IKKINCHI BOB
TURK TILINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
2.1.O‘zbek tilshunosligida lekikologiya sohasining o‘rganilishi
Leksikologiya (yun. lexikos lug ‘atga, so 'zga oid + logos - ta'limot) tilshunoslikning leksema, leksik(lug‘aviy) ma’no, lug‘aviy birliklarning ma'no tuzilishi, shakl va ma'no munosabatiga ko‘ra turlari, ularning hududiy va ijtimoiy qatlamlari, yangi so'zlarning paydo boiishi kabi masalalarni oiganuvchi boiimi. Demak, leksikologiya tilning lug‘attarkibini o‘rganadi.
Leksikologiya sohasiga oid masalalar Sh.Rahmatullayev, E.Begmatov, M.Mirtojiyev, H Ne'matov, R.Rasulovlar tomonidan tadqiq etilgan.
Leksikologiyaning, o‘z navbatida, semasiologiya, leksikografiya, etimologiya, frazeologiya, onomasiologiya, onomastika kabi bo‘limlari bor.
Semasiologiya (ytin. semasia ifodalash logos - tushuncha, ta'limot) leksikologiyaning til birliklarining, birinchi navbatda, lug‘aviy birliklarning semantik tuzilishi va u bilan bog'liq masa- lalarni, jumladan, ma'no taraqqiyoti, bii'ma’nolilik (monosemiya) va ko‘pina’nolilik (polisemiya) hodisalarini o‘rganuvchi bo‘limi. 0 ‘zbek tili sem asiologiyasi masalalari M iraziz M irtojiyev tomonidan o‘rganilgan.
Onomasiologiya leksikologiyaning lug‘aviy birliklarning nomlash va tushuncha anglatish tamoyillari hamda qonuniyatlarini o‘rganuvchi bo‘limi Omomastika tilshunoslikning tildagi har qanday (barcha tipdagi) atoqli otlarni tadqiq qiluvchi sohasi.
Demak, onomasiotogiya va onomastika bo‘limlarim farqlash lozim Onomasiologiyada narsa-buyumlar va hodisalarga nom berish jarayoni, onomastikada esa narsa-hodisalarning maxsus nomlari - atoqli otlar o‘rganiladi.
Leksikografiya lug‘at va uning turlarini, lug'at tuzishning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlanni o‘rganuvchi bo‘lim.
Etimologiya (yitn. etimologia etimon haqiqat, so‘zning haqiqiy ma'nosi logos - tushuncha, ta’limot) so‘z va morfemalarning kelib chiqishi va tarixini o‘rganuvchi soha o‘zbek tilshunosligida etim ologiya sohasi rivojida Sh.Rahmatullayevning xizmatlari katta. Olim bir necha jildlik etimologik lug‘atlar yaratdi. Tilning hozirgi holati va tarixiy bosib o‘tgan yoTi jihatidan leksikologiya tarixiy va zamonaviy leksikologiya deb ataluvchi alohida sohalarga ham boTinadi. Titning lug‘at boyligi tasnifiy va qiyosiy talqin etilishi mumkin. Ayrim olingan tilning lug‘at boyligini har tomonlama o‘rganuvchi soha tasnifiy leksikologiya, ikki yoki undan ortiq tillarning lug‘at boyligini qiyosiy teksbira- digan soha qiyosiy leksikologiya deb ataladi.
Tilning lug‘aviy (leksik) birligi leksemadir. Leksema so‘zning grammatik ma’no bildiruvchi qo'shimchalarsiz qismi; tilning lug‘at tarkibiga xos birlik. Leksema anglatadigan ma’no, ma'lum tovushlar majmuini muayyan obyektiv voqelikka bog’lash bilan kishi ongida yuzaga keiadigan mazmun, ya’ni undan anglashiladigan narsa-buyum, voqea-hodisa, belgi-xususiyat leksik ma’no (lug‘aviy ma’no) deb ataladi. Masalan, suvdon so‘zi «qushlarga suv beriladigan idish», suvchi so‘zi «ekinlarni, xususan g‘o‘zalami sug‘oruvchi dehqon, sug'orish bo'yicha mutaxassis» lug‘aviy ma'nolarini anglatadi.
Ilmiy manbalarda leksik ma’no semema deb ham yuritiladi. Leksik ma’no, ya’ni semema semalardan tarkib topadi.Sema leksik ma’no (semema)ni hosil qiluvchi ma'no boTaklaridir Mas., tun leksemasining ma’nosi - sutkaning kun boHshidan kun chiqqungacha, oqshomdan tong olar vaqtigacha bo'lgan qismi. Mazkur semema «qorongi», «vaqt», « « kabi semalardan tarkib topgan.
Ilmiy manbalarda leksik ma’no quyidagi nuqtat nazarlardan turlarga ajratiladi: 1) yasalish munosabatiga ko‘ra; 2) obyektni ifoda etishiga ko‘ra; 3) nutqda voqelashishiga ko‘ra.Yasalish (hosil bo’lish) munosabatiga ko‘ra leksik ma’no ikki turli bo’ladi: a) asos ma’no; b) yasama ma'no.
Leksemamng boshqa ma’nolarini kelib chiqishiga asos bo’lib xizmat qiladigan ma'nosi asos ma’no hisoblanadi. Masalan, bosh so'zining tananing bo'yindanyuqorigi, oldingi qismi; kalla ma’nosi umrig asos ma'nosidir.Leksemaning yasama ma’nosi hosila ma’no deb ham ataladi. Masalan, bosh so'zining aql-hush, miya fl'og ‘ning ko ‘rki tosh bilan, odamning ko'rki bosh bilan. Maqol); boshliq, rahhar (Yaxshiyigit — davraning boshi. Maqol); lavozim, mansab jihatdan katta (bosh vrash qabulida bo'Idim); ulkan, katta, asosi (Shahaming bosh darvozasi shu);, eng muhim, asosiy, yetakchi (O‘qish - bosh vazifasi) kabi o‘nlab ma'nolari uning hosila ma'nolaridir.Albatta, asos ma'no va yasama ma’no ko‘p ma'noli so'zlar uchun xos.Obyektni ifoda etishiga ko‘ra ham leksik ma'no ikki turli bo'ladi 1) nominativ ma'no, 2) figuial ma’no.
Leksemaning voqelik bilan bevosita bog’lanadigan, narsa-buyum, belgi, harakatning nomi bo‘lib xizmat qiladigan ma'nosi nominativ ma’no deyiladi. Masalan, ko‘z leksemasining ko‘rish a'zosi, nichka leksemasining yozuv quroli ma'nolari nominativ ma'nodir.Leksemaning voqelik bilan bevosita bog’lanmagan, narsa- buyum, belgi, harakatning nomiga aylanmagan ma’nosi figural ma'nodir. Masalan, Hayot o'z yolidan borar, bahor bolalarga o‘z quvonchi, o‘z shodliklarini saxiylik bilan taqdim etgan edi. ( O‘ Hoshimov) Bechora xotinlar bo'lsa, erlaridan berkitib yurgan pullarini da'vo qilolmay, damlari ichlariga tushib, kuyib qola berdilar. (P Tursun. O‘qituvchi) O'zi bilmaydi-yu, menga o'rgatganiga kuyaman! (A. Qahhor. Sairatkor) Gaplarda yol' leksemasi yo‘nalish, kuytnoq so‘zi ajrab qolmoq, alam qilmoq kabi figural ma'nolarda qo’llangan.
Nutqda voqe tashishiga ko‘ra leksik ma’no ikki turga bo’linadi: a) erkin ma'no, b) bog’liq ma’no.Erkin ma’no narsa-buyum, belgi, harakat bilan bevosita bogiiq b o i i b , uning voqelasbuvi uchun m a i u m s o 'z la r qurshovi sh a it emas. Leksemaning erkin ma’nosi u alohida olinganda anglashilaveradt. Masalan, do‘ppi ieksemasining milliy bosh kiyim, og'iz so‘zining ovqat hazm qilish a 'zosi ma’nolari erkin ma’no.Demak, leksemaning erkin ma'nosi boshqa so’zlar yoki so‘zlar qurshovi (kontekst)ga bog’liq bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |