Janubi-g‘arbiy guruhidagi turkiy tillardagi turkiy tillardagi taqlidiy so‘zlar bilan N. K. Dmitriyev shug‘ullandi. Uning bu boradagi tadqiqotlari turkman, yoqut, qoraqalpoq, boshqird, qozoq, qirg‘iz, xakas tillari bo‘yisha mutaxassislarning diqqatini o‘ziga jalb qildi. Ushbu ta’kidlangan ishlarning aksariyati taqlidiy so‘zlarni sinxron tavsiflash xarakteriga ega bo‘lib, ular orasida otlar va fe’llardan hosil qilingan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qilardi. Keyinchalik, bu boradagi tadqiqotlar soni orta bordi. Hozirda ko‘pchilik turkiy tillarda ushbu turkum bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar amalga oshiriladi.
O‘zining leksik xususiyati va bajaradigan vazifasiga ko‘ra, taqlidiy so‘zlar ikkita guruhga ajratiladi:
1) tovushga taqlid so‘zlar, ya’ni insonning turli harakat va holati bilan bog‘liq bo‘lgan, ixtiyoriy va beixtiyoriy tadqlidiy qichqiriqlari–kulgu, yig‘i, qa‘rg‘ish, hiqqillash, shuningdek, jonli va jonsiz tabiatdagi turli tovushlarga taqlid qilishlariga aloqador so‘zlar;
2) ko‘rish mumkin bo‘lgan – inson va tabiatning harakat yoki holat obrazi (obrazga, tasvirga) taqlid so‘zlar tasviri) ni turli tovushlar orqali ifodalaydigan so‘zlar.
O‘zining morfologik tarkibiga ko‘ra taqlid so‘zlar sodda, qo‘shma, juft va yasamaga bo‘linadi.Turkiy tillar, ayniqsa, janubi-g‘rbiy guruhdagi turkiy tillar materiallarining guvohlik berishicha, bu tipdagi taqlid so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida jarangsis portlovchi tovush p, jarangsiz sirg‘aluvchi f, til oldi portlovchi t kelishi mumkin: tur. fuf, tap, ozarb. tap, tïr (qushning uchishi) kabi.
Sodda taqlid so‘zlar, odatda, bitta so‘zdan tashkil topgan bo‘lib, uning keng tarqalgan tipi sifatida CVC tarkibni ko‘rsatish mumkin: tuf!, fuf!, tap, tїr, zїr, shap, fish, mäv, tїñ kabi.
Taqlid so‘zlarning ikkinchi tipi kammahsul bo‘lib, uning tarkibi CVCCdan iborat: tur. qart, xak. sart (tars), pїrt (tarvuz yorilishi natijasida chiqadigan tovush) kabi.Qo‘shma yoki juft taqlid so‘zlar ikkita sodda taqlid so‘zdan iborat bo‘ladi. Taqlid so‘zning bu turi turkiy tillarda keng tarqalgan. Bu tipdagi taqlid so‘zlar ot so‘z turkumi oiddir: tur. shїp-shїp (tuflining taqillashi), firfir (kapalakning pirillab uchishi), gag. pampam (qoqi o‘ti, momaqaymoq), bulul (suvning qulq-qulq, qult-qult qilishi), shor-shor (suvning sharillab oqishi), ozarb. dur-dur (vati-kuti, safsata), chaqchaq (shaqildoq–bolalar o‘yini), o‘zb. dir-dir (qaltirash), gumbur-gumur, xak. xoox-xoox (kabutarning g‘urillashi), miav-miav (mushikning miyov-lashi), yoq. nir-nir g‘alvir mashinaning gurillashi) kabi.
Juft taqlidiy so‘zlarda ikkinchi qism aks-sado so‘z bo‘lib, unda, avvalo, tor unli boshqacha tus oladi: tur. langїr-lungur (soqovlanib gapirishga taqlid) kabi.Taqlid so‘zlarga yaqinroq qadimgi turkiy yodnomalarda ham duch kelinadi: Näñ yїlsїg‘ budunqa olurmadїm, ichrä ashsїz, tashra tonsїz yabїz yablaq budunta uzä olurtum (Mol, yilqilik xalqqa (xoqon bo‘lib) o‘rnashmadim. Ichi oshsiz, toshi kiyimsiz (och-yalang‘och), yovuz, yomon xalq uza o‘rnashdim. Kultegin, 26).
Demak, turkiy tillarda taqlid so‘zlar qadimgi yodnomalar tilida ozchilikni tashkil qilgan bo‘lsa, ushbu tillarning keyingi taraqqiyoti natijasida ular miqdori ancha ko‘paygan.



Download 57,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish