XULOSA………………………………………………………………..24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………26
Kirish
Turk tili (Tiirk Dili, Tiirkqe) Turkiya Respublikasiningdavlattili bo’lib, bugungi kunda 70 milliondan ortiq kishi ushbutilda so‘zlashadi.Turkiy tillar oilasiga mansub hozirgi zamon turk tili (Agda§ Turkge) o"g‘uz lahjasining o'g'uz-saljuq kichik guruhiga mansub boTib, unga xos asosiy genetik va tipologik xususiyatlar, leksikada - asosiy so‘z zahirasining mushtarakligi, fonetikada - turkiy tillarga xos singarmonizm qonuni, morfologiyada - so‘z yasalishi, o'zgarishi, so‘z oxiriga qo‘shimcha qo‘shib yangi shalcl va so‘zlar yasalishi va sintaksisda - so‘z birikmalari va gap bo’laklarining joylashish tartibida namoyon bo’ladi. Sanab o’tilgan umumiy xususiyatlar bilan bir qatorda hozirgi turk tili boshqa turkiy tillardan, jumladan, o‘g‘uz guruhiga mansub 'tillardan ajralib turuvchi ba’zi farqli xususiyatlarga ham ega.
Hozirgi turk tili X - XI asrlarda O‘rta Osiyodan Onadolu yarim oroliga ko‘chgan va XII asrda Saljuqiylar davlati, XIV asming boshlaridan Usmoniylar Imperiyasini barpo etgan o‘g‘uz-saljuq qa- bilalari tilining ko‘p asrlik taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan.
Turk tili o‘zining butun tarixi davomida turli tizimdagi tillar, xususan, flektiv arab tili va analitiktillardan biri boTgan fors tili, XVIII asrdan boshlab esa, Yevropa tillariningjiddiy ta’siriga uchragan. Sanab o'tilgan tillar, xususan, arab va fors tillari bilan o‘zaro munosabatlarnatijasida, xususan, devon adabiyoti orqali turk tiliga juda ko‘p arabcha va forscha so‘z va atamalar o‘zlashib qolgan. Bu so‘zlarning salmoqli qismi hozirgi kungacha turk tilida saqlanib qolgan. Masalan, turkcha gOz 'ko 'z‘ so‘zi - arabcha ‘ayn' - forscha ‘chashm ’ dir; yoki turkcha ak(beyaz) 'oq 'so'zi - arabcha 'beyaz ’; turkcha su ‘snv ’ so‘zi - forscha ‘ob ‘ dir.
Turk tili leksikasining shakllanishiga Saljuqiy va Usmoniy turklari Kichik Osiyoni istilo qilgan davrda ular tomonidan. assimilatsiya qilingan xalqlarning tillari ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, o‘tmishda yirik jahon sivilizatsiyalaridan biri sanalgan Vizantiya imperiyasining tili - yunon tilini alohida taTddlash joiz. Turk tiliga yunon tilidan o ‘zlashgan so‘zlarni Kichik Osiyo va O’rta Yer dengizi mintaqalarining toponimlari, shuningdek, XI - XV asrlar yunon madaniyati, dehqonchilik, dengizchilik, baliqchilik va boshqa sohalari bilan bogTiq atamalar tashkil etgan (lodos ‘janubdan esuvchi kuchli shamol ’, korfez ‘ko'rfaz ’, firin‘p e c h ’ va h.). B a'zi so'zlar slavyan tillaridan o‘zlashgan:pulluk ‘plug', masa ‘sfo/Trumin tilidan),palaska ‘portupeya, qilich osiladigan kamar’ (venger tilidan). Ilk o‘zlashmalardan bir qismini arman, kurd, italyan va o‘rta asrlarda turklar bilan yaqin munosabatda boTgan boshqa xalqlarning tillaridan o‘zlashgan so‘zlar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |